Va oliy nerv faoliyati
Orqa miya ildizlarining funksiyalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Orqa miya ildizlarining funksiyalari. Orqa miya ildizlaridan o‗tuvchi nerv
tolalari orqa miyani periferiya bilan bog‗laydi. Afferent impulslar o‗sha ildizlar orqali orqa miyaga kiradi va undan periferiyaga efferent impulslar ketadi. Orqa miyaning ikkala tomonida 31 juftdan oldingi va orqa ildizlar bor. Orqa miya ildizlarining funksiyalari qirqib qo‗yish qayta ta`sir etish metodlari bilan aniqlangan va bioelektr potentsiallarini qayd qilish yo‗li bilan tasdiqlangan. 44-rasm 1-Oq moddasi; 2-Kulrang moddasi; 3-Orqa shoxidan chiqqan sezuvchi nerv; 4 Oldingi shoxdan chiqqan harakatlantirish nervi; 5.Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervning qo‗shilishidan hosil bo‗lgan aralash nerv tolasi. Orqa miyaning oldingi ildizlarida markazdan qochuvchi, efferent tolalar, orqa ildizlarida esa markazga intiluvchi, afferent tolalar bor. Bu fakt orqa miya 196 ildizlarida afferent va efferent tolalarning taqsimlanish qonuni yoki Majandi qonuni deb atalgan. Baqa yoki boshqa har qanday hayvonning barcha oldingi ildizlari bir tomonlama qirqib qo‗yilgach, gavdaning tegishli tomonidagi reflektor harakatlar yo‗qoladiyu, ammo sezuvchanligi saqlanadi. Orqadagi ildizlarni qirqib qo‗yishdan keyin harakat qobiliyati yo‗qolmaydi, ammo tegishli ildizlardan innervatsiyalanadigan gavdа qismlarida sezuvchanlik yo‗qoladi. Oldingi va orqadagi ildizlarning funktsional rolini I. Myuller yaqqol isbot etgan. U baqa orqa miyasining bir tomondagi oldingi ildizlarini, ikkinchi tomondagi orqa ildizlarini (keyingi oyoqlar shu ildizlardan innervatsiyalanadi) qirqib qo‗yadi. Gavdaning oldingi ildizlar qirqib qo‗yilgan tomonidagi oyoq shalvirab qoldi, shu oyoqqa ta`sir etilganda esa gavdaning boshqa qismlari, jumladan qarama-qarshi oyoq harakatlanaverdi. Orqadagi ildizlar qirqib qo‗yilgan ikkinchi tomondagi oyoq esа gavdaning boshqa qismlariga ta`sir etilganda harakatga keldi-yu, o‗ziga ta`sir etilganda qimirlamay turaverdi, chunki undagi sezuvchanlik batamom yo‗qolgan edi Skelet muskullarining motor nervlaridan tashqari, boshqa efferent nerv tolalari: tomirlarni harakatlantiruvchi va sekretor tolalar, shuningdek silliq muskullarga boruvchi tolalar oldingi ildizlardan o‗tishi keyinchalik ko‗rsatib berildi. Ularning hammasi efferent tolalar bo‗lgani uchun bu tolalarning mavjudligi Majandi qonuniga zid kelmaydi. Oldingi ildizlarga ta`sir etilganda ko‗pincha og‗riq sezilishi yuzaki qarashda paradoksal faktga o‗xshaydi. Ammo bu fakt Majandi qonuniga zid kelmaydi, chunki orqadagi ildizlardan o‗tuvchi tolalardan bir qismi oldingi ildizlarga burilib orqa miya pardalariga boradi va ularni sezuvchi nerv oxirlari bilan ta`minlaydi. Boshqa hamma afferent nervlar kabi, ular ham orqa miyaga uning orqadagi ildizlari orqali kiradi. Orqadagi ildizlardan bir nechtasini qirqib qo‗yib va shundan keyin tegishli oldingi ildizlarga ta`sir etib, bunga ishonish mumkin: ayni vaqtda qaytar sezuvchanlik degan og‗riq sezgilari kuzatilmaydi. Oldingi ildizlar tarkibiga kiradigan tolalar oldingi shoxlardagi motor hujayralarning, shuningdek orqa miyaning ko‗krak segmenti bilan bel segmentidagi yon shoxlarda joylashgan va vegetativ nerv sistemasiga kiradigan hujayralarning aksonlaridan iborat. Orqadagi ildizlarni hosil qiluvchi tolalar umurtqalararo spinal gangliylardagi bipolyar hujayralarning o‗siqlaridir. Orqa miya ildizlaridan o‗tuvchi tolalar o‗zidan boshlanadigan neyronlarning tanalari qayerda yotganligi quyidagi tajribalar bilan aniqlanadi: orqa miya ildizlari qirqib qo‗yiladi yoki kulrang moddasining ma`lum bir qismiga shikast yetkaziladi bir necha kundan keyin esa gistologik preparatlar tayyorlab, nerv tolalarining aniganligi (degeneratsiyasi) qayd qilinadi. 197 Orqa miyaning orqa ildizi orqa miya tugunining pastrog‗idan qirqib qo‗yilib, periferiyaga boruvchi tolalar ayniydi, o‗sha tugunning yuqorirog‗idan qirqilganda esa orqa miyaga kiruvchi tolalar ayniydi. Orqa miya tuguni sohasidagi nerv tolalari aynimaydi, bu orqa ildizlarning tolalari o‗zidan boshlanadigan nerv hujayralarining tanalari shu yerda ekanligidan guvohlik beradi. Oldingi ildizlarning tolalari qaysi bosqichda qirqib qo‗yilishidan qat`iy nazar, shu qirqilgan joydan periferiyaga tomon ayniydi oldingi yoki yon shoxlarga shikast yetkazilganda ham bu tolalar ayniydi. Bu oldingi ildizlardan o‗tuvchi tolalar o‗zidan boshlanadigan neyronlarning tanalari oldingi yoki yon shoxlarda joylashganligini ko‗rsatadi. Orqa miya ildizlarida impulslarni turlicha tezlik bilan o‗tkazuvchi har xil (yo‗g‗on-ingichka) nerv tolalari bor. Orqa ildizlardagi yo‗g‗on (12-22 yak) tolalar A tipga mansub bo‗lib, muskul dugalarining yadro xaltasidan va paylardagi Golji tanachalaridan keladigan afferent impulslarni o‗tkazuvchi yo‗llar hisoblanadi. Shu tolalardan o‗tuvchi impulslar muskulning cho‗zilishiga javoban ro‗y beruvchi miotatik reflekslarni yuzaga chiqaradi. O‗rtacha yo‗g‗onlikdagi (5- 12 mk) tolalar A betta va A gamma tipga mansub bo‗lib orqadagi ildizlardan o‗tadi, ular taktil retseptorlarlardan va yadro xaltasidan chetdagi (periferiyadagi) muskul duglarining retseptorlaridan boshlanadi. Bunday tolalar kavak ichki organlar (qovuq, me`da. ingichka va yo‗gon ichak to‗g‗ri ichak va hakozo)ning retseptorlarlaridan ham boshlanadi. A ''betta va A gamma‘‘ tipdagi afferent tolalar mexanoropli torlardan impuls olib keladi. Bu tolalar orqa miyaga kirgach, orqa ustunlarga o‗tib orqa miyaning yuqoriroq va pastroq segmentlaridagi kulrang moddada joylashgan kiritma (komissural) neyronlarga kollaterallar beradi. Bu gruppaning ozgina afferent tolalaridan o‗tuvchi impulslar orqa miyaning bir talay neyronlarini qo‗zg‗ata oladi. Retseptorlardan ma`lum bir miqdori ta`sirlanganda, masalan, barmoqda igna sanchilganda muskullarning katta bir gruppasi shu tariqa qisqarib, qo‗l yoki oyoqning bukilishiga sabab bo‗ladi. Orqadagi ildizlarning eng ingichka (diametri 2-5 mk) tolalari A delta tipga mansub bo‗lib, termoretseptorlardan va og‗riq retseptorlaridan impulslar olib keladi. Og‗riq retseptorlaridan keluvchi impulslar S tipga mansub tolalar (mielinsiz ingichka tolalar) orqali ham orqa miyaga kiradi. Oldingi ildizlardan ham turli tipdagi efferent nerv tolalari o‗tadi. Ularda shunday tolalar bor: 1) yo‗g‗on tolalar (diametri o‗rta hisobda 16 mk) A alfa tipga mansub bo‗lib, skelet muskullariga impulslar olib keladi; 2) ingichka tolalar (diametri o‗rta hisobda 8 mk) A£ tipga mansub bo‗lib, muskul dugining qisqaruvchi elementlarini innervatsiyalaydi va 3) preganglionar simpatik tolalar, V tipga mansubdir. Orqa ildizlar qirqib qo‗yilgach, sezuvchanlik yo‗qolishi bilan bir qatorda, harakat funksiyasi ham buziladi. Orqa miyaning barcha orqa ildizlarini ikkala 198 tomondan qirqib qo‗yib (ular itning keyingi oyoqlarini innervatsiyalaydi), oldingi ildizlari beshikast qoldirilsa, hayvon operatsiyadan keyingi dastlabki vaqtda shu oyoqlari bilan yura olmaydigan bo‗lib qoladi. Bir necha vaqt o‗tgach sezuvchanlikdan mahrum bo‗lgan keyingi oyoqlar yana harakatga keladiyu, bu harakat anormal: shart-shurt, keskin bo‗ladi; keyingi oyoqlar haddan tashqari qattiq bukilib, yoziladi. Bunday harakatlar ataktik harakatlar deb ataladi. Ular odam orqa miyasining ko‗tariluvchi yo‗llar shikastlanadigan kasalliklarida ham uchraydi (orqa miya ataksiyasi). Avvalo harakat apparatining retseptorlaridan, ya`ni proprioretseptorlardan, shuningdek terining eksteroretseptorlaridan miyaga afferent impulslar kelmay qolishi sababli harakatlar koordinatsiyasi buziladi. Harakatning har bir muayyan paytida harakat apparatining holati haqida axborot kelmay qolishi shunga sabab bo‗ladiki, miya harakatni kontro‗l (nazorat) qilish, harakat harakterini baholash va harakat aktining barcha bosqichlarida unga tuzatishlar kiritish qobiliyatidan mahrum bo‗ladi. Garchi efferent impulslar miyadan muskullarga borib, ularni qisqartira olsa ham, bu protsess kontrol qilinmaydi va boshqarilmaydi, chunki qaytar bog‗lanish yo‗q, busiz esa harakatlarni boshqarish, aniq va tekis harakatlarni bajarish mumkin bo‗lmaydi. Shuning uchun ham qo‗l terisiga sovuq ta`sir etgach yoki retseptorlarni falaj qiladigan zahar- kokain teri ichiga kiritilgach sezuvchanlikning kamayishi yoki yo‗qolishi, ya`ni anesteziyadan keyin qo‗lning aniq harakatlarini talab etadigan harakat aktlari, masalan pianino chalish yoki xat yozish buziladi. Sezuvchanlikning yo‗qolishi, bundan tashqari, muskul tonusining susayishiga sabab bo‗ladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling