Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Ta`sir etish. Tashqi muhitning yoki organizm ichki xolatining har qanday
o‗zgarishi yetarlicha katta bo‗lsa, yetarlicha tez ro‗y bergan bo‗lsa va yetarlicha 146 uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki butun organizmning ta`sirlovchisi bo‗la oladi. Hujayra va to‗qimalarning son-sanoqsiz darajada turli-tuman ta`sirlovchilarini fizikaviy, fizik-ximiyaviy va ximyaviy ta`sirlovchilar deb uch gruppaga ajratish mumkin. Fizikaviy ta`sirlovchilarga temperatura, mexanik (urish, igna sanchish, bosim, fazoda siljish, tezlanish va boshqalar), elektr, yorug‗lik tovush kabi ta`sirlar kiradi. Osmotik bosim, muhitning aktiv reaksiyasi, kolloidal holat elektrolitlar tarkibining o‗zgarishi fizik-ximiyaviy ta`sirlovchilar hisoblanadi. Tarkibi va xossalari har xil bo‗lib, hujayralar strukturasini va ulardagi modda almashinuvini o‗zgartiradigan ko‗pgina moddalar ximiyaviy ta`sirlovchilarga kiradi. Tashqi muhitdan kiradigan oziq moddalar, dorilar, zaharlar, shuningdek organizmda vujudga keladigan ko‗pgina ximiyaviy birikmalar, masalan, gormonlar, modda almashinuv mahsulotlari fiziologik reaksiyalarga sabab bo‗la oladigan ximiyaviy ta`sirlovchilar hisoblanadi. Hujayralarga ta`sir etib, ularning faoliyatiga sabab bo‗ladigan, hayotiy protsesslarda alohida muhim rol o‗ynaydigan ta`sirlovchilar nerv impulslaridir. Ular hujayralarning tabiiy (ya`ni organizmning o‗zida vujudga keladigan), elektr va ximiyaviy ta`sirlovchilaridir. Nerv impulslari nerv oxirlaridan nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasiga borib yoki undan periferik organlarga - muskullarga, bezlarga kelib, ularning holatini yoki faoliyatini o‗zgartiradi. Barcha ta`sirlovchilar fiziologik ahamiyati jihatidan adekvat va noadekvat ta`sirlovchilargа bo‗linadi. Biologik struktura hujayra yoki organ qaysi ta`sirlovchilarni sezishga maxsus moslashgan va ularga nisbatan g‗oyat sezuvchan bo‗lsa, tabiiy sharoitda shu biologik strukturaga ta`sir etadigan ta`sirlovchilar adekvat ta`sirlovchilar deb ataladi. Ko‗z to‗r pardasining tayoqcha va kolbachalariga - quyosh spektrining ko‗rinadigan qismidagi nurlar, terining taktil sezgilariga bosim, tilning tam bilish so‗rgichlariga, har xil ximiyaviy moddalar; skelet muskullariga - harakatlantiruvchi nervlar orqali keladigan nerv impulslari adekvat ta`sirlovchi hisoblanadi. Shu hujayra yoki organ qaysi ta`sirlovchilarni sezishga maxsus moslashmagan bo‗lsa, o‗sha ta`sirlovchilar noadekvat ta`sirlovchilar deb ataladi. Masalan, muskul adekvat ta`sirlovchi (.harakatlantiruvchi nerv orqali keladigan impulslar) ta`siridagina emas, tabiiy sharoitda unga ta`sir etmaydigan ta`sirlovchilar ta`sirida ham qisqaradi: kislota yoki ishqor, elektr toki, birdaniga cho‗zilish, mexanik zarb, tez isitish va shunga o‗xshashlar ta`sirida muskul qisqaradi. Xujayralar noadekvat ta`sirlovchilardan ko‗ra adekvat ta`sirlovchilarga ko‗proq sezgir bo‗ladi. Bu esa evolyutsiya protsessida kelib chiqqan funksional moslanish ifodasidir. Hujayra, to‗qima, organlar faoliyatini o‗rganish uchun, 147 jumladan nerv hujayralari va butun nerv sistemasining funktsiyasini tekshirish uchun fiziologik tajribada turli ta`sirlovchilar ko‗p qo‗llaniladi. Elektr bilan ta`sir etish shu maqsadlar uchun qulayroq. Shu jihatdan qulayki, elektr toki tirik to‗qimaga aytarlik ziyon yetkazmaydigan kuch bilan ta`sir etadi. Elektr tokining ta`siri -tez boshlanadi va tez to‗xtaydi; uni osongina ulash va uzish mumkin; ximiyaviy moddalar va temperatura esa uzoqroq ta`sir etadi. Bundan tashqari,elektr tokini uning kuchi, ta`sir etish vaqti va ritmi jihatdan dozalash oson. Fiziologik tajribalarda tekshiriladigan to‗qima (muskul yoki bez)ga yo bevosita yoki shu organni innervatsiyalovchi nerv tolalariga (bevosita) ta`sir etish usuli qo‗llaniladi. Nerv tolalariga ta`sir etilganda ularning uzin innervatsiyalangan organga qanday ta`sir ko‗rsatishini aniqlasa bo‗ladi. Nerv sistemasining reaktsiyalarini o‗rganish uchun nerv oxirlari - retseptorlarga (yoki markaziy nerv sistemasiga boradigan nerv tolalariga) ta`sir etiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling