Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Organlar turli to‗qimalarning struktura va funksiya jihatdan o‗ziga xos 
birlashuvi bilan ta`riflanuvchi anatomik tuzilmadir, ular butun organizmning 
yashashi uchun zarur faoliyatning murakkab turlarini bajarishga ixtisoslashgan 
ishchi apparatlardan iborat. Masalan, yurak qonni venalardan arteriyalarga 
xaydovchi nasos vazifasini o‗taydi, buyraklar modda almashinuvining oxirgi 
mahsulotlarini organizmdan chiqarib tashlash va qondagi elektrolitlar 
kontsentratsiyasini doim bir xilda saqlash funktsiyalarini,suyak ko‗migi esa qon 
yaratish vazifasini bajaradi. 
Organizmda struktura va funktsiya jihatidan turlicha organlar mavjudligi 
organizm tashkilotining organ darajasi xaqida gapirishga imkon beradi. 
Faoliyatning biror murakkab aktini bajarishda qatnashuvchi organlar yig‗indisidan 
anatomik yoki funktsional birlashma - organlar sistemasi vujudga keladi. 
Gavdaning barcha organlari faoliyatini boshqaruvchi nerv va endokrin sistemalar, 
lokomotsiya (fazoda siljish), nafas, qon aylanish, ovqat xazm qilish, chiqaruv, 
ko‗payish organlarining sistemalari shular jumlasidandir. Organizmdagi boshqa 
hamma sistemalarning xolatini va faoliyatini birlashtirib, boshqarib turadigan va 
uning tashqi muhitda yurish-turishini belgilab beradigan nerv sistemasi aloxida rol
o‗ynaydi. Yaxlit organizm faoliyatining biror turini bajarishga ixtisoslashgan 
organlar sistemasining mavjudligi tashkilotning sistema darajasini belgilab beradi. 
Tirik organizmlar tashkilotining sanab o‗tilgan har bir darajasi faqat shu 
darajaga xos bo‗lgan va boshqa darajalarni o‗rganish orqali tushunib bo‗lmaydigan 
fiziologiya qonuniyatlar bilan ta`riflanadi. Tirik organizm tashkilotining turli 
darajalari - molekula, hujayra, to‗qima, organ, sistema darajalarini o‗rganish va 
shunda tadqiqotchilar oladigan barcha ma`lumotlarni sintezlash zarurki, buni 
uqtirib o‗tmoq kerak. Sababi shuki, murakkab tuzilgan (murakkab tashkilotga 
ega bo‗lgan) tirik organizm - bir butun yaxlit mavjudotdir, unda barcha 
strukturalar, xujayralar, tuqimalar, organlar va ularning sistemalari bir-biriga 
uyg‗un bo‗lib, butun, yaxlit organizmga buysungan. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling