Va oliy nerv faoliyati


MARKAZIY NERV SISTEMASI (TIZIMI)NING TEKSHIRISH


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

MARKAZIY NERV SISTEMASI (TIZIMI)NING TEKSHIRISH 
METODLARI.
Markaziy nerv sistemasi yagona va puxta mexanizm bo‗lib ishlaydi. Shu 
tufayli odatdagi fiziologik sharoitda turli ta`sirotlarga javobi organizm 
ko‗rsatadigan reaksiyalar xulq-atvor (yurish- turish)ning integratsiyalangan yaxlit 
butun aktlariga o‗xshaydi. Shunday har bir aktda uch komponent sensor 
(sezuvchi), motor (harakatlantiruvchi) va vegetativ komponentlarni ajratish 
mumkin. Retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga impulslar kelishi sensor 
komponentini ta`minlaydi, qotor komponentni skelet muskullari yuzaga chiqaradi 
va motoneyronlarning impulslari boshqaradi, vegetativ komponent ichki organlar 
faoliyati, tomirlar diametri, moddalar almashinuvi va gavda to‗qimalari 
funksiyalari holatining boshqarilishidan iborat. Organizmning sensor va motor 
funksiyalari ko‗pincha birlashtirilib, somatik funksiyalar deb ataladi. 
Shu bobda biz gavda harakatlarining bajarilishini va markaziy nerv 
sistemasining sensor funksiyalarini ko‗zdan kechiramiz. Bizning bayonimizda 
markaziy nerv sistemasining anatomiyada orqa miya, uzunchoq miya , varoliyev


187 
ko‗prigi, o‗rta miya, miyacha, oraliq miya va katta yarim sharlarga bo‗linishiga 
amal qilamiz. 
Markaziy nerv sistemasining sensor va xarakat funksiyalarini 
boshqarishni tekshirish metodlari. Olib tashlash (ekstrapatsiya) va qirqib 
qo‘yish. Markaziy nerv sistemasining turli qismlarini olib tashlash ( ekstrapatsiya) 
va qirqib qo‗yish metodikalari eksperimental-fiziologik tadqiqotlarda qadimdan 
qo‗llanib kelayotgan usullardir. Ular bosh miya bilan orqa miyadagi har hil 
bo‗limlarning funksional ahamiyati to‗g‗risida bir qadar ma`lumot beradi va 
o‗tkir tajribalarda ham xronik tajribalarda ham qo‗llanaveradi. Shu usullardan 
foydalanib, fiziolog operatsiyadan keyin markaziy nerv sistemasining qaysi 
funksiyalari yo‗qolishini va qaysi funktsiyalari saqlanishini bilib oladi. 
Orqa miya turli bosqichda qirqib qo‗yiladi. Orqa miyani yoki miya 
stvolini ko‗ndalangiga to‗la qirqib qo‗yish markaziy nerv sistemasining
yuqoriroqdagi bo‗limlarini pastroqdagi bo‗limlaridan ajratib va bosh miya bilan 
orqa miyaning qirqib qo‗yilgan joydan pastdagi markaziy tomonidan yuzaga 
chiqariladigan reflektor reaktsiyalarni o‗rganishga imkon beradi. Markaziy nerv 
sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlaridan keluvchi impulslar shu sistemadagi 
biron bo‗lim faoliyati uchun qanday ahamiyati borligini ham shu yo‗l bilan 
o‗rgansa bo‗ladi. 
Qirqish metodikasi spinal hayvon (buning uchun orqa miya yuqori segmentlar 
ro‗parasidan qirqiladi), bulbar hayvon (uzunchoq miya o‗rta miyadan 
ko‗ndalangiga kesib ajratiladi), mezentsefal hayvon (o‗rta miya bilan oraliq miya 
o‗rtasi qirqib qo‗yiladi), dientsefal hayvon (oraliq miya yuqorirog‗idan kesilib, 
katta yarim sharlardan ajratiladi) olish imkonini beradi. 
Miyani ko‗ndalangiga qirqib markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi 
qismlari funksiyasi ham o‗rganiladi. Masalan, markaziy nerv sistemasining 
pastroqdagi bo‗limlaridan ajratilgan (uzunchoq miya sohasidan qirqilgan) bosh 
miyaning elektr aktivligini va ajratilgan (oraliq miya sohasidan qirqib qo‗yilgan) 
katta yarim sharlarning elektr aktivligini F. Bremer o‗rgangan. 
Olib tashlash va qirqib qo‗yish metodikalari markaziy nerv sistemasidek 
murakkab va nozik tuzilgan mexanizmga ta`sir etishning g‗oyat usullaridir. 
Eksperimentator bu metodikani tadbiq etganda bir qancha hadisalarga duch keladi, 
ana shu hodisalar operatsiyadan keyin kuzatiladigan natijalarni baxolashda 
to‗sqinlik qiladi. Dastlabki kunlarda operatsion jarohat (to‗qimalarning kesilishi, 
yallig‗lanishi, og‗riq kabilar) markaziy nerv sistemasining funksiyalarini 
susaytiradi. Keyinchalik miyaning qirqilgan yoki olib tashlangan joyida yamloq 
to‗qimasi o‗sib, tevarak-atrofdagi nerv to‗qimasiga salbiy ta`sir ko‗rsatadi. 
Masalan, katta yarim sharlarning ayrim qismlari olib tashlanganda yamoq hosil 


188 
bo‗lishi va uning salbiy ta`sir ko‗rsatishi sababli ba`zan tutqanoq(epilepsiya) 
tutadi. 
Miyaning katta qismlarini olib tashlash bilan bir qatorda nerv markazlariga 
lokal (cheklangan) shikast yetkazish ham qo‗llaniladi. Ilgari shu maqsadda igna 
sanchish yoki skalpel urish kabi mexanik shikastlar yetkazilardi. Hozir nerv 
markazlariga shikast yetkazish uchun miyaga ingichka elektrodlar kiritilib
o‗zgarmas tok beriladi va to‗qimalar shu tariqa elektroliz yo‗li bilan yemiriladi. 
Shuningdek miyaning turli bo‗laklari muzlatib quyiladi yoki termokoagulyatsiya 
qilinadi. Markaziy nerv sistemasining kichik bir qismiga shikast yetkazish uchun, 
yana tashqaridan kuchli fizik omil aniq yo‗naltiriladi, shu omil ta`sirida nerv 
sistemasi yemiriladi. 
Markaziy nerv sistemasining muayyan qismlarini yemirish uchun rentgen 
nurlari yoki ultratovush tebranishlari bir necha qabar qalin tutam qilinib, bir 
nuqtaga yunaltiriladi. Shu maqsadda rentgen trubkalari yoki ultratovush 
generatorlari hayvon boshi tepasida shunday joylashtiriladiki, ulardan chiqayotgan 
elektr nurlari yoki ultratovush tebranishlari quvvatli bo‗lib va tor bir nuqtaga 
yunalib, miyaning muayyan bir nuqtasida to‗planadi. Miya to‗qimasining bir kub 
millimetr va hatto undan ham kichikroq bo‗lagiga shu tariqa shikast yetkazish 
mumkin. Ultratovush ta`siriga mielin pardalari ko‗proq sezgir bo‗ladi, shu sababli 
nerv yo‗llariga shunday ta`sir etiladiki, unda nerv hujayralari shikastlanmaydi. 
Markaziy nerv sistemasining aniq muayyan qismlarini yemirish uchun kuchli 
sinxrosiklotron yordamida olingan proton nurlanishining kambar tutamlari ham 
qo‗llanilgan (tutamning diametri qilday ingichka bo‗lishi mumkin). Proton 
nurlanishi 
ma`lum 
intensivlikda 
bo‗lganda 
teri 
va 
suyak 
to‗qimasi 
shikastlanmagani holda shu nurlanishga anchagina sezgir nerv to‗qimasi 
yemirilaveradi. 
Miyaning turli qismlarini olib tashlash, nerv yo‗llarini qirqib qo‗yish va ayrim 
nerv markazlarining yolg‗iz o‗zini yemirish metodlari hayvonlar ustidagi 
tajribadagina emas, odamda neyroxirurgiya klinikasida davolash tadbirlari sifatida 
ham qo‗llaniladi. Bunday operatsiyaning natijalari ko‗pincha fiziologiya uchun 
ham muhim ma`lumotlar beradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling