Va oliy nerv faoliyati
Orqa miya reflekslari (spinal reflekslar)
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Orqa miya reflekslari (spinal reflekslar). Terining og‗ritilishiga,
masalan, igna sanchilishiga javoban ro‗y beruvchi bukish reflekslari (fleksor reflekslar) orqa miya ko‗ndalangiga to‗la qirqib qo‗yilgach boshqa reflekslardan ertaroq tiklanadi. Bukish refleksi to‗la tiklanganda oyoqni bukuvchi muskullar qisqarishi bilan bir vaqtda resiprok (payvasta) tormozlanish natijasida yozuvchi muskullar bo‗shashadi. Ayni vaqtda qarama-qarshi kontralateral oyoqni yozuvchi muskullar qisqarib, bukuvchi muskullar bo‗shashadi. Terining turli qismlariga ta`sir etib, bukish refleksni yuzaga chiqarish mumkin. Ayni vaqtda javob reaktsiyasining harakteri har hil bo‗lishi, ya`ni unda turli muskul gruppalari qatnashuvi mumkin. Bir reflektor aktning ta`sirot joyiga bog‗liq bo‗lgan xususiyatlari refleksning lokal belgilari deb ataladi. Spinal hayvonda oyoq panjalarining kaft yastiqchalari sal-pal bosilganda yozish refleksini, tananing yon yuzasiga ta`sir etilganda qashish refleksini, shuningdek muskul payiga urilganda shu muskulning cho‗zilishiga javoban bir qancha miotatik reflekslarni ham kuzatish mumkin. Ayrim hollarda kuchli ta`sirotga javoban almashinish (otdacha) fenomeni kelib chiqishi tufayli (kuchli ta`sirot bukish refleksini yuzaga chiqaradi) oyoqning ritmik harakatlari vujudga keladi. Spinal itning tanasi osib qo‗yilganda oyoqlaridan birining panjasi bosilsa to‗rttala oyoqni bosib qadamlash tipidagi reflektor harakatlar kelib chiqadi (Filippson refleksi). Ichki organlarning ba`zi reflekslari: siydik chiqarish, defekatsiya, tomir harakatlantirish reflekslarini ham orqa miya markazlari yuzaga chiqaradi. Orqa miya yuqoriroqdagi qirqib qo‗yilib, markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlaridan ajratib qo‗yilgach boya aytilgan reflekslarning hammasi saqlanib turgani uchun bu reflekslarning markazlari orqa miyaning qirqilgan joyidan pastroqda, degan xulosa chiqishi tabiiy. Orqa miyaning ko‗pchilik qismi yuqoridagi ko‗krak segmentlaridan boshlab pastdagi bel 202 segmentlarigacha umurtqa pog‗onasining kanalidan sitib chiqarilgach orqa miyaning barcha reflekslari yo‗qoladi. Orqa miyaning muayyan qismlari yemirilganda yoki ularga mos keluvchi orqa miya ildizlari qirqib qo‗yilganda ham muayyan reflekslar yo‗qoladi. Odamning orqa miyasi uzilgach bir necha vaqtdan keyin bukish reflekslaridan tashqari, tizza refleksi va ahil refleksi yaqqol kurinadi. Tizza refleksi shundan iboratki, son to‗rt boshli muskulining payiga urilganda oyoq tizza bo‗g‗imidan yoziladi, ahill refleksi shundan iboratki, ahill payiga urilganda oyoq boldir-panja bo‗g‗imidan yoziladi. Bu reflekslar "spinal" odamda ayniqsa kuchaygan bo‗ladi. Odam orqa miyasi to‗la uzilgandan keyin bir necha vaqt o‗tgach siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari tiklanadi, qovuq va to‗gri ichak ma`lum darajada cho‗zilgach shu reflekslar yuzaga chiqadi. Erkakning jinsiy holati ta`sirlanganda reflektor reaktsiya va eyko‗lyatsiya kelib chiqishi, ya`ni jinsiy holat bo‗rtib, urug‗ otishi mumkin. Orqa miyasi uzilgan odamda qo‗zg‗alish protsessi orqa miyaga keng yoyilgani sababli barcha spinal reflekslar normal chegaralanganlik va lokalizatsiyalanganlik xususiyatlaridan mahrum bo‗ladi. Bu, miya stvolining tormozlovchi ta`siri kelmaganligi sababli reflektor reaksiyalar koordinatsiyasi juda buzilganligini ko‗rsatadi. Har qanday orqa miyadagi koordinatsiya hayvondagiga nisbatan odamda kamroq rivojlangan, chunki markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlarida ro‗y beruvchi koordinatsiya protsesslari kattaroq rol o‗ynaydi. Odam orqa miyasining chekli ayrim qismlari zararlanganda shu qismlarni lokalizatsiyasiga qarab turli reflekslar yo‗qolishini ko‗zatsa bo‗ladi. Masalan, orqa miyaning ko‗krak segmentlaridan bir nechtasi zararlanganda ko‗krak va qorinning tegishli metamerlarida sezuvchanligi yo‗qolib, ter ajratish va tomir harakatlantirish reaksiyalari yuzaga chiqmaydi, shuningdek ayrim muskul gruppalarining harakat falaji ro‗y beradi. Bunday ko‗pgina mushohadalar orqa miya markazlarining nisbiy segmentar tartibda joylashganligidan guvohlik beradi. Orqa miyadagi bir qancha markazlarning segmentar lokalizatsiyasi qayd qilar ekanmiz, butun orqa miyaning funksional butunligini ta‘minlaydigan segmentlararo a‘loqalar orqa miyada ko‗p ekanligini ta‘kidlab o‗tmoq kerak. Odamning klinik praktikada tekshiriladigan eng muhim spinal reflekslari, ularni yuzaga chiqarish usullari, kuzatiladigan reaksiya harakteri va orqa miya markazlarining, ya`ni o‗sha reflekslarni yuzaga chiqarishda qatnashuvchi neyronlar gruppalarining lokalizatsiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Vegetativ nerv sistemasiga mansub bo‗lgan bir qancha effektor markazlar ko‗z muskullarining spinal markazi, tomir harakatlantirish va ter ajratish 203 markazlari, siydik-tanosil organlari bilan to‗g‗ri ichak funksiyalarini boshqarish markazlari va hokazolar ham orqa miyada. Bu markazlarning lokalizatsiyasi (joylanishi) vegetativ funksiyalarning boshqarilishi haqidagi bobda ko‗zdan kechiriladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling