Va oliy nerv faoliyati
metodlar va izotop indikatorlar metodikasi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik reaksiyalar.
metodlar va izotop indikatorlar metodikasi yordamida aniqlandi.
Uglevodlarning sitoplazmada parchalanishi (glikoliz), oksidlanish protsesslaridan bo‗lmish fosforillanish protsessi mitoxondriyalarda ro‗y berishi, oqsil sintezining 145 ilk stadiyalari sitoplazmada, keyingi stadiyalari esa mikrosomalarda sodir bo‗lishi bilindi. Turli fermentlar hujayraning shunga yarasha turli qismlariga taqsimlanadi. Organizmning boshqa hamma fiziologik funktsiyalari kabi, xujayralarda uzluksiz ro‗y beradigan modda almashinuv protsesslari ham doimiy va o‗zgarmas xodisa emas. Ular ham dinamik o‗zgaruvchan bo‗ladi. Tashqi muhit ta`sir etganda yoki organizmning ichki muhiti o‗zgarganda modda almashinuvi kuchayishi yoki susayishi, sifat jihatdan ham o‗zgarishi mumkin, hujayralar ishlab turganda hamisha shunday bo‗ladi, shu bilan birga tinchlikdagi modda va energiya almashinuvi (organizmdagi har qanday tinchlik nisbiy, chunki xayotiy protsesslar modda va energiya sarfi bilan ta`riflanadi) ish vaqtidagi almashinuvga o‗tadi; hujayra qancha ko‗p faoliyat ko‗rsatayotgan bo‗lsa, ish vaqtidagi almashinuv o‗shancha intensiv (shiddatli) bo‗ladi. Biologik reaksiyalar.Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta`sirlanuvchan bo‗ladi, ya`ni tashqi muhit ta`sir etganda yoki xolati buzilganda o‗z strukturasini o‗zgartish, aktiv faoliyat ko‗rsatish, bu faoliyatni kuchaytirish yoki susaytirish' bilan javob beradi, bu esa modda va energiya almashinuvining sifat hamda miqdor o‗zgarishlariga chambarchas bog‗liq. Turli ta`sirlarga javoban organizm hujayralari strukturasining o‗zgarishi biologik reaksiyalar, ularni vujudga keltiradigan, yuzaga chiqaradigan ta`sirlarni esa ta`sirlovchilar (ta`sirlar yoki stimullar) deb yuritishadi. Biologik reaktsiya tushunchasi g‗oyat keng bo‗lib, turli ta`sirlarga javoban organizm, organlari va hujayralari ko‗rsatadigan faoliyatning hamma turlarini o‗z ichiga oladi. Hujayralar reaksiyasi shakli, strukturasi, o‗sish va bo‗linish protsessining o‗zgarishida, ularda turli ximiyaviy birikmalar hosil bo‗lishida, potentsial energiyaning kinetik energiyaga (elektr, mexanik issiq, yorug‗lik energiyasiga) aylanishida, biron ish bajarilishida (fazoda ko‗chish, muayyan moddalarni chiqarish, hujayrada muayyan moddalarni konasentratlash soxasidagi osmotik ishda) namoyon bo‗ladi. Butun organizmning reaktsiyalari, ayniqsa xulq-atvori (yurish-turishi) ning barcha murakkab aktlari g‗oyat turli-tuman.. Ular yuzaga chiqayotganda ko‗p organlar va son-sanoqsiz hujayralar faoliyati o‗zgaradi, chunki organizm hamisha turli ta`sirlarga butun, yagona murakkab sistema sifatida reaktsiya ko‗rsatadi. Modomiki shunday ekan, organizm reaksiyalari garchi hujayralar faoliyati tufayli ro‗y bersa ham, bu reaksiyalarni ayrim hujayralarning reaksiyalaridan iborat qilib qo‗yish yaramaydi. Sistemaning qonuniyatlarini shu sistemadagi ayrim elementlarning qonuniyatlaridan iborat deb bilish mumkin emas. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling