Va oliy nerv faoliyati


Miyachaning elektr aktivligi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Miyachaning elektr aktivligi. Miyacha yuzasidan elektr potentsiallari ajratib 
olinganda har xil: sekundiga 150-200 va 8-12 chastotali elektr tebranishlari qayd 
qilinadi. Miyacha to‗la ajratib qo‗yilgandan keyin ham tez-tez tebranishlar davom 
etadi; miyachani katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bog‗laydigan yo‗llar qirqib 
qo‗yilganda 
sust 
tebranishlar 
yo‗qoladi. 
Shu 
sababli 
miyacha 
elektr 
tebranishlarning sust ritmlari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirida kelib 
chiqadi, deb hisoblashadi. 
Muskullar, paylar va boylamlarning proprioretseptorlari, shuningdek teri
ko‗z va quloq eksteroretseptorlari ta`sirlanganda miya po‗stlog‗ining turli 
qismlarida yuzaga chiqqan potentsiallar qayd qilinadi . Ba`zi ichki organlarning
interoretseptorlari ta`sirlanganda miyacha po‗stlog‗ida yuzaga chiqqan 
potentsiallar paydo bo‗lishi yaqinda ko‗rsatib berildi. 


229 
55-rasm. Mushuk miyachasining pustlog‘ida turli Retseptorlar sistemalarning 
vakilligi: ling.-lingula ; Cent.-centralis; Cul.-culmen; Simp.-siplex; Fol. Ver.-
folium, fermis; Tub ver.-tuber vermis; Nod.-nodulis; Para-parafloculus 
Tadqiqotchilar terining ayrim qismlariga yoki ayrim afferent o‗tkazgichlarga 
ta`sir etib va miyachа po‗stlog‗ida yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilib
miyachaning birinchi galda elektr aktivligi paydo bo‗ladigan qismlarini, ya`ni 
ta`sirlanuvchi retseptorlardan impulslar birinchi marta keladigan qismlarini 
aniqlashdi 
Miyacha 
po‗stlog‗ining 
yuzasida 
retseptorlar 
apparatlar 
proektsiyasining taqsimlanishini ko‗rsatadigan topografik kartalar shu tariqa tuzildi 
miyacha po‗stlog‗ining yuzasiga ko‗ruv, eshituv, taktil, muskul-burin va 
vestibulyar apparat retseptorlaridan, shuningdek interoretseptorlardan signallar 
kelib turadi. 
E. Edrian va R. Snayder bilan A. Stouelning ma`lumotlariga qaraganda, taktil, 
muskul-bo‗g‗im, yorug‗lik va tovush retseptorlar sistemalarining proektsnyalari 
miyacha yarim sharlari yuzasida quyidagicha taqsimlanadi: oldingi tomonda - 
keyingi oyoqlarning, undan orqada tananing, uning orqasida - oldingi oyoqlarning, 
so‗ngra - boshning vakillik zonasi bor, miyacha po‗stlog‗idagi shu zonalarning 
orqasida eshituv zonasi, bu zonadan medial tomonda esa ko‗ruv zonasi bor (55-
rasm). Snayder bilan Stouel tajribalarida maymun oyoqlari va yuzining taktil 
retseptorlari ta`sirlanganda teri va muskul sezuvchanligining yana bir vakillik 
zonasi aniqlangan, V miyachaning orqadagi bo‗lagida joylashgan.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling