Va oliy nerv faoliyati


Qo‘zg‘alishdan keyingi tormozlanish


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Qo‘zg‘alishdan keyingi tormozlanish. Nerv hujayrasining qo‗zg‗alish 
to‗xtagandan keyin unda avj oladigan tormozlanish maxsus turdagi tormozlanish 
hisoblanadi. Hujayradagi tormozlanish tamom bo‗lgach, membrananing kuchli iz 
giperpolyarizatsiyasi avj olsa, shunday tormozlanish kelib chiqadi. Qo‗zg‗atuvchi 
postsinaptik potentsial bunday sharoitda membrananing kritik depolyarizatsiyasi 
uchun kamlik qiladi va qo‗zg‗aluvchi qo‗zg‗alish kelib chiqmaydi. 
Konvergentsiya va okklyuziya.Markaziy nerv sistemasiga turli 
afferent tolalar orqali keluvchi impulslar oraliq va effektor neyronlarga tushib 
yig‗ilishi konvergentsiyalanishi mumkin. Bu fakt Ch. Sherrington aniqlagan 
konvergentsiya printsipiga asos bo‗ldi.
Bu bilan izohlanadiki, markaziy nerv sistemasida har bir neyronning 
tanasi va dendritlarida boshqa bir talay nerv hujayralarining aksonlari tugaydi. 
Orqa miya bilan uzunchoq miyada konvergentsiya bir qadar cheklangan bo‗ladi: 
faqat bir xil refleks retseptiv maydonining turli qismlarida yuzaga keladigan 
afferent impulslar kiritma va motor neyronlarda konvergentsiyalanadi. Bundan 
farqli ularoq, turli retseptiv zonalarda kelib chiqadigan impulslar markaziy nerv 
sistemasining oliy bo‗limlarida – po‗stloq ostidagi yadrolarda va katta yarimsharlar 
po‗stlog‗ida konvergentsiyalanadi. Shu sababli bir neyronni eshituv retseptorlari 
ham, ko‗ruv retseptorlari ham, teri retseptorlari ham ta`sirlanganda yuzaga 
keluvchi impulslar qo‗zg‗ata oladi. Konvergentsiya qo‗zg‗alishlarning masofada 
qo‗shilishini va okklyuziya hodisasini tushuntirib beradi. 


185 
41-rasm. 
Okklyuziya 
xodisalarini
tushuntirib beradigan sxema (Ch. Sherringtondan). 
Doira 
ichida 
ko‘p 
sonli 
motor 
hujayralar 
tasvirlangan. Olti hujayra o‘zidan boshlanuvchi 
aksonlari bilan ko‘rsatilgan. A va V - periferiyadan 
motor neyronlarga qo‘zg‘alishlar olib keladigan nerv 
tolalari. A tola yoki V tola maksimal ta`sirlanganda 4 
neyronda impulslarning razryadlari vujudga keladi. 
Shu neyronlardan ikkitasi ikkala toladan qo‘zg‘aladi. 
Okklyuziya (tiqilib qolish)ning mohiyati shundaki, afferent tolalarning
ikki gruppasi bir vaqtda ta`sirlanganda (bu gruppalardan har biri muskulning 
refleks yo`li bilan qattiq qisqarishiga sabab bo‗ladi) kelib chiquvchi effekt
miqdor jihatdan alohida olingan shu reflekslar miqdorining arifmetik
yig‗indisidan kamroq bo‗lib chiqadi. Bunday effektning konverginsiyaga bog‗liq 
ekanligi 41-rasm ko‗zdan kechirilganda tushunarli bo‗lib qoladi.
Afferent tolalar (L va V) ning ikki gruppasidan impuls oluvchi motoneyronlar 
41- rasmda keltirilgan. Shu gruppalardan har biri alohida maksimal ta`sirlanganda 
qo‗zg‗alish 4 tadan neyronni o‗z ichiga oladi. A va V tolalar bir vaqtda ta`sirlangan 
va 8 neyron emas, faqat 6 neyron qo‗zg‗aladi, chunki 2 nerv hujayrasi 
konvergentsiya tufayli nerv tolalarining ikkala gruppasidan innervatsiya oladi. Shu 
sababli A va v tolalarining birgalikda ta`sirlanishi tufayli kelib chiqqan reflektor 
javob alohida yuzaga chiqarilgan shu reflekslarning arifmetik yig‗indisidan 
kamroq bo‗ladi.
Nerv markazlari normal ishlab turganda qo‗zg‗alishlarning masofada 
qo‗shilishi bor okklyuziya doimo bir-biri bilan navbatlanib turadi, ular o‗zaro ta`sir 
etuvchi afferent ta`sirotlarning kuchiga qarab goh ko‗proq, goh kamroq seziladi 
ta`sirotlar kuchsiz bo‗lsa, qo‗zg‗alishlarning bir-biriga qo‗shilishi ustun keladi, 
kuchli ta`sirotlarda esa okklyuziya birinchi o‗rinda turadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling