Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Stereotaksis texnikasi. Elektrodlar, mikropipetkalar, miniatyura xolidagi 
termoparalar va boshqa mikro asboblarni ichkarida yotgan miya strukto‗r alariga 
aniq kiritish uchun stereotaksis texnikasi tadbiq etiladi. U neyrofiziologik 
tadqiqotlarning imkoniyatlarini ancha kengaytirib yuboradi. 
Stereotaksis metodikasi bosh miyadagi turli strukturalarning kalladagi 
muayyan qismlarga nisbatan joylashuvini batafsil anatomik tekshirishga 
asoslanadi. Miya strukturalarining lokalizatsiyasi uch koordinatali maxsus 
sistemada ifodalanadi, shu sistemadan foydalanib, ayrim nerv markazlarining 
fazodagi o‗rni aniqlanadi. Metodikaning nomi grekcha stereos (hajmli) va taksis 
(joylashuv) so‗zlaridan olingan. Metodikani anatom D. M. Zernov birinchi marta 
1889 yildayoq taklif etgan , so‗ngra uni neyroxirurg V. Xorsley va injener R. Klark 
ulardan keyin esa S. Renson mukammal ishlab chiqqan.
Stereotaksis metodikasidan foydalanganda hayvonning boshi maxsus 
apparatda mahkam ushlab turiladi, ayni vaqtda tashqi eshituv yo‗llarining 
markazlari va ko‗z kosalari chetlarining pastki nuqtalari orqali o‗tuvchi gorizontal
tekislik stereotaksis asbobining o‗qiga parallel bo‗ladi. Bu tekislik stereotaksis 
koordinatalarini hisoblab beradigan asosiy gorizontal tekislik deb ataladi. 
Ko‗pincha, amaliy muloxazalar bilan, hisoblasada asosiy tekislikdan 10 mm 
yuqoriroqdagi eng quyi gorizontal tekislikdan foydalanishadi (42-rasm). Eng quyi 
frontal tekislik tashqi eshituv yo‗llarining markazlarini birlashtiruvchi chiziq 
bo‗ylab gorizontal tekislikka qatiyan tik ravishda o‗tadi. Nulevoy sagittal tekislik 
kallaning o‗rta sagital chizig‗i bo‗ylab gorizontal va frontal tekisliklarga tik 
ravishda o‗tadi. 


191 
42-rasm. Mushuk kallasini Xorsley-Klark metodida stereotaksis asbobiga 
o‘rnatish sxemasi. Chiziqlar: asosiy gorizontal tekislik - AD ga; nulevoy gorizontal 
tekislik - 00 ga; nulevoy frontal tekislik-VV ga; nulevoy sagittal tekisliklarga mos 
keladi; V - tepa suyakdan nulevoy gorizontal tekislikkacha bo‘lgan masofali; - ko‘z 
kosasining pastki chekkasidan tashqi eshituv yo‘lining markazigacha bo‘lgan 
masofa; 1A - quloq tutkichlarning uchlari o‘rtasidagi masofa. 
Turli hayvonlardagi miya strukturalarining koordinatalari maxsus stereotaksis 
atlaslarida aniq ko‗rsatilgan. Shu koordinatalarga muvofiq, elektrod yoki boshqa 
mikro asbobni mustahkamlab turuvchi manipulyator yordamida mikrometrik 
vintlardan foydalanib miyaning tekshirilayotgan nuqtasiga kiritiladi. Stereotaksis 
texnikasi xozir neyroxirurgiya klinikasida operatsiya vaqtida ham qo‗llaniladi. Bu 
operatsiyada bemor bosh miyasining muayyan qismidagi patologik yemirish uchun 
elektrodlar kiritishga to‗g‗ri keladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling