Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miya stvolining retikulyar formatsiyasi.
Statokinetik reflekslar. Gavda aylantirilganda yoki gavdaning ayrim a`zolari
bir-biriga nisbatan siljiganda statokinetik reflekslar kelib chiqadi. Gavda aylantirilganda boshning quyidagi harakatlari kuzatiladi: bosh avvalo gavdaning aylanayotgan tomoniga qarama-qarshi tomonga qarab mumkin qadar sekin-asta aylanadi, so‗ngra tez harakatlanib, tanaga nisbatan normal vaziyatni oladi; shundan keyin bosh qarama-qarshi yo‗nalishda tag‗in sekin aylanadi va yana tez buriladi va xokazo. Boshning bunday harakatlari bosh nistagmi deb ataladi. Gavda aylantirilganda ko‗z shunga o‗xshash reaktsiya ko‗rsatadi, ya`ni gavda qarama-qarshi tomonga sekin-asta buriladi va tezlik bilan boshlang‗ich vaziyatga keladi . Gavda harakatlarida ayrim a`zolar vaziyati o‗zgarib, tana va qo‗l-oyoqlardagi muskullar tonusi qayta taqsimlanadi. Masalan, it bir oyog‗ini ko‗tarsa, qolgan uch oyog‗idagi tonus kuchayadi, shu tufayli it tikka turganda gavda vaziyati barqaror bo‗lib qoladi. Hayvonlarda statokinetik reflekslar o‗rta miya yadrolarini muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Miya stvolining retikulyar formatsiyasi. Miya stvolining markaziy qismida turli tipdagi katta-kichik hujayralarning diffuz to‗plamlaridan tarkib topgan tuzilma anatomiya nuqtai nazaridan ajratiladi, ulardagi hujayralar turli yo‗nalishda yotgan bir talay tolalar bilan qalin o‗raladi. Bu sohadagi nerv to‗qimasining mikroskopdagi tashqi ko‗rinishi turga o‗xshaydi, shuning uchun uni tuzilishini o‗tgan asrning ikkinchi yarmida birinchi marta tasvir etgan O. Deyters to‘rsimon formatsiya, yoki retikulyar formatsiya deb atadi. Retikulyar formatsiyaning tuzilishini V. M. Bexterev bilan Ramon-Kaxal mukammal tasvir etishgan. Strukturasi jihatdan retikulyar formatsiyaga yaqin turadigan yadrolar talamusda ham bor; bu yadrolardan miya po‗stlog‗iga boruvchi nerv tolalari ham maxsus yo‗llarni hosil qiladi Retikulyar formatsiyaning fiziologik ahamiyati yaqindagina aniqlandi, buning uchun retikulyar formatsiyaning turli qismlarini tajribada yemirib yoki ta`sirlab va ulardan boshlanuvchi nerv yo‗llarini qirqib qo‗yib, katta yarim sharlar va orqa miyadagi elektr aktivligining o‗zgarishlari 220 tekshirib ko‗rildi. Retikulyar formatsiyaning turli qismlariga ta`sir etish uchun eng ingichka elektrodlar qo‗llaniladi va elektrodlarni kiritish uchun stereotaksis metodikasidan foydalaniladi. Markaziy nerv sistemasining hamma bo‗limlaridagi tonus va qo‗zg‗aluvchanlikni boshqarishdа retikulyar formatsiyaning katta ahamiyati borligi aniqlandi. Retikulyar formatsiya tushuvchi retikulospinal yo‗llar orqali orqa miyaning reflektor faoliyatini aktivlashtira oladi, shuningdek tormozlana oladi, ko‗tariluvchi yo‗llar orqali esa katta yarim sharlar po‗stlog‗ini aktivlashtira oladi, retikulyar formatsiyadan talamusning nospetsefik yadrolaridan keluvchi impulslar katta yarim sharlar po‗stlog‗ini siyrak holda saqlab turadi. Retikulyar formatsiya ta`sirida reflektor reaktsiyalar kuchliroq va aniqroq bo‗lib qoladi. Retikulyar formatsiyaning ko‗tariluvchi va tushuvchi yo‗llar orqali ta‘sir etishiga imkon beradigan aktivligiga sabab shuki, unga har hil efferent yo‗llarning kollaterallari orqali impulslar kelib turadi (39 rasm). Shu tufayli retseptorlarning turli-tuman ta`sirlanishi retikulyar formatsiya holatiga ta`sir etadi. Uni hosil qiluvchi neyronlar, bundan tashqari, har xil ximiyaviy moddalar - gormonlarga va moddalar almashinuvida hosil bo‗ladigan ba`zi bir moddalarga yuksak darajada sezuvchan. Retikulyar formatsiyaga miyacha va katta yarim sharlar po‗stlog‗ining effektor markazlaridan ham impulslar kelib turadi. Ko‗tariluvchi afferent impulslar ham, tushuvchi efferent impulslar ham retikuliyar formatsiya sohasida o‗zaro ta`sir etadi. Impulslar berk halqa neyron zanjirlari orqali ham aylanib yurishi mumkin. Shunday qilib, retikulyar formatsiya neyronlari doimo qo‗zg‗alish holda bo‗ladi shu tufayli markaziy nerv sistemasining turli qismlari tonus va faoliyatga muayyan darajada tayyor bo‗lib turadi. Retikulyar formatsiyaning muhim rol o‗ynashini qayd qilish bilan birga, uning qo‗zg‗alish darajasini katta yarim sharlar po‗stlog‗i idora etishini uqtirmoq kerak, katta yarim sharlar po‗stlog‗idan keluvchi impulslar retikulyar formatsiyaning aktivligini kontrol qila oladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling