Va oliy nerv faoliyati


Reflektor reaktsiyalarning taraqqiy etishi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Reflektor reaktsiyalarning taraqqiy etishi. Sut emizuvchi hayvonlarda 
reflektor reaktsiyalar ona qornidagi taraqqiyot davrida kelib chiqadi. Sut 
emizuvchilar embrionining reflektor faoliyati embrion bachadondan operatsiya 
yo‗li bilan olingach tekshiriladi; 
Odam, embrionida dastlabki reflektor reaksiyalar ona qornidagi hayot 3-
oyining ikkinchi yarmidа aniqlanadi. Avvalo bosh refleksogen zonalarining, 
so‗ngra qo‗l va tana refleksogen zonalarining, eng keyin oyoq refleksogen
zonalarining ta`sirlanishiga javoban reflektor harakatlar ro‗y beradi. Sut 
emizuvchilar embrionining dastlabki reflektor harakatlari gavda bir qismining 
yakkalangan kalta harakatlaridan iborat bo‗ladi (A. A. Voloxov). Oyoq kafti 


171 
refleksi, tizza refleksi va qo‗l barmoqlari bilan changallashdan iborat reflektor 
harakat odam homilasida juda barvaqt aniqlanadi. Dastlabki reflektor harakatlar 
paydo bo‗lgach bir necha kundan keyinoq, lokal, cheklangan harakterini 
yuqotadi. Badanning ma`lum bir qismi ta`sirlanganda qo‗zg‗alish butun gavda 
muskullariga yoyiladi. Ona qornidagi hayotning 3-6-oyida bachadondan olingan 
odam embrionlarining reflektor harakatlarini tekshirgan M. A. Minkovskiyning 
kuzatishicha, homilaning oyoq panjasi salgina bosilganda shu oyoqning o‗zigina 
emas, qarama-qarshi oyoq ham bukilgan, shuningdek qo‗l, tana va bosh muskullari
qisqargan. Bu yoshdagi embrion gavdasining har qanday qismi refleksogen zona 
bo‗lib, gavdaning kattagina qismini va hatto hammasini harakatga keltira oladi. 
Shunday qilib, embrional taraqqiyotning bu davrida markaziy nerv sistemasida
qo‗zg‗alish keng tarqaladi (irradiatsiya), shuning natijasida markaziy nerv 
sistemasining hammasi har qanday ta`surotga javoban reaktsiyalarni yuzaga 
chiqarishda ishtirok etadi. 
Embrional taraqqiyotning keyingi davrida qo‗zg‗alish irradiatsiyasi sekin 
asta kamayadi. Reaktsiyalar ko‗proq cheklangan va ixtisoslashgan bo‗lib qoladi. 
Homila gavdasidan biron qismining ta`sirlanishiga javoban gavdaning asosan shu 
ta`sirlanuvchi qismi harakatga keladi. Lekin ona qornidagi taraqqiyot tamom 
bo‗lgandan keyin ham yangi tug‗ilgan bolada markaziy nerv sistemasidagi 
qo‗zg‗alish irradiatsiyasi katta yoshli kishilardagiga nisbatan kattaroq bo‗ladi, shu 
sababli reaksiyalar ko‗proq, umumlashgan va tarqalgan bo‗lib chiqadi. Bolaning 
bir oyoq terisi ta`sirlanishiga javoban ko‗pincha shu oyoqning uzigina emas
qarama-qarshi oyoq ham harakatlanadi, shuningdek ba`zan qo‗l va bosh harakatga 
keladi. Ixtisoslashgan lakal reflekslarning rivojlanish protsessda dastlab tonik 
harakatlar, so‗ngra ritmik harakatlar paydo bo‗lishi qayd qilinadi. 
Cheklangan va lokal harakat reaktsiyalarnning vujudga kelishi, hamda nerv 
impulsi irradiatsiyasining kamayishi ontogenez davomida markaziy nerv 
sistemasidagi yo‗llarining mielinlanishi, ya`ni o‗q silindrlar tevaragida mielin 
pardalari yosh bo‗lishi bilan bir vaqtga to‗g‗ri keladi. Mielinlanish nerv sistemasi 
anatomik taraqqiyotining tugallovchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqich odamda 
ona qornidagi homilaning 4-oyida boshlanib, tug‗ilgandan keyin 2-yoshda tugaydi. 
Nerv impulslari irradiatsiyasining kamayishiga, lokal va ixtisoslashgan 
reflekslarning taraqqiy etishiga eng muhim sabab shuki, reflektor faoliyat 
koordinatsiyasi uchun zarur tormozlanish protses sekin-asta takomillashib boradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling