Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nerv markazlari. Markaziy nerv sistemasining reflektor faoliyati 
haqidagi ta‘limot nerv markazi haqidagi tasavvurning kelib chiqishiga imkon 
beradi. Muayyan refleksni yuzaga chiqarish yoki muayyan funksiyani boshqarish 
uchun zarur neyronlar yig‗indisi nerv markazi deb ataladi. 


172 
Nerv markazlarining lokalizatsiyasi bosh miya yoki orqa miyani turli 
qismlariga ta`sir etish, cheklangan bir qismini yemirish, olib tashlash 
(ekstirpatsiya) yoki qirqib qo‗yish tajribalari asosida aniqlanadi. Markaziy nerv 
sistemasining qandaydir qismi ta`sirlangan biron fiziologik reaksiya ro‗y bersayu, 
shu qismi olib tashlanganda yoki yemirilganda ushbu reaktsiya yo‗qolsa, muayyan 
funktsiyani boshqaradigan yoki muayyan refleksda qatnashadigan nerv markazi 
markaziy nerv sistemasining shu qismida deb hisoblanadi. Bir necha misol 
keltiraylik katta yarimsharlar tepa bo‗lagining muayyan qismi ta`sirlanganda itning 
oldingi oyog‗ini bukishiga asoslanib, it oyog‗ini bukadigan po‗sloq markazi shu 
yerda deb aytishadi. Katta yarim sharlar ensa bo‗lagining pustlog‗i olib 
tashlanganda ko‗zning ko‗rmay qolishiga asoslanib, ko‗rishning po‗stloqdagi 
markazi shu yerda deb aytishadi. So‗ngra miya stvol, uzunchoq miyaning 
yuqorirog‗idan qirqib quyilganda nafas olishining to‗xtab qolmasligi, miya stvoli 
uzunchoq miyaning pastrog‗idan qirqib qo‗yilganda nafas harakatlarining to‗xtashi 
va nihoyat, uzunchoq miyaning ma‘lum bir qismi yemirib tashlanganda nafas 
olishning qaytmas darajada to‗xtab qolishiga asoslanib, markaziy nerv 
sistemasining shu qismida nafas markazi joylashgan deb aytishadi. Orqa miyani 
turli bosqichlardan qirqib qo‗yish metodikasi orqa miyaning bir qancha oddiy 
reflekslarining nerv markazlari qayerda joylashganini aniqlashga yordam berdi 
(masalan, tizza refleksining markazi orqa miyaning ikkinchi to‗rtinchi bel 
segmentlarida, oyoq kafti refleksining markazi birinchi ikkinchi dumg‗aza
segmentlarida joylashgan). 
Nerv markazini miyaning cheklangan bir qismi deb shunday tushunish 
ma`qul, lekin bir muncha shartlidir. Bunday tushunish markaziy nerv sistemasining 
qaysi qismlari biron oddiyroq refleksi yuzaga chiqarishda yoki muayyan 
funksiyani boshqarishda qatnashuvini ko‗rsatib bergani uchun ma`qul. Bunday 
tushunish shuning uchun shartliki, butun organizmning har bir reflektor aktida, 
ayniqsa murakkabroq reflektor aktida, funktsiyalarni boshqarishda miyaning
cheklangan qismlaridagi neyronlarning faqat ayrim gruppalari emas, balki 
markaziy nerv sistemasiga keng yoyilgan boshqa ko‗pgina neyronlari ham 
qatnashadi. Masalan, uzunchoq miyadagi nafas markazining neyronlari nafas 
muskullarini innervatsiyalaydigan orqa miya motoneyronlariga o‗z aksonlarini 
yuboradi, shuning uchun nafas markazi tushunchasiga uzunchoq miyaning 
neyronlarigina emas, orqa miyaning motoneyronlari ham qo‗shilsa, shu tushuncha 
kengayishi mumkin. 
Nafas markazi haqidagi tasavvurga o‗rta miya bilan oraliq miyadagi 
retikulyar formatsiya neyronlari, shuningdek katta yarimsharlar po‗stlog‗ining 
neyronlari qo‗shilsa (bu neyronlar uzunchoq miyadagi nafas markazi ishi


173 
funktsiyasigа boshqaruvchi ta`sir ko‗rsatadi )bu tasavvur yanada ko‗proq 
kengayadi. 
Nerv markazlarini tor lokalizatsiya nuqtai nazaridan tushunish butun
organizmning murakkab reflektor aktlariga to‗g‗ri kelmaydi. Bunday aktlarni 
analiz qilish va neyronlararo a‘loqalarni o‗rganishda markazlarini fiziologiya 
nuqtai nazaridan kengroq tushunishga olib keldi. Misol uchun yurish aktini va 
ovqat yutish aktini ko‗rsatadi. Fitologiya, nuqtai nazaridan biron funktsiyani 
boshqaradigan yoki murakkab reflektor aktni yuzaga chiqaradigan nerv markazi - 
funktsiyalarni boshqarishda va reflektor reaktsiyada kelishib, uyg‗un ishtirok 
etuvchi neyronlarning murakkab birikmasi, "ansambli" dir. Shu bilan birga 
ansamblda turli neyronlar turlicha rol uynaydi: ulardan ba`zi gruppalari albatta 
ishtirok etadi, boshqalarining ishtirok etishi shart bo‗lmaydi, ulardan ba`zilari 
boshqalarining o‗rnini bosa oladi, boshqalarining o‗rniga hech narsa bosolmaydi. 
Yuqorida aytilganlardan anglashiladiki, nerv markazlarini bosh miya yoki 
orqa miyaning qat`iyan cheklangan mutlaqo lokal qismlari tasavvur qilish uchun 
bunday markazlar faqat kengroq, ma`nodagi nerv markazining ayniqsa muhim 
ahamiyatli qismlari ekanligini hisobga olish kerak. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling