Va oliy nerv faoliyati


Oqimtir yadro funktsiyalari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Oqimtir yadro funktsiyalari. Oqimtir yadro yoki pallidum oraliq miyaga 
taqalib turadi va katta yarim sharlardagi yostiqsimon yadro tarkibiga kiradi, ichki 
kapsulasi bilan talamusdan ajralib turadi.Pallidum harakatlantiruvchi yadrodir. U 
ta`sirlanganda asosan qarama-qarshi tomondagi bo‗yin, qo‗l-oyoq va butun tana 
muskullari qisqarishi mumkin. Oqimtir yadro talamusdan keladigan taasurotlardan
reflektor dugasini tutashtiradigan tolalar orqali afferent impulslar olib turadi. 
Oqimtir yadro o‗rta miya va keyingi miya markazlariga effektor tolalar orqali 
bog‗langani uchun shu markazlarning ishini boshqaradi va uyg‗unlashtiradi. 
Pastroqdagi yadrolarni, asosan o‗rta miyaning qizil yadrosini tormozlash oqimtir 
yadroning funktsiyalaridan biridir. Shu sababli odatda oqimtir yadro zararlanganda 
skelet muskullarining tonusi oshib ketadi (gipertonus), chunki qizil yadro oqimtir 
yadroning tormozlovchi ta`siridan qutiladi.Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi 
motor zonaning ta`sirlanishiga javoban skelet muskullarining qisqarishi oqimtir 
yadroga elektr toki bilan ta`sir etilganda tormozlanadi. Bu effektlar ham o‗rta 
miyadagi oqimtir yadro bilan qizil yadroning o‗zaro bog‗langanligidan kelib 
chiqadi.Talamus-gipotalamus-pallidum sistemasi yuksak darajadagi hayvonlarda 


241 
shartsiz murakkab reflekslar-himoyalanish, orientirovka, ovqatlanish, jinsiy 
reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu reflekslarning hammasi pallidar 
hayvonda bo‗lib, dugalari odamda ham oqimtir yadro orqali o‗tadi. Oqimtir 
yadrosi zararlangan bemorlarda murakkab reflektor aktlardan ko‗pchiligi yuzaga 
chiqmaydi; masalan, ularda to‗satdan kuchli tovush yoki yorug‗lik ta`siriga 
javoban himoyalanish reaktsiyalari ro‗y bermaydi. 
Har 
qanday 
murakkab 
harakatga 
yo‗ldosh 
bo‗ladigan 
yordamchi 
harakatlarning reflektor dugalari pallidar sistema orqali o‗tadi. Odam biron 
harakatni bajarganda shu harakatni yuzaga chiqaruvchi muskullardan tashqari, 
biron butimni ushlab turadigan yoki boshqa bo‗g‗imlarni harakatga keltiradigan bir 
qancha muskullarini ham taranglaydi shunga ko‗ra asosiy harakat mukammalroq 
va bir tekis bo‗lib chiqadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling