Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organizm va tashqi muhit.
Fiziolog har qanday tirik ob`ekt - ayrim hujayra yoki yuksak darajadagi
murakkab organizmni o‗rganar ekan, fizikaviy, ximiyaviy va morfologik tekshirishlarda olingan ma`lumotlarni sintezlashi lozim, chunki organizm mexanika, fizika va ximiyani o‗zida, bir butun qilib birlashtiruvchi oliy birlikdir" (F. Engel's). Organizm va tashqi muhit. Har qanday organizm xox bir hujayrali bo‗lsin, xox ko‗p hujayrali bo‗lsin yashash uchun muayyan sharoitga muxtoj. Muayyan turdagi organizm o‗zining evolyutsion rivojlanish yo`lida qaysi hayot muhitiga moslashgan bo‗lsa, o‗sha muhit hayot sharoitini muxayyo qilib beradi. Organizm moddiy va energetik sarflarini to‗ldiradigan ovqat olishi uchun tashqi muhit imkoniyat bergandagina va organizm o‗zi uchun zarur suvli yoki xavoli muhitda yashab, ma`lum temperatura, barometrik bosim, yorug‗lik intensivligi va spektri va shu kabilar mavjud bo‗lgandagina uning funksiyalari normal ravishda ro‗yobga chiqishi mumkin. Turli organizmlarning sanab o‗tilgan tashqi muxit faktorlariga moslashish normalari va muhit bilan o‗zaro munosabatlari g‗oyat turlichadir. Masalan, hayvon organizmlari organik oziq, moddalarga muxtoj bo‗ladi va anorganik moddalardan murakkab organik birikmalarni sintezlay olmaydi. Yashil o‗simliklar esa, aksincha, eng muhim biologik protsess - fotosintez davomida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlay oladi. Hayvon va o‗simlik organizmlarining tashqi muhitga munosabatidagi shu tafovut borligidan, tirik tabiatda moddalar aylanib turadi. O‗simlik organizmlari ildizlari orqali tuproqdan anorganik azotli birikmalar (ammiakli selitra) ni olib, azotli oqsil moddalarni sintezlaydi. hayvon organizmlari esa anorganik azotli birikmalardan" oqsil"larni sintezlay olmaydi. Hayvon hujayralarida oqsillar faqat ovqat bilan olinadigan amminokislotalardan yaratiladi. Hayot faoliyati protsessida, dezaminlanish va dekarboksillanish natijasida aminokislotalar mudom parchalanib, oddiyroq azotli birikmalar (ammiak mochevina va b.) hosil bo‗lib turadi. O‗simliklar va ba`zi mikroorganizmlar oqsil birikmalarni sintezlash uchun o‗sha oddiyroq azotli birikmalardan foydalanadi. Ko‗pchilik xayvonlarning hujayralari aeroblardir, ya`ni ular oziq moddalarning suv va karbonat angidridgacha oksidlanishi uchun zarur bo‗lgan molekulyar kislorodga muxtoj bo‗ladi, bu gaz organizmga tashqi muhitdan kirib turadi. Ba`zi organizmlar anaeroblardir; ular erkin kislorodga muhtoj bo‗lmaydi; bu gazdan foydalanmaydi, erkin kislorod ularga xatto zarar qiladi. Ular hayot faoliyati uchun zarur energiyani oziq moddalarni anaerob (kislorodsiz) sharoitda parchalash yo`li bilan oladi. 136 Turli organizmlarning temperatura, barometrik bosim, havo namligi va suvli muhitdagi makrolitlar miqdoriga munosabati turlicha. Masalan, organizmlarning shu guruhdagilari faqat daryo va ko‗llarning chuchuk suvida yashay oladi (chuchuk suvdagi tuz miqdori 0.1% dan oshmaydi), boshqa organizmlar esa faqat dengiz suvida yashaydi dengiz suvining tarkibida 3% ga yaqin elektrolit bor). Tashqi muxitning har xil o‗zgarishlari: oziq moddalarning miqdori va tarkibi, xavo tarkibi - kislorod va karbonat angidrid, suvdagi elektrolitlar tarkibi va kontsentratsiyasi, temperatura va barometrik bosim, yorug‗likning spektri va intensivligining o‗zgarishi, shuningdek muhitda zaharli moddalar borligi radioaktiv nurlanish va shu kabilar fiziologik funksiyalarga kuchli ta`sir kursatadi. Bu faktorlarning ba`zilari fiziologik protsesslarga xush kelsa, boshqalari bu protsesslarni susaytiradi va organizmni xalokatga olib keladi. Organizmning hayot faoliyati tashqi muhitning ma`lum sharoitidagina normal borishi mumkin. Bu sharoit o‗zgarishining yo‗l quyish mumkin bo‗lgan chegarasi uncha katta emas, ya`ni sharoit bir qadar doimiy bo‗lishi shart. Shu bilan birga, yuksak hayvonlar toqat qila oladigan tashqi muhit sharoitining o‗zgarish chegarasi undagi aksariyat xujayralarning normal ishlashi uchun zarur chegaradan ancha kengligini nazarda tutish lozim. Bunga sabab shuki, organizm hujayralari tashqi muhitga nisbatan ozroq o‗zgarib turadigan ichki muhitda yashaydi. Ichki muhit - qon, limfa va organizm hujayralarini yuvib turadigan to‗qima suyuqligidir. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling