Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Nazorat savollari.
1.Neyron nima va u qanday tuzilishga ega ?. 2. Sinapslar va mediatorlar qayrda joylashgan va u nima vazifani bajaradi ?. 3.Sinapslarda quzg‗alishning o‗tish mehanizmini qaysi usullar orqali aniqlash mumkin?. 4.Neyronlarni tekshirishning qanday usullari bor ?. 5.Neyronlar qanday turlarga bo‗linadi ?. NERV SISTEMASINING REFLEKTOR FAOLIYATI. SHARTLI VA SHARTSIZ REFLEKSLAR. NERV MARKAZLARINING XOSSALARI. NERV TOLASIDAGI IMPUL’SLAR. Refleks tushunchasi. Bu tushunchani X1X-asrning oxirlarida fransuz olimi Reni Dekart fanga kiritgan.Markaziy nerv sistemasi faoliyatining asosiy va o‗ziga xos belgisi reflektor aktlarni yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I. P Pavlov bu xaqda quyidagilarni yozgan edi: "Murakkab organizm xayotida refleks eng muhim va eng ko‗p uchraydigan nerv hodisasidir.‖ Organizm qismlarining doimiy, turli va aniq, o‗zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror topadi. Refleks tashqi yoki ichki muhit o‗zgarganda reseptorlarning ta`sirlanishiga javoban organizmning markaziy nerv sistemasi yordamida ko‗rsatadigan qonuniy reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi yoki to‗xtashida, muskullarning qisqarishi yoki bo‗shashuvida, bezlаr sekretsiyasida yoki sekretsiyaning to‗xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shungа o‗xshashlarda namoyon bo‗ladi. Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi muhitning yoki o‗z ichki holatining turli o‗zgarishlariga tez reaksiya ko‗rsata oladi va shu o‗zgarishlarga tez moslasha oladi. Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman yo‗qolganda ham (nerv sistemasining ayrim bo‗laklari operatsiyada olib tashlanganda yoki kasallanganda) ko‗pincha chuqur nogironlik ro‗y berib, doimo sinchiklab parvarish qilinmagan taqdirda zarur xayotiy funktsiyalarni yuzaga chiqarib bo‗lmaydi. Markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati I. M. Sechenov va I. P. Pavlovning klassik asarlarida to‗liq ochib berilgan. I. M. Sechenov 1862- 165 yildayoq "Bosh miya reflekslari"degan shoх asarida: "Ongli va ongsiz hayotning hamma aktlari kelib chiqish usuli jixatidan reflekslardir" degan edi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling