Va oliy nerv faoliyati
Oqsillar, nuklein kislotalar va modda almashinuvidagi ba`zi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Oqsillar, nuklein kislotalar va modda almashinuvidagi ba`zi
jarayonlarning fiziologik ahamiyati. Bir organizmning va har xil turga mansub hayvonlarning turli organ, to‗qima, hujayralarida ro‗y beradigan ximiyaviy o‗zgarishlar bir xil emas, ularning fiziologik ahamiyat ham turlicha. Hujayra va butun organizmning hayot faoliyatida rol o‗ynaydigan muayyan ximiyaviy birikmalarning hosil bo‗lishi sintetik protsesslar tirik organizmlar har xil turlarining turli to‗qima, organ, hujayralariga hammasi uchun umumiy va faqat ba`zilari uchun uziga xos protsesslar hisoblanadi. Turlar evolyutsiyasi va organizmlarning individual rivojlanishi morfologik o‗zgarishlardagina emas, funksiyalarning filogenezi bilan ontogenezi zaminidagi bioximiyaviy o‗zgarishlarda ham namoyon bo‗ladi (bioximiyaviy evolyutsiya). Forma hosil bo‘lish protsesslari, ya`ni organizmning o‗sishi va rivojlanishi, hujayralarining differentsiallanishi modda almashinuv protsesslarining muayyan yo‗nalganligi bilan ta`riflanadi. Hujayralar yadrosi bilan protoplazmasining mikrostrukturalarida, organellalarida ro‗y beradigan molekulyar va intramolekulyar fizik-ximiyaviy protsesslardagi tafovutlar ularning hayot faoliyat xususiyatlariga, funktsiyalariga chambarchas bog‗liq. Hujayralar haqida ulardagi 142 modda almashinuvida oqsillar bilan nuklein kislotalarning biologik ahamiyati kattaroq, hayotning boshqa hamma belgilari shu moddalarga bog‗liq. So‗nggi yillarda hujayralar yadrosi bilan protoplazmasi tarkibidagi nuklein kislotalarni o‗rganish katta ilmiy kashfiyotlarga olib keldi, organizm oqsillarining sintezlanishida va irsiy xossalarning o‗tishida nuklein kislotalarning qanday ahamiyat borligi aniqlandi,Hujayra yadrosining nuklein kislotasi - dezoksiribonuklein kislota DNK) va protoplazmaning nuklein kislotasi - ribonuklein kislota (RNK) hujayraning eng murakkab makromolekulalaridir. Bular birtalay mononukleotidlardan iborat bo‗lib, polimerlar - polinukleotedlar hisoblanadi. DNK molekulasida kamida 10 000 manonukleotid bor. Mononukleotid molekulasining negizi fosfot kislota bilan besh uglerodli qand (DNK molekulasida dezoksiriboza va RNK molekulasida riboza)ning navbatlanuvchi qoldiqlaridan tuzilgan. Uglevod qoldiqlariga yon zanjirlarni hosil qiluvchi azotli asoslar: adenin, guanin, sitozin va timin (DNK molekulasida) yoki adenin, sitozin va uratsil (RNK molekulasida) birikkan. Mononukleotidda shu to‗rtta asosning har xil kombinatsiyalaridan polinukleotidlarning juda turli-tuman strukturalari vujudga keladi. Krik bilan Uotsonning rentgenostruktura tadqiqotlari (rentgen nurlarining diffraktsiyasini tekshirish) shuni ko‗rsatdiki, DNK molekulalari bir-biriga chirmashadigan va shu tariqa qo‗shaloq spiral hosil qiladigan ikkita uzunchoq zanjirdan iborat. DNK strukturasi tirik organizmlarning har bir turi uchun spetsifik bo‗ladi.U DNK molekulasining tuzilishi RNK strukturasini belgilab beradi, bu birikmaning strukturasi esa hujayralar protoplazmasida sintezlanadigan oqsil molekulalarining tuzilishini, ya`ni oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalarning joylashuv tartibini belgilab beradi. DNK ning rolini imorat loyixasini tuzib beradigan arxitektorning roliga, RNK ning rolini esa ayrim g‗ishtlardan imorat qouruvchi binokor injenerning ishiga tenglashtirishadi. Ko‗pchilik biologlar DNK ga genetik axborot egasi, ya`ni o‗z strukturasi bilan organizmning irsiy xossalarini belgilab beradigan modda deb qarashadi. Irsiy xossalar DNK molekulasidagi asoslarning joylashuv tartibida kodlangan; rivojlanayotgan embrion organlarining hujayralarida oqsillar va fermentlar sintezining irsiyatda mustahkamlanib qolgan xususiyatlari DNK molekulasidagi asoslarning joylashuv tartibiga bog‗liq. Bu tadqiqotlar K. A. Timiryazev va boshqa taniqli biologlar orzu qilganidek "organik formalarni yashash" mumkin bo‗ladigan zamonni yaqinlashtirmoqda. Xozirning o‗zidayoq bakteriyalarning bir shtamidan ikkinchisiga DNK ko‗chirib, bir shtamni ikkinchisiga, ya`ni bir turni ikkinchi turgа aylantirish mumkin bo‗lib qoldi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling