Va oliy nerv faoliyati
Neyronlarni tekshirish usullari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Neyronlarni tekshirish usullari. Afferent nerv tolalarini elektr toki bilan
ta`sirlash neyronlarning funksiyalarini tekshirishda eng ko‗p qo‗llaniladigan usullardan biridir. Markaziy nerv sistemasida qo‗zg‗alish bir nerv hujayrasidan ikkinchisiga tabiiy sharoitdagi kabi qo‗zg‗atuvchi sinapslar orqali o‗tadi. Qo‗zg‗alish o‗tishining ana shu yo`li ortodrom usul deb ataladi. 162 31-rasm. Afferent nervning yakka ta`sirlanishiga (A) va motoneyron-ning o‗zgarmas tok bilan bevosita ta`sirlanishiga (B va V) motoney- ronning javoblari (A. I. Shapovalovdan). Mikroelektrod bilan olish. B - ta`sirotning bo‗sag‗a kuchida berilgan javob; V -tok kuchi bo‗sag‗adan yuqori bo‗lganda berilgan javoblar. Stimulyatsiya paytlari strelkalar bilan ko‗rsatilgan. Fiziologik eksperiment sharoitida nerv hujayrasini qo‗zg‗atishning yana bir usuli ham qo‗llaniladi. Nerv hujayrasining aksoni sun`iy yo‗l bilan ta`sirlanadi. Bu usul nerv faoliyatining mexanizmlarini analiz qilishda katta rol o‗ynaydi. Aksonda vujudga keluvchi harakat potensiali ta`sirlash joyidan ikki tomonga, periferiyaga - markazdan qochuvchi tartibda, shuningdek markazga intiluvchi tartibda - hujayra tanasiga tomon tarqaladi, qo‗zg‗alish tarqalishining bunday yo`li antidrom usul deb ataladi. Ortodrom usulda tarqalish bilan antidrom usulda tarqalish o‗rtasidagi tafovut shundan iboratki, ortodrom yo‗lda neyron membranasida harakat potentsiali vujudga kelishidan ilgari qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potentsial maydonga keladi, antidrom yo‗lda esa akson bo‗ylab tarqaluvchi harakat potentsiali neyron membranasiga bevosita ta`sir etadi. Eksperiment sharoitida nerv hujayrasiga bevosita ta`sir etish yo`li bilan ham uni qo‗zg‗alish holatiga keltirsa bo‗ladi (169- rasm, B va V). Buning uchun neyronga (xujayradan tashqariga yoki xujayra ichiga mikroelektrod quyib) elektr stimuli beriladi yoki hujayraga turli moddalar bilan ta`sir etiladi. Neyronlar va sinapslarining funksiyalarini o‗rganish uchun nerv to‗qimasi g‗oyatda sezgir bo‗lgan ba`zi zaharlar va moddalar (masalan, strixnin, atsetilxolin va boshqalar) bilan ximiyaviy ta`sir etish usuli ham qo‗llaniladi. Avvalgi tadqiqotlarda markaziy nerv sistemasining tegishli bo‗limlaridan innervatsiyalanadigan periferik organlarning reaksiyalarigina neyronlarning qo‗zg‗alish ko‗rsatkichlari hisoblangan edi. Hozir neyronlar qo‗zg‗alishini qayd qilishning elektrofiziologik usullari, jumladan nerv hujayrasiga mikroelektrodlar kiritib, bioelektr potentsiallarini yozib olish usullari ko‗proq rasm bo‗ldi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling