Va oliy nerv faoliyati


Retseptorlarning quyidagi turlari bor


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Retseptorlarning quyidagi turlari bor: 1) mexanoretseptorlar: a) tegishni 
sezadigan - taktil retseptorlar; b) cho‗zilish va bosimni sezadigan
pressoretseptorlar va baroretseptorlar; v) tovush tebranishlarini sezadigani 
fonoretseptorlar; 
g) 
tezlanishni 
sezadigani 
selleretseptorlar, 
yoki 
vestibo‗loretseptorlar; 2) xemoretseptorlar muayyan ximiyaviy birikmalarning 
kursatadigan ta`sirini sezadi; 3) Termoretseptorlar temperatura o‗zgarishini sezadi; 
4) fotoretseptorlar nur yorug‗lik ta`sirini sezadi; 5) osmoretseptorlar osmotik 
bosimining o‗zgarishini sezadi. 
Tashqi muhitdan keluvchi ta`sirotlarni sezadigan retseptorlar: tovush 
tebranishlarini, yorug‗lik ta`sirini sezadigan retseptorlar, xid bilish, tam bilish 
retseptorlari, temperatura o‗zgarishini sezadigan va taktil retseptorlar gavda sirtiga 
yaqin joylashgan bo‗lib, eksteroretseptorlar deb ataladi. Organizm ichki
muxiti, organlar xolati va faoliyatining o‗zgarishiga a‘loqador o‗zgarishlarni 
sezadigan retseptorlar interoretseptorlar deb ataladi (skelet muskullaridagi 
retseptorlar-proprioretseptorlar ham interoretseptorlarga kiradi 
Effektor neyronlar periferiyaga boradigan to‗siqlari markazdan qochuvchi 
yoki efferent tolalar orqali impulslar o‗tkazadi, bular esa turli organlar xolati va 
faoliyatini o‗zgartiradi. Effektor neyronlardan bir qismi markaziy nerv sistemasida
bosh miyada va orqa miyada bo‗lib, har bir neyrondan periferiyaga faqat bitta o‗siq 
ketadi. 
Skelet 
muskullarining 
qisqarishiga 
sabab 
bo‗ladigan 
motor 
(harakatlantiruvchi) neyronlar shunday.


151 
 
26-rasm. Nerv tolalari 
Effektor neyronlardan bir qismi esa butunlay periferiyada bo‗lib, markaziy 
nerv sistemasidan impulslar oladi va ularni organlarga o‗tkazadi. Vegetativ nerv 
sistemasining nerv gangliylarini hosil qiluvchi neyronlari shunday kontakt 
neyronlar markaziy nerv sistemasida bo‗lib, turli neyronlarni bir-biriga bog‗lash 
funktsiyasini o‗taydi. Kontakt neyronlar nerv impulslarini bir xil neyronlardan 
ikkinchi xil neyronlarga o‗tkazib beruvchi rele stantsiyalari desa bo‗ladi. 
Neyronlarning o‗zaro bog‗langanligi reflektor reaktsiyalarning yuzaga 
chiqishi uchun negiz bo‗lib xizmat qiladi. Har bir refleksda retseptor ta`sirlangach 
unda ro‗y beruvchi nerv impulslari nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasiga 
o‗tadi. Markaziy nerv sistemasida yo bevosita yoki kontakt neyronlar orqali nerv 
impulslari retseptor neyrondan effektor neyronga o‗tadi, undan esa periferiyaga 
hujayralarga boradi. Hujayralar shu impulslar ta`sirida o‗z faoliyatini o‗zgartiradi. 
Nerv tizimi organizmdagi a’zolar faoliyatini boshqaradi va ular 
faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizmni tashqi muhit 
bilan bog‘lab turadi. Nerv tizimining markaziy qismi bosh va orqa 
miyadan, periferik (chetki) qismi ulardan ketuvchi nervlardan iborat. 
Barcha nerv tizimi somatik va vegetativ (avtonom) nervlarga ajratiladi. 
Somatik nervlar organizmni tashqi muhit bilan bog‘lash va 
qo‘zg‘alishni, vegetativ nervlar moddalar almashinuvi va ichki a’zolar 
faoliyati (yurak urishi, ichakning qisqarishi, bezlar sekretsiyasi)ni 
boshqaradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling