Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Reflektor reaksiyalar.Nerv sistemasi bor hayvonlarda reaksiyalarning
maxsus tipi reflekslar rivojlangan. Sezuvchi nerv oxirlari retseptorlarning ta`sirlanishiga javoban albatta nerv sistemasining ishtiroki bilan organizmda ro‗y beradigan reaksiyalar reflekslar deb ataladi. Nerv sistemasi bir talay neyronlardan iborat. Nerv hujayrasi barcha o‗siqlari bilan birga neyron deb ataladi. Turli neyronlarning funksional ahamiyati har xil. 150 Ular klassifikatsiya qilinganda ham uchta asosiy gruppaga bo‗linadi: 1) sezuvchi, yoki retseptor neyronlar, 2) ijrochi, yoki effektor neyronlar va3) kontakt neyronlar. Sezuvchi neyronlar sezish funktsiyasini o‗taydi va tashqi olam yoki organizmning ichki xolati haqidagi axborotni markaziy nerv sistemasiga o‗tkazadi. Bu retseptorlar markaziy nerv sistemasidan tashqarida nerv tugunlari yoki gangliylarda joylashgan. Retseptor neyronlarning o‗siqlari ta`sirotni sezuvchi nerv oxirlari yoki hujayralaridan markaziy nerv sistemasiga qo‗zg‗alishni o‗tkazadi. Nerv hujayralarining periferiyadan markaziy nerv sistemasiga qo‗zg‗alish o‗tkazadigan shu o‗siqlari markazga intiluvchi, yoki afferent tolalar deb ataladi. Ta`sirotga javoban retseptorlarda nerv impulslarining ritmik urishlari vujudga keladi. Retseptorlardan utadigan axborot impulslar chastotasi va ritmida kodlangan. Turli retseptorlar strukturasi va funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladi. Ulardan bir qismi muayyan ta`sirotlarni sezishga maxsus moslashgan organlarda, masalan, ko‗zda, quloqda bo‗ladi. Ko‗ruv retseptorlari ko‗zning to‗r pardasida bo‗lib, ko‗zning optik sistemasi yorug‗lik nurlarini to‗r pardasida fokuslaydi. Quloq tovush tebranishlarini eshituv retseptorlariga o‗tkazadi. Turli retseptorlar o‗zlari uchun adekvat bo‗lgan ta`sirlovchilarni sezishga moslashgan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling