Va oliy nerv faoliyati


Markaziy nerv sistemasining sinapslarida qo‘zg‘alishning o‘tish


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Markaziy nerv sistemasining sinapslarida qo‘zg‘alishning o‘tish 
mexanizmi. Bu sinapslarning nerv oxirlaridan ishlanib chiqadigan mediator 
ularga keluvchi impuls ta`siriga bog‗liq, holatdan bo‗shab, sinaps yorig‗iga 
chiqadi. Bu yoriqning eni kichkina (200 A chamasi) bo‗lgani uchun mediator 
postsinaptik membranaga tez (taxminan 0,5 msekda) diffuziyalanib o‗tadi va uning
struktura komponentlari - muayyan oqsil-lipoid komplekslar bilan o‗zaro ta`sir 
etadi. Natijada postsinaptik membrananing natriy va kaliy ionlarini
o‗tkazuvchanligi ancha oshadi. Shu sababli postsinaptik membrana 
depolyarizatsiyalanib, qo‗zgatuvchi postsinaptik potentsial degan potentsial 
vujudga keladi. Bu potentsial kritik darajaga yetgan paytda hujayrada


161 
tarqaluvchi qo‗zg‗alish harakat potentsiali, yoki cho‗qqi potentsiali vujudga keladi 
(68-rasm). Akson boshlang‗ich segmentining membranasida depolyarizatsiya 
kritik darajada pastroq bo‗lgani uchun harakat potentsiali avvalo neyronning shu 
qismida vujudga kelib, undan hujayra tanasiga ham, akson bo‗ylab ham 
tarqaladi. Afferent impuls ta`sirida vujudga kelgan qo‗zg‗atuvchi postsinaptik 
potentsial uzoqroq davom etsa, nerv hujayrasida ketma-ket keluvchi harakat 
potentsiallarining ritmik razryadi hosil bo‗lishi mumkin (21-rasm, A). 
Markaziy nerv sistemasining ko‗p hujayralarida avtomatiya bor, ya`ni ular 
tashqi ta`sirot bo‗lmaganda ham ritmik impulslarni hosil qilaveradi. Bunday 
hujayralar ichiga mikroelektrodlar kiritib, membrana potentsialining doimo sust 
o‗zgarib turishini, ayni vaqtda harakat potentsiallarining yakka yoki ko‗p 
razryadlari ro‗y berishini aniqlasa bo‗ladi. Membrana muayyan kritik darajagachа 
depolyarizatsiyalanganda shunday razryadlar kelib chiqadi. 
Nerv impulslari qo‗zg‗atuvchi sinapslar orqali shunday avtomatik 
razryadlanuvchi hujayraga kelar ekan, membrana depolyarizatsiyasini kuchaytiradi 
va shuning oqibatida nerv impulslarining razryadlar chastotasini oshiradi. 
Markaziy nerv sistemasidagi qo‗zgatuvchi mediatorlarning tabiati hozircha 
yetarli ravshan emas. Bosh miya bilan orqa miyadagi qo‗zg‗atuvchi sinapslardan 
faqat ba`zilarining mediatori atsetilxolin ekanligi aniqlangan. Shuningdek bosh 
miya bilan orqa miya tuzilmasi kuchli qo‗zg‗alganda yuksak darajada aktiv 
birikmalardan boshqa ba`zilari - noradrenalin, serotonin, R moddasining 
ko‗payishi ham ma`lum. Bu moddalar ham mediator bo‗lsa kerak. Markaziy nerv 
sistemasida sinapslar borligi va ularda impulslarning ximiyaviy yo‗l bilan 
o‗tganligi tufayli qo‗zg‗alish o‗tkazilishining bir qancha xususiyatlari bor. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling