Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nerv 
markazlarining 
funktsiyalari, 
ularning 
kislorod 
bilan 
ta`minlanishiga bog‘liq ekanligi. Nerv hujayralari kislorodni shiddatli iste`mol 
qilishi bilan farq qiladi. Masalan,it bosh miyasining 100 g to‗qimasi, tinch turgan 
100 g muskul tuqimasiga nisbatan 22 baravar, 100 g jigarga nisbatan 10 baravar 
ko‗proq kislorod yutadi. Odam miyasi minutiga taxminan 40-50 ml kislorod 
yutadi, bu tinchlik holatida butun gavda iste`mol qiladigan jami kislorodning 
taxminan 56-58 foiz qismini tashkil etadi. 
Nerv hujayralari kislorod ko‗p iste`mol qilar ekan, kislorod tanqisligiga 
nihoyatda sezgir bo‗ladi. Shu sababli markaziy nerv sistemasiga kislorod yetkazib 
berilishi kamayganda nerv markazlarining funktsiyalari buziladi. Miyada qon 
aylanishi to‗la yoki qisman to‗xtab qolganda (masalan, trombozda) yoki qon tomiri 
yorilganda nerv sistemasi faoliyatining qattiq buzilishi va nerv elementlarining 
nobud bo‗lishi shu bilan izoxlanadi. Miyada qon aylanishi hatto qisqa vaqt to‗xtab 
qolganda yoki qon tomirlaridagi bosim qisqa vaqt keskin pasayib ketganda ham 
odam darhol hushdan ketadi.
Qon kelishining to‗xtab qolishi bosh miya katta yarimsharlar po‗stlog‗ining 
hujayralariga ayniqsa yomon ta`sir qiladi: ular 5-6 minutdan keyinoq asli holiga 
qaytmaydigan o‗zgarishlarga uchraydi va nobud bo‗ladi. Miya stvolining 
markazlari kislorod tanqisligiga kamroq sezgir bo‗ladi, qon kelishi tamomila 
to‗xtagach hatto 15-20 minutdan keyin ham bu markazlar funktsiyasi tiklanadi. 
Orqa miya markazlari yanada ko‗proq chidamli bo‗ladi, qon kelishi batamom 
to‗xtagach hatto 20-30 minutdan keyin ham orqa miya markazlarining funktsiyasi 
tiklanishi mumkin. Gavda temperaturasi sun`iy yo‗l bilan pasaytirilganda, ya`ni 
gipotermiyada organizmdagi moddalar almashinuvi susayadi, shu bilan birga 
markaziy nerv sistemasi kislorod yetishmasligiga uzoqroq bardosh beradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling