Va oliy nerv faoliyati


Neyronlar ularning birlashmalari, strukturasi va funktsiyalari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Neyronlar ularning birlashmalari, strukturasi va funktsiyalari. Nerv 
sistemasining asosiy struktura elementi nerv hujayrasi yoki neyrondir. Neyronlar 
faoliyatining o‗ziga xos formasi ta`surotlarni qabul qilish, nerv impulslarini 
vujudga keltirish va ularni boshqa hujayralarga o‗tkazishdir. Neyronlarning 
strukturasi va kattaligi g‗oyat har xil. Masalan, ba`zilarining diametri atigi 4-6 mk, 
boshqa neyronlar (bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗idagi gigant piramida 
hujayralari) ning diametri 130 mk ga boradi. Neyronlarning shakli ham g‗oyat 
turli-tuman. Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i va miyacha neyronlari 
murakkabroq tuzilgan. Bu miyadagi shu bo‗limlarning murakkab funksiyalarni 
bajarishiga bog‗liq bo‗lsa kerak. 
Har bir neyronning somasi yoki tanasi bilan o‗siqlari bor. Nerv 
hujayrasining o‗siqlari akson va dendritlarga bo‗linadi. Akson uzun o‗siq bo‗lib, 
qo‗zg‗alishni nerv hujayrasining tanasidan boshqa hujayralarga yoki periferik 
organlarga o‗tkazadi. Aksonning xususiyati shuki, hujayra tanasidan atigi bitta 
uzun o‗siq chiqadi.
27-rasm. Neyronning 
sxematik 
tasviri. 


dendritlar; 2 - hujayara 
tanasi; 3 - akson tepachasi; 
4 - akson; 5 - akson 
kollaterali; 6 - mielinli 
parda; 7 - shvani pardasi; 8 

shvani 
xujayrasining 
yadrosi; 

Ranve
burilmasi; 10 - aksonning 
mielinli pardadan mahrum 
bo‘lgan oxirgi tarmoqlari. 
Ravshan ko‘rsatish uchun 
neyron 
bo‘laklarining 
o‘lchamlari 
o‘rtasidagi 
nisbatlar o‘zgartirilgan. 


158 
Nerv hujayrasining tanasidan akson chiqqan joy akson tepachasi deb
ataladi. Aksonning dastlabki 50-100 ml bo‗lagi mielin pardasiz. Aksonning 
mielinsiz shu qismi akson tepachasi bilan birgalikda boshlang‘ich segment deb 
ataladi. U yuksak darajada qo‗zg‗aluvchanligi bilan farq qiladi: bu segmentning 
ta`sirlanish bo‗sag‗asi neyronning bosh qismlariga nisbatan taxminan 3 baravar 
katta. Dindritlar tarmoqlanuvchi ko‗p o‗siqlardan iborat bo‗lib, boshqa 
neyronlardan keluvchi impulslarni qabul qiladi va qo‗zg‗alishni nerv hujayrasining 
tanasiga o‗tkazadi.
Markaziy nerv sistemasida neyronlarning tanalari bosh miya katta 
yarim sharlari, po‗stloq ostidagi tuzilmalar, miya stvoli, miyacha orqa miyaning 
kulrang moddasiga to‗plangan neyronlarning miyelin bilan qoplangan tolalari bosh 
miya bilan orqa miyaning turli bo`limlaridagi oq moddani hosil qiladi. Nerv 
xujayrasining tanasi va o‗siqlari membrana bilan qoplangan . 
Bu membrana tinchlik holatida kaliy ionlarini, qo‗zg‗alish paytida 
esa, natriy ionlarini tanlab o`tkazadi. Tinchlik holatidagi membrana potensiali 
taxminan 70 mv, harakat potentsiali esa, qariyib 110 mv. Issiq qonli hayvonlarda 
harakat potentsialining uzunligi 1-3 msek. Neyronlarning membranasi bir
qadar kritik darajagacha depolyarizatsiyalanganda ularda harakat potentsiali 
vujudga keladi. 
Neyronning ko‗proq, qo‗zg‗aluvchan qismi boshlang‗ich segmentida 
harakat potentsiali vujudga kelishi uchun membranani o‗rta hisob 10 mv
disolyarizatsiyalash kifoya; nerv hujayrasi tanasida shuncha potentsialni 
vujudga keltirish uchun esa membranani 20- depolyarizatsiyalash zarur. Nerv 
hujayralarining tanalari o‗z o‗siqlariga nisbatan trofik funksiyani o‗taydi, ya`ni
ularning moddalar almashinuvini hamda oziqlanishini ("trofikasini") boshqaradi. 
Shu sababli akson nerv hujayrasining tanasidan ajralganda (periferik nerv 
qirqib qo‗yilganda) yoki nerv hujayrasi nobud bo`lganda o‗siqlari
degeneratsiyalanadi.
Nerv hujayrasi tanasining trofik ta`sir ko‗rsatish mexanizmi hozircha 
aniqlangani yo`q, hujayra tanasida asosan yadrosida fiziologik jihatdan aktiv
modda sintezlanib, sitoplazma bo`ylab (etstnmol, neyrofibrillalar buylab)
aksonlarga va dendritlarga o‗tadida, ulardagi moddalar almashinuviga qo‗shiladi 
deb faraz qilishadi. Bu moddalar periferik aksonlar tugaydigan muskul yoki bez 
hujayralari sinapslari orqali diffuziyalanib o`tishi ham mumkin degan gap bor. 
Nerv hujayralari ishlab turishi uchun normal sharoit tug‗ilganda neyrogliya 
muhim rol o‗ynaydi. Neyrogliya hujayralari va ularning o‗siqlari neyronlarni 
hamma tomondan o‗rab turar ekan, birinchidan, mexanik tayanch funksiyasini 
o‗taydi, ikkinchidan, nerv hujayralarining bir-biridan elektr izolyatsiyasini 


159 
ta`minlaydi. Neyroniya neyronlarning moddalar almashinuvini ham boshqaradi 
deb faraz qilishadi.. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling