Va oliy nerv faoliyati


Markaziy nerv sistemasidagi sinapslar


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Markaziy nerv sistemasidagi sinapslar. Markaziy nerv sistemasining nerv 
xujayralari o‗rtasida protoplazmatik uzluksizlik bormi yoki ular struktura jihatdan 
bir-biridan ajralganmi, degan munozaralar ko‗p yillar davom etib keldi. 
Nerv hujayralarining o‗siqlari o‗rtasidagi protoplazmatik uzluksizlik faqat 
tuban umurtqasiz hayvonlar kavak ichaklilarda borligi hozir aniqlangan. Kavak 
ichaklilarning nerv sistemasi sintsitiy tipida tuzilgan. Bunday sintsitiy neyropil deb 
ataladi. Neyropil qo‗zg‗alishni diffuz (tarqoq) ravishda o‗tkazadi, qo‗zg‗alish 
bunda har tomonlama tarqalishi mumkin. Yuksak umurtqasiz hayvonlar va barcha 
umurtqalilarning markaziy nerv sistemasidagi nerv hujayralari bir-biriga faqat 
sinapslar bilan bog‗langan.Har bir neyronning aksoni boshqa nerv hujayralariga 
yaqinlashib, tarmoqlanadi va shu hujayralarning tanalarida hamda dendritlarida 
bir talay nerv oxirlarini hosil qiladi. Masalan, orqamiya oldingi shoxlarining yirik 
harakatlantiruvchi nerv hujayrasi yoki bosh miya yarim sharlari po‗stlog‗ining 
piramida hujayrasi tanasida va dendritlarida boshqa ko‗pgina neyronlarning 
o‗siqlaridan hosil bo‗lgan. Minglab nerv oxirlari - sinapslar bor (166-rasm). Bir 
nerv tolasi ko‗plab nerv hujayralarida 10 000 tagacha sinaps hosil qila oladi. 
Neyron tanasida (somasida) joylashgan sinapslarni aksosomatik sinapslar deb, 
dendritlarda joylashgan sinapslarni esa aksodendrit sinapslar deb yuritishadi. 
Markaziy nerv sistemasidagi sinapslar, periferik sinapslar kabi , asli nerv oxiri
sinaps yorig‗i va postsinaptik membranadan iborat. 
Markaziy nerv sistemasidagi nerv oxirlari tugmacha, halqacha
shaklida bo‗ladi. Elektron mikrofotografiyalarning ko‗rsatishicha (28-rasm), har
bir sinaptik tugmacha presi-naptik membrana degan membrana bilan qoplangan, 
tugmachaning ichida esа pufakchalar bor. Keng tarqalgan tasavvurlarga ko‗ra, bu 
pufakchalarda qo‗zgatuvchi yoki tormozlovchi mediator bor. Presinaptik 
membrana nerv impulsi keladigan neyronning tanasi yoki dendritlaridagi 
postsinaptik membranadan sinaps yorig‗i bilan qaralgan. 


160 
28-rasm. Neyron tanasida va dendritlarida sinapslarning joylashuvi (Xaach 
va Barrdan) 
Sinapslar effektining harakteriga qarab qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi 
sinapslarga bo‗linadi. Qo‗zg‗atuvchi sinapslar orqali qo‗zg‗alish o‗tishining 
printsipial mexanizmini quyida ko‗zdan kechiramiz, tormozlovchi sinapslarning 
ta`sir etish mexanizmini esa markaziy tormozlanish haqidagi bo‗limdа tasvir 
etamiz. 
29-rasm. Nerv hujayrasi tanasining qo‗zgatuvchi po‗st 
yuzasidan kichik bir qismi va undagi sinaptik potentsial kritik 
naptik blyashkalar (A) bir sinaptik miqdorga yetganda harakat 
blyashkaning uzunasiga kesilgani (B). Si-potentsnalining vujudga kenaptik 
pufakchalar va mitoxondriyalar. lishi (J. Ekklsdan) ko‗rsatilgan. 
30-rasm. -z -affereint ta`sirot kuchi bo‗sag‗adan past bo‗lganda 
qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsiallar; 4 - ta`sirotning bo‗sag‗a kuchida harakat 
potentsiallarinnng vujudga kelishi. Depolyazatsiyaning kritik darajasi strelka
bilan ko‗rsatilgan. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling