Va oliy nerv faoliyati
Talamusning spetsefik yadrolari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lateral tizzasimon tana
Talamusning spetsefik yadrolari. Talamus yadrolarining bu funktsional
sistemasi ikkita gruppaga: ko‗chiruvchi yadrolar (talamus releflari) va assosiativ yadrolarga bo‗linadi. Bu gruppalar o‗rtasidagi tafovut shundan iboratki, ko‗chiruvchi har bir yadro (rele) ga muayyan sensor trakt (ko‗ruv, eshituv, lemnisk spinotalamik va boshqa traktlar) dan impulslar keladi. Assosiativ yadrolarga esa nerv sistemasining boshqa bo‗limlaridan bevosita emas, balki talamusning ko‗chiruvchi yadrolaridan impulslar keladi. Shunday 237 qilib, talamusning o‗zida qayta ishlangan axborot assosiativ yadrolarga kiradi. Asosiy ko‗chiruvchi yadrolar oldingi (dorzal, ventral va medial), ventrolateral, ortki ventral (lateral va medial) hamda tizzasimon (lateral va medial) tanalardan iborat. Lateral tizzasimon tana .Ko‗ruv signallarini ko‗chiruvchi yadrodir. u yadroning neyronlariga oldingi to‗rt tepalikning birlamchi ko‗ruv markazlaridan impulslar keladi. Lateral tizzasimon tana neyronlarning o‗siqlari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ko‗ruv zonasiga boradi. Medial tizzasimon tana eshituv yo‗lining ko‗chiruvchi yadrosidir. Bu yadroning neyronlariga orqadagi to‗rt tepalikning birlamchi eshituv organlaridan impulslar keladi. Medial tizzasimon tana neyronlarining o‗siqlari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining eshituv zonasiga kiradi. Uzunchoq miyadagi Gollf va Burdax yadrolaridan boshlangan tolalar (lembik yo‗llari) va orqa miya bilan talamus o‗rtasidagi yo‗l orqali, shuningdek uchlik nerv yadrolaridan boshlanuvchi tolalar orqali talamusga keluvchi impulslar teri, yuz, tana va qo‗l-oyoq retseptorlaridan, proprioretseptorlardan axborot olib turadi. Bu axborot talamusning ortki ventral yadrosiga keladi. Bu yadroning neyronlari oladigan axborotini katta yarim sharlar po‗stlog‗ining orqadagi markaziy pushtasi - somatosensor zonasiga ko‗chiradi. Ortki ventral yadroga ta`m bilish retseptorlarlaridan ham impulslar keladi. Visserorseptorlardan keladigan impulslar ham ortki medial ventral yadrolari kiradi. Bu, adashgan nerv, qon va chanoq nervlari ta`sirlanganda ortki ventral yadroda yuzaga chiqarilgan potentsiallarni tekshirib aniqlangan (R. A. Durinyan). Miyachadan impulslar ventrolateral yadroga kiradi, u yerdan katta yarim sharlar po‗stlog‗ining oldingi markaziy pushtasiga, ya`ni motor zonasiga boradi. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, talamusning oldingi yadrolariga visseroretseptorlardan va qisman hid biluv retseptorlarlaridan ham impulslar keladi. Impulslar talamusning oldingi yadrolaridan katta yarim sharlarning limbik sohasiga boradi. Retseptorlarning muayyan gruppalaridan impuls oluvchi neyronlarning talamus yadrolaridagi lokalizatsiyasi turli metodlar bilan tekshirilgan. J. Dyusser de-Barren maymunlar ustida tajribalar qilib, talamus yadrolarining ayrim qismlariga strixnin eritmasini ingichka ignada yubordi va shundan keyin gavdaning teri yuzasidagi turli qismlarda sezuvchanlik o‗zgarishini tekshirdi. Strixnin eritmasi qaysi joyga yuborilishiga qarab, goh yuz sohasida, goh oldingi yoki keyingi oyoqlar sohasida sezuvchanlik ortishini (giperesteziya kelib chiqishini) aniqladi. Sezuvchanlik gavdaning ayniqsa qarama-qarshi tomonida ko‗proq buziladi. V. Mauntkastl va E. Xenneman talamus ortki ventral yadrosining turli qismlariga yupqa elektrodlar kiritib, gavdaning turli qismlari ta`sirlanganda 238 yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilishdi. Gavdaning turli sohalaridagi retseptorlardan keluvchi impulslar ortki ventral yadroning turli qismlariga kirishi quyon va maymunlar ustidagi tajribalarda ko‗rsatib berildi. Boshning yuz qismi va oldingi oyoqlar, ayniqsa distal qismlari (maymunlarning barmoqlari) sezuvchanligining talamusdagi vakillik sohasi tana va keyingi oyoqlar sezuvchanligining vakillik sohasiga qaraganda kengroq. Buning ma`nosi shuki, yuz va oldingi oyoqlarning retseptorlaridan impuls oladigan neyronlar tana va keyingi oyoqlarning retseptorlaridan axborot oluvchi neyronlarga qaraganda ancha ko‗proq. Gavda ayrim qismlarining yadrodagi vakillik sohalari qat`iyan chegaralangan maydonlar bo‗lmay, qisman bir-birini qoplaydi. Gavdaga tegishli qismidagi eksteroretseptorlardan signal oladigan neyronlar yadroning qaysi qismlarida bo‗lsa, visseroretseptorlarlardan impuls oluvchi zonalar ham o‗shа qismlarida ekanligi yuzaga chiqarilgan potentsiallar metodi bilan ko‗rsatib berildi. Eksteroretseptorlar bilan visseroretseptorlarda keluvchi impulslar shu tariqa o‗zaro ta`sir etishi mumkin. Aks etgan og‗riqlar ham shu bilan izohlansa kerak. Bu og‗riqlar shundan iboratki, muayyan ichki organdagi patologi protsess visseroretseptorlardan keluvchi impulslar oqimi o‗sha organ ustidagi teri yuzasi sezuvchanlikning buzilishiga sabab bo‗ladi. Gavdaning turli qismlari ta`sirlanayotgani haqidagi signallarni qabul qiluvchi talamik neyronlardan impulslar katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi somatosensor zonaning turli qismlariga kiradi, bu zonada teri va muskul-burin resseptsiyasining vakilligi ham mayin fazoda taqsimlangan bo‗ladi. Ko‗z to‗r pardasining turli qismlaridagi retseptorlardan impuls oluvchi neyronlarning fazoda bir qadar chegaralanganligi lateral tizzasimon tanada ham qayd qilinadi. Kortiy organining turli qismlaridagi Retseptorlarlardan impuls oluvchi neyronlarning fazoda xuddi shuningdek bir qadar chegaralanganligi medial tizzasimon tanada ham kuzatiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling