Va oliy nerv faoliyati


Neyronlar klassifikatsiyasi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Neyronlar klassifikatsiyasi. Markaziy nerv sistemasining neyronlari 
retseptor effektor va kontakt neyronlarga bo‗linadi. Qo‗zg‗alishni qabul qilib
periferik retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga o‗tkazadigan biopolyar nerv 
hujayralari retseptor neyronlar hisoblanadi.Retseptor neyronlarning tanalari 


163 
markaziy nerv sistemasidan tashqarida, orqa miya gangliylarida (tugunlarida) yoki 
bosh miya nervlarining kelib chiqish jiatdan ularga qardosh gangliylarida bo‗ladi. 
Retseptor neyronning uzun o‗sig‗i periferiyaga borib, qabul qiluvchi nerv oxiri 
retseptorni hosil qiladi. Bu o‗siq periferiyadan qo‗zg‗alish olib keladi. Retseptor 
neyronning ikkinchi o‗sigi ortsa miyaga yoki uzunchoq miyaga kirib, kontakt yoki 
effektor neyronlarda sinapslarni hosil qiladi. 
Markaziy nerv sistemasining bevosita retseptorlardan emas, balki pastroqdagi 
neyronlar orqali impul's oladigan ba`zi neyronlari ham retseptor neyronlarga 
kiradi. Masalan, ko‗ruv dumboqlaridagi neyronlar shunday.
Retseptor neyronlar har xil sezgilarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni yetkazib 
bergani uchun ko‗pincha sensor, yoki sezuvchi neyronlar deb ataladi. Markaziy 
nerv sistemasining effektor neyronlari periferik organ va tuqimalarga 
impulslar yuboradi. Effektor neyronlarning uzun aksonlari qo‗zg‗alishni 
periferiyaga o‗tkazadi. Effektor neyronlarning ba`zilari skelet muskullariga 
boradigan harakatlantiruvchi nerv tolalarini hosil qiladi, bunday neyronlar 
motoneyronlar deb ataladi. Ularning tanalari orqa miya kulrang moddasining 
oldingi shoxlarida bo‗ladi. 
32-rasm. Nyronlarning tuzilishi. (Dendrit va aksonlar). 
Ko‗pgina effektor neyronlar qo‗zg‗alishni periferiyaga bevosita o‗tkazmay, 
boshqa-pastroqdagi neyronlar orqali o‗tkazadi. Masalan, katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining va o‗rta miya qizil yadrosining effektor neyronlari shunday, ulardan 
impulslar orqa miyaning motoneyronlariga keladi.
Vegetativ nerv sistemasiga kiradigan effektor neyronlar markaziy nerv 
sistemasidan tashqarida, periferik gangliylarda joylashgan. Kontakt, yoki oraliq 
yoki kiritma neyronlar markaziy nerv sistemasidagi neyronlarning eng ko‗p sonli 


164 
gruppalaridan biri bo‗lib, retseptor va effektor nerv xujayralarini bir-biriga 
bog‗laydi. Ular yuzaga chiqaradigan effektining harakteriga qarab, qo‗zg‗atuvchi 
va tormozlovchi neyronlarga bo‗linadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling