Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Tizza refleksi:
Tizza refleksining reflektor yo‘llari orqa miyaning kulrang 
moddasida tutashadi. Tizza refleksi shu bilan ifodalanadiki, son to‘rt boshli 
muskulining payiga tizza qopqog‘ining pastki chegarasi yaqinidan tukillatib 
urib ko‘rilganida oyoq reflektor yo‘l bilan tizza bo‘g‘imidan yoziladi.
33-rasm Tizza refleksi
Buning sababi shuki, payiga urilganida muskul tarang tortib, uning nerv 
reseptorlarida qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bu qo‘zg‘alish markazga intiluvchi 
neyronlardan orqa miyaning kulrang moddasiga borib, markazdan qochuvchi 
neyronlarga va ularning uzun o‘simtalaridan oyoqni yozuvchi muskullarga 
o‘tadi. Tizza refleksida ikki turdagi neyronlar: markazga intiluvchi va 
markazdan qochuvchi neyronlar ishtirok etadi.
Yuqorida qayd qilganimizdek reflekslarning bunday klassifikatsiyasi shartli: 
markaziy nerv sistemasining biron bo‗limi butun turganda va yuqoriroqdagi 
bo‗limlar yemirilganda biron refleksi yuzaga chiqarish mumkin bo‗lsa, undan 
normal organizmda shu refleks faqat o‗sha bo‗limning ishtirokida ro‗yobga 
chiqadi, degan ma`noni anglash yaramaydi har bir refleksda markaziy nerv 
sistemasining hamma bo‗limlari bir qadar qatnashadi. 
34-rasm. Ko‗zning shoхpardasiga biror narsa tekkanda ko‗z qovoqlari 
yumiladi (korneal refleks) 
Reflektor duga (refleks yoyi) Retseptor neyronlar, kiritma neyronlar va 
effektor neyronlarning zanjirlari reflektor faoliyatning struktura asosini tashkil 


168 
etadi. Har qanday refleksning yuzaga chiqishida impulslarning retseptordan ijrochi 
organga o‗tadigan yo`li o‗sha zanjirlardan hosil bo‗ladi. Bu yo‗l reflektor duga 
(refleks yoyi) deb ataladi. Unga quyidagilar kiradi: 1) ta`surotlarni qabul qiluvchi 
retseptorlar; 2) retseptor neyronlarning qo‗zg‗alishi markaziy nerv sistemasiga 
yetkazib beruvchi o‗siqlari afferent nerv tolalari; 3) impulslarni effektor 
neyronlarga o‗tkazuvchi sinapslar va neyronlar; 4) impulslarni markaziy nerv 
sistemasidan periferiyaga o‗tkazuvchi efferent nerv tolalari; 5) refleks natijasida 
faoliyati o‗zgaradigan ijrochi organ. 
24-rasm. Orqa miya refleksining ikki neyronli (A) va uch neyronli (B) 
dugalari (sxemalar). R - spinal gangliyaning retseptor neyroni; M - 
motoneyron. 
Eng oddiy reflektor dugani sxema tarzida atigi ikkita neyron, bitta sinaps 
orqali bog‗langan retseptor va effektor neyronlardan hosil bo‗lgan deb tasavvur 
qilish mumkin. Bunday reflektor duga ikki neyronli va monosinaptik duga deb 
ataladi (35-rasm, A). 
Aksari reflekslarning reflektor dugalariga ikkita emas, balki ko‗proq. neyron 
retseptor neyron, bitta yoki bir necha kiritma neyron va effektor neyron kiradi. 
Bunday reflektor dugalar ko‗p neyronli va polisinaptik dugalar deb ataladi. 
Polisinaptik reflektor dugalarning har xil variantlari bo‗lishi mumkin. 
Shunday eng oddiy dugaga atiga uchta neyron va ularning orasidagi ikkita sinaps 
kiradi . Polisinaptik reflektor dugalar bor. Ularda retseptor neyron bir necha 
kiritma neyron bilan birlashgan, kiritma neyronlardan har biri turli effektor 
neyronlarda yoki bir effektor neyronning o‗zida sinapslar hosil qiladi. Shundan 
keyin bitta va bir necha (har xil) kiritma neyronlar bilan birlashgan bir necha 
retseptor neyrondan tuzilgan reflektor dugalarni tasavvur qilish oson. Hatto sxema 
shaklida ko‗rsatilgan polisinaptik reflektor dugalar g‗oyatda murakkab bo‗lishi 
mumkin . 
Reflektor dugalarning sxemalarini ko‗zdan kechirganda shuni uqtirish 
kerakki, odatda bir retseptor emas, balki gavdaning biron sohasidagi ko‗p 
retseptorlar ta`sirlanganda reflekslar yuzaga chiqadi. Gavdaning ta`sirlanganda 
muayyan refleks kelib chiqadigan sohasi (masalan, badanning bir qismi) 
refleksogen zona, yoki refleksning retseptiv maydoni deb ataladi. Turli 
reflekslarning badandagi retseptov maydonlari bir-biriga kirib borishi mumkin. 
Shuning natijasida badanning muayyan qismiga berilgan ta`surot o‗z kuchiga va 


169 
markaziy nerv sistemasining holatiga qarab, goh bir, goh ikkinchi refleksni yuzaga 
chiqara oladi. 
Reflektor dugalarning sxemalarini retseptor, kiritma va effektor neyronlarning 
bir qancha qotorlaridan tuzilgan deb tasavvur qilish kerak Bundan anglashiladiki, 
eng oddiy reflektor dugani faqat shartli ravishda "monosinaptik" duga deb atash 
mumkin, chunki ikki neyron o‗rtasidagi bir sinaps emas, balki retseptor neyronlar 
gruppasini bir xil javob reaksiyasiga sabab bo‗luvchi effektor neyronlar gruppasi 
bilan birlashtiruvchi bir qotor parallel sinapslar kiradi. 
Monosinaptik reflektor dugalar g‗oyat kam uchraydi. Ularga muskulning 
cho‗zilish refleksi, yoki miotatik refleks dugasi misol bo‗la oladi. Ta`sirlanganda 
shu reflekslarni yuzaga chiqaradigan retseptorlar muskul dugalari skelet 
muskullarida joylashgan, retseptor nerv hujayralarining tanalari spinal 
gangliyalarda, effektor nerv hujayralarining tanalari orqa miyaning oldingi 
shoxlarida bo‗ladi. Muskulning cho‗zilishi retseptorlarda nerv impul'slarining 
razryadini yuzaga chiqaradi. 
Nerv impulslari retseptor neyronlarning o‗siqlari orqali orqa miyaga borib, 
harakatlantiruvchi neyronlarga bevosita (kiritma neyronlar ishtirokisiz) o‗tadi, 
impulslar razryadi esa bu neyronlardan o‗sha muskulning harakat plastinkalariga 
boradi. Natijada muskulning cho‗zilishi uning refleks yo`li bilan kaltalanishiga 
sabab bo‗ladi. Bunday reflektor dugada qo‗zg‗alish atigi bitta neyronlararo 
sinapsdan o‗tgani uchun bunday "monosinaptik" reflekslar boshqa (reflektor 
dugasiga ko‗proq. neyron va sinapslar kiradigan) reflekslarga nisbatan tezroq
yuzaga chiqadi. 
36-rasm. Reflektor aktlarda qatnashuvchi neyronlarning bog‗lanish
sxemalari. 1 - retseptor; 2 - retseptor hujayrasi; 3 - effektor neyron; kiritma
neyron; 5 - muskul. 
Polisinaptik reflektor dugalarga neyronlar va ular orasidagi sinapslarning 
ketma-ket birlashgan bir necha qatori kiradi. Hayvonlar va odam qo‗l-oyog‗ining 


170 
terisi og‗riydigan darajada ta`sirlanishiga javoban qo‗l-oyoqni tortib olish refleksi 
bunday refleksga misol bo‗la oladi. Bu refleks atiga bitta retseptorga ta`sir etib, 
sun`iy yo‗l bilan vujudga keltirilganda ham ko‗p neyronli refleks hisoblanadi. 
Reflektor duga (refleks yoyi) haqidagi tasavvurga biron reflektor aktda 
muqarrar qatnashadigan neyronlarning analiz uchun qulay sxemasi deb qarash 
kerak Shu bilan birga har qanday refleksda nerv impulslari markaziy nerv 
sestemasida ko‗pgina o‗tkazuvchi yo‗llar orqali keng tarqala oladi. Masalan, 
hayvonlarning markaziy nerv sistemasi butun turganda og‗rituvchi ta`surotga 
javoban kelib chiqqan qo‗zg‗alish po‗stloq ostidagi yadrolarga ham, katta yarim 
sharlar pustlog‗iga ham tarqaladi, bu yerdan esa efferent yo‗llar orqali orqa miyaga 
qaytib keladi. Xuddi shu tufayli o‗qituvchi kuchli ta`surotga javoban himoya 
reaksiyasida po‗stloq osti yadrolarining va po‗stloqning neyronlari qatnashib
og‗riq sezgisi kelib chiqadi, bu sezgi esa bir qancha vegetativ reaksiyalar puls
chastotasi, nafas olish chastotasi va chuqurligi, tomirlar tonusi va shu kabilarning 
o‗zgarishi bilan birga boradi. 
Xuddi shuningdek ovqat reflekslari (chaynash, so‗lak ajratish, ovqat yutish, 
hazm shiralari sekretsiyasi) yoki nafas olish va tomir harakatlantirish 
reflekslarining yuzaga chiqishida markaziy nerv sistemasining turli bosqichlarida
orqa miya bilan uzunchoq miyada, ko‗ruv dumboqlarining yadrolarida, katta yarim 
sharlar pustlog‗ida joylashgan neyronlar qatnashadi. Hatto eng oddiy reflektor 
reaksiyalar – pay muskul proprioretseptiv reflekslarida ham (ularning yuzaga 
chiqishi uchun ikkitа neyron ishtirok etishi kifoya), qo‗zg‗alish markaziy nerv 
sistemasi bo‗ylab keng tarqaladi. Masalan, muskul payiga urilganda bosh miya 
katta yarim sharlar pustlog‗ining elektr aktivligi o‗zgaradi. 
Binobarin, orqa miya refleksida nerv impulsi markaziy nerv sistemasining 
reflektor reaktsiyada bir qadar qatnasha oladigan oliy bo‗limlariga yetib bora 
oladi. Markaziy nerv sistemasidagi turli bo‗limlarning nerv hujayralari reaksiyaga 
qanchalik qatnashuvi ta`surot kuchiga, uning qancha vaqt ta`sir etishiga va 
markaziy nerv sistemasining holatiga bog‗liq.. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling