Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Oqsillar (yoki proteinlar) eng murakkab ximiyaviy birikmalar bo‗lib, 20 xil 
turli aminokislotalarning turli kombinatsiyalaridan tarkib topgan polimerlardir. 


143 
Oqsillar biosintezi nuklein kislotalarning bevosita yo‗naltiruvchi ishtirokida ro‗y 
beradi, nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini yig‗adigan 
"karkaz" vazifasini o‗tovchi qolip, andazaga o‗xshaydi. Nuklein kislotalardagi 
struktura komponentlarining genezga a‘loqador bo‗lgan har xil kombinatsiyalari 
hujayralarda oqsillar sintezini belgilab beradi; turli organizmlar va ularning har xil 
organ, tuqimalari molekulyar tuzilish jihatdan son-sanoqsiz oqsillarni hosil qiladi. 
Har 
xil turlarga mansub hayvonlarning va bir turga mansub 
individlarning, shuningdek bir individdagi turli organ va to‗qimalarning oqsillari 
farq qiladi. Shuning uchun hujayra oqsillarining tur , individ, organ va 
to‗qimalarga oid spetsifikligi xaqida so‗zlashadi. Bir turdagi xayvon qoniga 
ikkinchi turli xayvon oqsillarini yuborish organizm uchun befarq bo‗lmay, turli 
reaktsiyalar ro‗y berishi immun jismlar - antitelolar hosil bo‗lishi, analitik 
reaktsiyalar va shunga o‗xshashlar oqsillarning turga oid spetsifikligi bilan 
bog‗langan. Oqsillar tabiy holida, ya`ni maxsus ishlovdan o‗tkazilmay organizmga 
yuborilsa, ko‗pincha u og‗ir ahvolga tushib, hatto halok bo‗lishi mumkin. Shu 
sababli hayvondan odamga qon yoki uning plazmasini olib quyish mumkin emas. 
Har xil turlarga mansub hayvonlarning oqsillari biologik jihatdan o‗zaro mos 
kelmagani uchun ularning organlarini biridan ikkinchisiga olib o‗tkazish 
muvaffaqiyatsiz chiqmoqda. Getrotransplantatsiya deb ataladigan bunday 
operatsiyalarda organ ko‗chirib o‗tkazilgach yashab ketmay qisqa vaqtda nobud 
bo‗ladi. Bir turdagi turli organizmlar oqsillarining individual spetsifikligi 
unchalik yaxshi ko‗rinmaydi. Ammo bir turga mansub ikki hayvonning biridan 
ikkinchisiga organlar ko‗chirib o‗tkazishning muvaffakiyatsiz chiqishi oqsillarning 
xuddi shu individual "spetsifikligiga bog‗liq. Gomotransplantatsiya deb ataladigan 
bunday operatsiyalarda ko‗chirib o‗tkazilgan organ, ya`ni transplantat aksari surilib 
ketadi yoki halok bo‗ladi. 
Organ yoki to‗qimalarga doir spetsifiklik har xil organ va to‗qimalarning 
oqsillarida o‗z ifodasini topadi. Masalan, organizmning yuksak darajada 
differensiallangan, muayyan funksiyalarni bajarishga moslashgan hujayralarida 
xuddi shu hujayraga harakterli, spetsifik oqsillar vujudga keladi. Ixtisoslashgan 
hujayra strukturalarning tarkibiga kiradigan oqsillar shunday bo‗ladi. Masalan, 
muskul hujayralaridagi ingichka tolalar, miofibrillalarda muayyan fermentativ 
xossalarga ega bo‗lgan oqsillar- miozin va aktin bor, muskul shu oqsillarning 
o‗zgarishi tufayli qisqaradi (ular shuning uchun ham qisqartuvchi oqsillar deb 
ataladi). Qo‗shuvchi to‗qima hujayralaridagi kollagenlar deb ataluvchi oqsillar 
qo‗shuvchi to‗qima hujayralaridan vujudga keladigan tolalarning oqsil negizini 
tashkil etadi. Kollagen tolalar mayinligi, uzilmasligi va yuksak darajada elastikligi 
bilan farq qiladi. Qo‗shuvchi to‗qimа (zichlashmagan va tolali qo‗shuvchi to‗qima, 


144 
tog‗ay va suyak to‗qimasi)ning tayanch va mexanik funksiyalari kollagen 
tolalarning shu xossalariga bog‗liq. 
Organizmdagi ko‗p oqsillarning ahamiyati ularning fermentativ xossalaridan, 
turli organik birikmalarning muayyan parchalanish va sintezlanish protsesslarini 
kuchaytira 
olishidan 
kelib 
chiqadi. 
Organizm 
hujayralarida 
oqsillar 
almashinuvining harakterli belgisi shuki, ular uz-uzidan yangilanib to‗r adi, ya`ni 
hujayra oqsillari parchalanib va yangidan sintezlanib to‗r adi. 
Protoplazma va hujayra strukturalari oqsillarining sintezi hujayralar va 
hujayra ichidagi strukturalar qurilishi bilan bog‗langan plastik protsesslarga kiradi. 
Hujayralarning hayot faoliyati uchun zarur energiyani ularga yetkazib beradigan 
energetik protsesslar plastik protsesslardan farq qiladi. Hujayralar faoliyatida, 
masalan, muskul qisqarganda, ko‗pgina sintetik protsesslarda foydalaniladigan 
energiyani asosan parchalanish yo`li bilan yetkazib beradigan ba`zi moddalar 
almashinuvi energetik protsesslar orasida aloxida o‗rin tutadi. Shunday 
moddalarga kiradigan makroergik birikmalardan biri adenozintrifosfat kislota 
(ATF) hisoblanadi. ATF dan ikkita fosfat kislota qoldig‗i ajralganda birtalay 
energiya bo‗shab chiqadi (bir fosfat kislota qoldig‗i ajralganda 1 gramm-molekula 
moddaga qariyb 10 000 kaloriya ajralib chiqadi). 
Turli hujayralarda faqat shular uchun spetsifik bo‗lgan ko‗pgina ximiyaviy 
o‗zgarishlar ro‗y beradi. Masalan, ba`zi ximiyaviy birikmalar faqat muayyan 
hujayralarda yoki hujayra ichidagi strukturalarda hosil bo‗ladi. Ularning hujayrada 
hosil bo‗lishi va tashqi yoki ichki muxitga chiqishi shu hujayraning asosiy 
funktsiyasi hisoblanadi. Masalan, xlorid kislotani faqat me`da bezlarining qoplama 
hujayralari hosil qiladi va chiqaradi; tripsinogen fermenti faqat me`da osti bezining 
tashqi sekretsiya hujayralarida hosil bo‗ladi. Organizmning uglevodlar
almashinuvida muhim rol o‗ynaydigan insulin gormoni ham me`da osti 
bezining hujayralarida sintezlanadi, lekin uni tashqi sekretsiya hujayralari emas, 
balki ichki sekretsiya xujayralari - orolcha to‗qimasining beta-hujayralari 
sintezlaydi. Nerv impulsini nerv oxiridan innervatsiyalanuvchi organga 
o‗tkazadigan ximiyaviy modda atsetilxolin nerv oxirining muayyan qismida hosil 
bo‗ladi. 
Modda almashinuv protsesslari - turli birikmalarning sintezlalanishi va 
parchalanishi turli hujayralardagina emas, yuksak darajada differentsiallashgan 
hujayraning turli strukturalarida ham turlicha ro‗y beradi. Modda almashinuv 
protsesslarida hujayraning turli strukturalari qatnashuvi gistoximiyaviy

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling