Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
O‘rta miya. O‗rta miyada to`rt tepalik yadrolari (ular Silviy suv
yo‗lining ustida qapqoq testum sohasida joylashadi), qizil yadro, ko`zni harakatlantiruvchi va g‗altak nervlarning yadrolari (ular Silviy suv yo‗lining ostida, o‗rta miyaning markaziy qismida) va qora substantsiya – substantianigra (o‗rta miya asosida) bor. Talamusga, katta yarim sharlarga va miyachaga impuls olib boradigan barcha ko‗tariluvchi yo‗llar va uzunchoq miya bilan orqa miyaga impuls yetkazib beradigan tushuvchi yo‗llar o‗rta miya orqali o‗tadi. Uzunchoq miyadagi kabi, o‗rta miyada ham retikulyar formatsiya neyronlari bor. O‘rta miya yadrolarining funktsiyalari. O‗rta miya yadrolari bir qancha . muhim reflektor funktsiyalarni bajaradi. To`rt tepalikning oldingi do‗mboqlari birlamchi ko‗ruv markazlari bo‗lib, yorug‗lik ta`siriga javoban ba`zi reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu reflekslarga ko‗rib chamalash (orientirovka) reflekslari kiradi. Bu reflekslar shundan iboratki, hatto yarim sharlardan mahrum bo‗lgan, ammo o‗rta miyasi butun qolgan hayvon yorug‗lik ta`siriga javoban ko‗z va tana harakatlari bilan reaktsiya ko‗rsatadi. Ko‗z muskullariga ko‗zni harakatlantiruvchi va g‗altaksimon nervlarning yirik hujayrali yadrolaridan impulslar kelib turishi tufayli ko‗z refleks yo‗li bilan harakatlanadi. To‗rt tepalikning oldingi do‗mboqlari qorachiq refleksining yuzaga chiqishida qatnashadi. O‗rta miyaning birlamchi ko‗ruv markazlari bilan a‘loqador reflekslarga ko‗z akkomodatsiyasi va ko‗ruv o‗qlarining bir nuqtaga kelishi konvergentsiya kiradi. To‗rt tepalikning orqa dumboqlari birlamchi eshituv markazlari bo‗lib, tovush keladigan tomonni chamalab bilish reflekslarining yuzaga chiqishida hayvonlarning qulog‗ini ding qilishida, boshi va gavdasini yangi tovush kelayotgan tomonga burishida qatnashadi. O‗rta miyasi butun qolgan hayvondagi chamalash reflekslarida harakat reaktsiyalari bilan bir qatorda ba`zi vegetativ reflekslar ham kuzatiladi; yurak faoliyati ritmining o‗zgarishi, arternal bosimning o‗zgarishi va xokazolar shu jumladandir. To‗rt tepalik yadrolari "soqchilik" refleksining yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu refleksning organizm uchun ahamiyati shuki, u organizmni to‗satdan yangi ta`sirotga reaktsiya ko‗rsatishga tayyorlaydi. Bu murakkab refleksning muhim 214 komponenti shuki, muskul tonusi qayta taqsimlanadi bukuvchi muskullar tonusi oshib, hayvonning qochib ketishiga yoki hujum qilishiga yordam beradi. To‗rt tepalik sohasi zararlangan kishi bexos ta`sirotga javoban tez reaktsiya ko‗rsata olmaydi. Qora substantsiya ovqat yutish va chaynash reflekslari kabi murakkab aktlarning koordinatsiyalanishiga bevosita dahldor. Qora substantsiyaga elektr toki bilan ta`sir etilganda ovqat yutish harakatlari yuzaga chiqib, nafas olish tegishlicha o‗zgaradi. Qora substantsiya plastik tonusni boshqarishda qatnashadi va qo‗l barmoqlarining juda aniq bajariladigan mayda harakatlarini yuzaga chiqarishda va binobarin, tonusning nozik boshqarilishida rol o‗ynaydi, degan ko‗rsatmalar ham bor. Boshqa hayvonlarga nisbatan odamda qora substantsiya ko‗proq rivojlanganligini, aftidan, shu bilan tushuntirsa bo‗lar. O‗rta miyaning shu qismi (qora substantsiya) zararlanganda muskullar tonusi oshib ketadi, ya`ni gipertonus ro‗y beradi. Ammo, bu gipertonusni faqat qora substantsiyaning roli bilan izohlab bo‗lmaydi, chunki u shikastlangan taqdirda muskullar tonusining boshqarilishiga bevosita daxldor bo‗lgan qizil yadro va retikulyar formatsiya bilan a‘loqasi uziladi. O‗rta miyasi butun turgan mezentsefal hayvon bulbar hayvondan farq qilib, muskullar tonusi normal taqsimlangan bo‗ladi, bunday (mezentsefal) hayvon normal pozasini (vaziyatini) tiklay va saqlay oladi. Bu, asosan, o‗rta miyadagi qizil yadro va retikulyar formatsiyaning funktsiyalaridan kelib chiqadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling