Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Reflekslarning turlari. Reflekslar yoki reflektor aktlar juda xilma-xilligi 
bilan farq qiladi. Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli gruppalarga 
ajratish, klassifikatsiya qilish mumkin, Masalan, reflekslar organizmga biologik 
ahamiyati jiatdan ovqat, mudofaa, jinsiy, orientirovka, pozatonik va lokomotor 
reflekslarga (vaziyat va fazoda gavdani harakatlantirish reflekslariga) bo‗linadi. 
Ta`sirlanganda muayyan reflektor aktga sabab bo‗luvchi retseptorlar qayerda 
joylashganiga qarab, reflekslar: eksteroretseptiv (ya`ni gavda sirtidagi 
retseptorlarning ta`sirlanishidan kelib chiqadigan), vistsero yoki interoretseptiv 
(ichki organlar va tomirlardagi retseptorlarning ta`sirlanishidan kelib chiqadigan), 
proprioretseptiv (skelet muskullari, bug‗imlar, paylardagi retseptorlarning 
ta`sirlanishidan kelib chiqadigan) reflekslarga bo‗linadi. 
Reflekslar yuzaga chiqishi uchun miyaning qaysi bo‗limlari zarurligiga qarab 
ham klassifikatsiya qilinadi. Reflekslar shu jihatdan spinal (orqa miya 
neyronlarining 
ishtirokida 
kelib 
chiqadigan), 
bulbar 
(uzunchoq 
miya 
neyronlarining ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan), mezentsefal (o‗rta miya 
neyronlarining ishtirokida yuzaga chiqadigan), dientsefal (oraliq miya neyronlari 
ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan), kortikal (bosh miya katta yarim sharlari 
po‗stlog‗idagi neyronlar ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan) reflekslarga bo‗linadi. 
Shuni aytib o‗tish kerakki, markaziy nerv sistemasining oliy bo‗limlaridagi 
neyronlar ishtirokida yuzaga chiquvchi reflektor aktlarda quyi bo‗limlar - oraliq 
miya, o‗rta miya, uzunchoq miya va orqa miyadagi neyronlar muttasil ishtirok 
etadi. Ikkinchidan, orqa miya yoki uzunchoq miya, o‗rta miya yoki oraliq miya 
yuzaga chiqaradigan reflekslarda nerv impulslari markaziy nerv sistemasining oliy 
bo‗limlariga yetib boradi. Shunday qilib, reflektor aktlarning xozirgina keltirilgan 
klassifikatsiyasi bir qadar shartlidir. 
Reflekslar ularda qaysi organlarning ishtirok etishiga, javob reaksiyasining 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling