Va oliy nerv faoliyati
Miyachaning turli qismlariga ta`sir etish effektlari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Miyachaning turli qismlariga ta`sir etish effektlari. Miyachaning turli
qismlariga elektr toki bilan ta`sir etilganda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muayyan qismlaridagi neyronlar, oraliq miya, o‗rta va uzunchoq miya hamda retikulyar formatsiya yadrolarining elektr aktivligi o‗zgaradi. Miyacha yuzasiga yoki undagi ayrim yadrolarga kuchli elektr toki bilan ta`sir etilganda ko‗z, bosh va qo‗l-oyoq harakatga keladi. Miyacha ta`sirlanganda ro‗y beruvchi harakatlar katta 230 yarim sharlar po‗stlog‗i ta`sirlanganda kelib chiquvchi harakatlardan farq qilib, sust va tonik harakterda bo‗ladi. Ta`sir etish effekti uzoq vaqt saqlanadi. Miyachaning turli qismlari har hil muskul gruppalarining qisqarishini boshqarishda qatnashadi. Shu sababli Dekerebrasion rigidlik mavjud bo‗lganda miyachaning oldingi bo‗lagiga ta`sir etilsa yozuvchi muskullar tonusi pasayadi, orqa miyaning kesishma yozish reflekslari kamayadi va katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi motor zona bo‗laklariga elektr toki bilan ta`sir etish tufayli kelib chiqadigan muskul qisqarishlari susayadi. Miyachaning orqadagi bo‗lagiga ta`sir etilganda ko‗z harakatlari qayd qilinadi va katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi motor zonaning qo‗zg‗aluvchanligi o‗zgaradi. Miyachaning sharsimоn yadrosi ta`sirlanganda usha tomondagi oyoqlar bukiladi, chodir yadrolari ta`sirlanganda esa ikkala oldingi oyoq bukiladi. Miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ining muayyan qismlari ta`sirlanganda miyacha po‗stlog‗ida yuzaga chiqqan elektr potentsiallarini qayd qilish yoki, aksincha, miyacha po‗stlog‗ining turli qismlari ta`sirlanganda miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ida yuzaga chiqqan potentsiallarni qayd qilish ularning muayyan qismlari o‗zaro ikki tomonlama bog‗langanligini ko‗rsatdi. Masalan, oldingi oyoqlarning miyacha po‗stlog‗idagi vakillik zonasi oldingi oyoqlarning katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi vakillik zonasiga bog‗liq. Miyachaning ko‗ruv zonasi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ko‗ruv zonasiga, miyachaning eshituv zonasi esa katta yarim sharlar po‗stlog‗ining eshituv zonasiga bog‗liq. Miyacha bilan katta yarim sharlar o‗rtasida retseptik harakterdagi shunday bog‗lanishlar borligidan, organizmdagi harakat sistemalarini boshqaruvchi mexanizmlar juda nozik korrelyatsiya qilinadi (uyg‗unlashtiriladi). Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling