Va oliy nerv faoliyati


Elektrofiziologiya metodlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Elektrofiziologiya metodlari. Markaziy nerv sistemasidagi turli 
bo‗limlarning holati va faoliyatini o‗rganishda bioelektr hodisalarini qayd qilish 
yo‗li bilan ayniqsa qimmatli natijalar olingan. Bunday tadqiqotlar hayvonlar 
ustidagi o‗tkir tajribalarda ham, xronik tajribalarda ham, shuningdek odamdagi 
neyroxirurgiya operatsiyalarda va diagnostik proseduralarda ham o‗tkaziladi. 
Bularning hammasida elektrodlar tadbiq etiladi. Ular bosh terisiga yoki bosh miya 
yoki orqa miyadagi biron bo‗limning ochilgan yuzasiga qo‗yiladi. Ichkariroqdagi 
nerv markazlariga elektrodlar stereotaksis apparatlari yordamida yaqinlashtiriladi. 
Tadqiqotning vazifasiga qarab elektrodlar o‗lchami va shakli har hil bo‗lishi 
mumkin. Elektr potentsiallarini hujayralarning cheklangan bir gruppasidan ajratib 
olish kerak bo‗lsa, qalinligi bir necha mikron keladigan metall yoki shisha 
elektrodlar qo‗llaniladi. Metall elektrodlar uchidan tashqari hamma qismi lok 
qilingan ingichka simdan iborat; shisha elektrodlar KC1 ning uch molyar eritmasi 
to‗ldirilgan mikropipetkalardir. Elektr potentsiallari monopolyar, shuningdek 
biopolyar yo‗l bilan ajratib olinadi. Monopolyar yo‗lda bir elektrod markaziy nerv 
sestemasining tekshiriladigan qismiga yaqinlashtiriladi, ikkinchi-kattaroq elektrod 


192 
esa birinchi elektroddan uzoqda, odatda teri yuzasiga joylashtiriladi. Bipolyar 
yo‗lda ikkala elektrod markaziy nerv sistemasining tekshiriladigan qismiga 
qo‗yiladi. 
Markaziy nerv sistemasining holatini tekshirish uchun uning ba`zi 
kasalliklarida xozir bemor miyasining turli qismlariga bir talay ingichka oltin yoki 
platina simlar-elektrodlar kiritiladi, bu elektrodlarning uchlari kalla yuzasiga 
chiqarib qo‗yiladi. Shu yo‗l bilan miyaning turli qismlaridagi elektr aktivligining 
harakteriga qarab, patologik ochag lokalizatsiyasi xaqida fikr yuritiladi (Grey 
Uolter, N. P. Bextereva). Shundan keyin miyaning zararlangan qismiga sim 
elektrod kiritib, o‗zgarmas kuchli tok beriladi va patologik ochag shu tariqa 
elektroliz yo‗li bilan yemiriladi. 
Markaziy nerv sistemasi elektrofiziologik metodlar bilan tekshirilganda fon 
yoki spontan elektr aktivligi qayd qilinadi va uning turli afferent ta`sirotlar bilan 
o‗zgarishi aniqlanadi. Periferiyaga impuls olib boradigan, markazdan qochuvchi 
nervlarda yoki markaziy nerv sistemasining bir bo‗lagidan boshqa bo‗laklariga 
impuls o‗tkazuvchi markaz ichidagi o‗tkazuvchi yo‗llarda elektr impulizatsiyasi 
ham o‗rganiladi. 
Tashqaridan biron ta`sirot bo‗lmaganda ham markaziy nerv sistemasining 
hamma bo‗limlarida fon elektr aktivligi kuzatiladi. Shu sababli bu elektr 
aktivlanishi ko‗pincha spontan elektr aktivligi deb atashadi. U doimo ro‗y beruvchi 
ritmik elektr tebranishlarida namoyon bo‗ladi. Baqaning uzunchoq miyasidan 
elektr potentsiallarini ajratib olgan I. M. Sechenov shu spontan tebranishlarni 
birinchilardan aniqlagan edi. Chastotasi soniyasiga 10 dan 40 gacha bo‗lgan va 
amplitudasi hujayradan tashqariga elektrod qo‗yishda 100 mkv keladigan elektr 
potentsiallari ayirmasining tebranishlari nerv markazlarining spontan aktivligi 
uchun harakterlidir. Markaziy nerv sistemasining holatiga qarab, tebranishlar 
chastotasi va amplitudasi o‗zgaradi. 
To‗lqinsimon elektr aktivligi neyronlar va sinapslarda ro‗y beruvchi har hil 
elektr protsesslarining yig‗indi ifodasidir. Shuning uchun elektr aktivligini 
tekshirishga 
asoslanib, 
miyaning 
tekshirilayotgan 
strukturasidagi 
intim 
protsesslarni aniq tasavvur qilib bo‗lmaydi. 30-yillardan boshlab, E.Edrian 
ishlaridan keyin, retseptorlarlar yoki afferent nervlar ta`sirlanganda ro‗y beruvchi 
afferent impulslarga javoban markaziy nerv sistemasining muayyan qismi orqa 
miya, miyacha, ko‗ruv do‗mboqlari, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli 
qismlarida kelib chiqqan elektr reaktsiyasi keng tadbiq etilmoqda. Bu elektr 
reaktsiyasi yuzaga chiqarilgan potentsial deb ataladi. Yuzaga chiqarilgan 
potentsiallarni qayd qilib, miyaning turli strukturalariga axborot o‗tadigan yo‗llarni 
va ta`sirotni qabul qiluvchi sensor sistemalar lokalizatsiyasini yetarlicha aniq 
tekshirish mumkin. 


193 
Retseptorlarlarning muayyan gruppasidan afferent impulslar oladigan nerv 
markazlarida yuzaga chiqarilgan potentsiallar amplitudasi kattaroq, latent davri esa 
qisqaroq bo‗ladi. Shu nerv markazlarida yuzaga chiqarilgan potentsiallar birlamchi 
javoblar, deb ataladi. Afferent nervga yakka elektr stimuli berilganda turli nerv 
markazlarida ro‗y bergan birlamchi javoblarning egri chiziqlari 43-rasmda 
ko‗rsatilgan.
 
43-rasm. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida (A), ko‘ruv dumbogining 
ortki ventral yadrosida (B), orqa miyada (V) yuzaga chiqarilgan
potentsiallar (birlamchi javoblar)ning egri chiziqlari (R, A. Durinyandan). 
Harakterli birlamchi javob qoida o‗laroq, 400-600 mkv amplitudali ikki fazali 
potentsialdan iborat. Avval 10-12 msek uzunlikdagi musbat tebranish qayd qilinadi 
shundan keyin 15-20 msek uzunlikdagi manfiy tebranish ro‗y beradi. Birlamchi 
potentsiallar muayyan zonaga tarqaladi, muayyan sensor signallar keladigan zonani 
shu tufayli aniq bilish mumkin. O‗sha zonadan (maksimal aktivlik fokusidan) uzoq 
o‗qigan sayin ajratib olinadigan potentsiallar harakteri o‗zgaradi: javobning latent 
davri uzayadi, ayrim fazalarning amplitudasi kamayadi, uzunligi oshadi. 
Qo‗shimcha tebranishlar kelib chiqadi. 
Afferent nerv turli vaqt intervalida ketma-ket ikki elektr stimuli bilan 
ta`sirlanganda birlamchi javoblarni qayd qilib, birlamchi javob ajratiladigan 
neyronlardagi refrakter davr uzunligini o‗lchash mumkin. Turli nervlar yoki 
retseptorlar turli izchillik bilan ta`sirlansa, neyronlarning bir gruppasiga har hil 
impulslar kelishini aniqlash, ya`ni afferent yo‗llar konvergentsiyasi bor-yo‗qligini 
bilish mumkin. Har hil afferent signallarni qabul qiluvchi neyronlarning o‗zaro 
ta`sirini ham shu usulda o‗rgansa bo‗ladi. 
Kaltaroq latent davr bilan ro‗y beruvchi birlamchi javoblardan tashqari, nerv 
markazlarida, jumladan katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli sohalarida 
ikkilamchi javoblar deb ataladigan kechroq ro‗y beruvchi bir qancha javoblar 
kuzatiladi. Ikkilamchi javoblar, qoida o‗laroq murakkabroq konfiguratsiyasi va 
uzunroq latent davri bilan birlamchi javoblardan farq qiladi. Ular narkoz 
berilmagan hayvonlarda ayniqsa ravshan qayd qilinadi. Ayrim neyronlar 


194 
aktivligini va sinapsdan impuls o‗tish mexanizmini o‗rganish uchun hujayra 
ichidagi potentsiallarni mikroelektrodlar yordamida ajratib olish usuli qo‗llaniladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling