Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Ximiyaviy ta`sir etish. Markaziy nerv sistemasining funksiyalarini 
o‗rganish uchun ximiyaviy ta`sir etish metodikasini birinchi marta M. Sechenov 
o‗zining klassik tajribasida tadbiq etgan va ko‗ruv dumboqlari sohasiga NaCl 
kristalini qo‗yib ta`sir etilganda spinal reflekslar tormozlanishini isbot etgan. Orqa 
miya bilan bosh miyaning turli qismlariga ximiyaviy ta`sirlanish uchun ko‗p 
tadqiqotlarda har hil moddalar, masalan, tirishtiradigan moddalar, narkotiklar va 
shu kabilarning mahalliy ta`siridan foydalaniladi. Neyrofiziologik tadqiqotlarda 
lokal strixnizatsiya metodikasi ayniqsa keng qo‗llaniladi. 
Shu maqsadda sathi bir necha kvadrat millimetr keladigan bir parcha filtr 
qog‗ozini strixnin eritmasiga hollab, miyaning ochilgan yuzasiga qo‗yiladi yoki 
shu eritmadan bir tomchisi po‗stloq ostidagi yadrolarga yoki miya stvoliga 
kiritiladi. Strixnin tormozlovchi sinapslarni zaharlab qo‗yadi, shunga ko‗ra afferent 
impulslarga javoban reflektor reaksiyalar keskin darajada oshadi. Dyusser-de-
Barenn sensor funksiyalar lokalizatsiyasini aniqlash uchun strixnizatsiya 
metodikasini tadbiq etgan . Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining miyaning bir qismi


190 
zaharlanganda yoki strixnin eritmasi ko‗ruv dumboqlarining turli qismlariga 
kiritilganda miyaning strixnindan zaharlangan qismlariga impuls yuboradigan teri 
bo‗laklarida taktil sezgirlik oshadi. 
So‗nggi yillarda markaziy nerv sistemasiga turli moddalarni kiritish uchun 
elektroforez mikroinektsiyasi degan usul qo‗llanilmoqda. Tekshiriladigan nerv 
markaziga shu maqsadda tekshiriladigan eritma to‗ldirilgan juda ingichka 
mikropipetka kiritiladi. Pipetka teshigi juda tor bo‗lgani uchun yuza tortish 
kuchlari eritmaning qaytib chiqishiga to‗sqinlik qiladi; shu sababli moddani 
to‗qimaga kiritish uchun elektroforez metodi qo‗llaniladi. Mikropipetkaning 
kengroq tashqi uchiga bir elektrod kiritiladi, pipetkaning ikkinchi uchi esa gavda 
yuzasiga taqaladi. Kuchsiz o‗zgarmas tokni elektrodlardan o‗tkazib, pipetkaga 
to‗ldirilgan modda eritmasi to‗qimaga kiritiladi. Bu modda kation bo‗lsa, 
mikropipetkadagi elektrod anodga ulangan taqdirdagina u (modda eritmasi) 
to‗qimaga kiradi. Modda anion bo‗lsa, mikropipetka ichidagi elektrod katodga 
ulangan taqdirdagina u (modda eritmasi) to‗qimaga kiradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling