Va oliy nerv faoliyati
partalarga o‗tqazish tavsiya etiladi va bunday bolalar bilan baland tovushlarda
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
partalarga o‗tqazish tavsiya etiladi va bunday bolalar bilan baland tovushlarda gaplashishga to‗g‗ri keladi. Quloq og‗riganda shifokor maslahatisiz o‗z bilganicha davolanish aslo mumkin emas. 127 TERI FIZIOLOGIYASI .Teri organizm uchun katta ahamiyatga yega bo‗lgan analizator -dir. Terida xilma-xil ta‘sirotlarni qabul qiluvchi reseptorlar bor. Bular haroratni (issiqlik va sovuqlikni) sezuvchi, siypalash (tegish) va bosimni sezuvchi taktil (reseptorlar) va og‗riqni sezuvchi reseptorlardir. Bu reseptorlar terining yuzasida alohida-alohida nuqtalar ko‗rinishida joylashgan. Reseptorlarning joylanish zichligi terining turli qismida bir xil emas. 20-Rasm. Tashqi muhit harorati ta‘sirida qon tomirlarning o‗zgarishi . Jumladan, terining tashqi muhitdagi narsalarga ko‗proq tegadigan qismida (bosh, oyoqlarda) reseptorlar ancha zich, kamroq tegadigan qismida (orqa, chov sohalarida) siyrakroq joylashgandir. 21-Rasm. Terining tuksiz (A) va tukli (B) qismlaridagi mexanoreseptorlarning tuzilishi. 1-melanosit; 2-germentativ qavat; 3- yepidermisning shox qavati; 4-yepidermis; 5-yerkin asab uchlari; 6-asl terining so‗rg‗ichlari; 7-ter bezlari; 8-Pachini tanachasi; 9-Merkel disklari (Ruffini oxirlari); 10-Meysner tanachasi; 11- soch xaltachasining uchi. 128 22-Rasm. Teri reseptorlari. A - nervlarning yalong‗och uchlari; B - Merkel tanachalari; C - Meysner tanachalari; D - soch piyozchasining atrofidagi nerv tolachalarining chigali; Ye - Krauze kolbachalari; F - Fater - Pachini tanachalari. TA‘M VA HID BILISH FIZIOLOGIYASI. Iste‘mol qilinayotgan oziq va ovqat mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalarning xarakteri, ta‘m bilish analizatorlari yordamida aniqlanadi. Ta‘m bilish analizatordari tufayli odam og‗izga tushadigan moddalarni yeb bo‗lmaydigan moddalardan ajratadi. Ta‘m bilish analizatordari hid bilish analizatordari bilan birga ularning tevarak-atrofdagi muhitga moslanishiga yordam beradi. Ta‘m bilish analizatorlarining periferik qismi og‗iz bo‗shlig‗ida (til so‗rg‗ichlarida, halqumning orqa devorida, hiqildoq usti tog‗ayda) joylashgan. 23-Rasm. Til va unda joylashgan ta‘m bilish reseptorlarining ko‗rinishi I-ta‘m bilish so‗rg‗ichi; II-ta‘m bilish reseptorlari, III-tildagi ta‘m bilish reseptorlarining joylashuvi; 1-shirin; 2-sho‗r; 3-nordon; 4-achchiq. Ta‘m bilish reseptorlari til so‗rg‗ichlarida ayniqsa ko‗p bo‗ladi. Tilda to‗rt xil: ipsimon, zamburug‗simon, bargsimon va novsimon surg‗ichlar bor, ta‘m bilish piyozchalari (sugonlari) shularning ichida joylashgan. Ta‘m bilish piyozchalari tayanch hujayralari orasida joylashgan bo‗lib, silliq parda yuzasiga yetmasdan, kichik chuqurcha - ta‘m bilish chuqurchasi bilan undan ajratib turadi. Ta‘m bilish 129 piyozchalarining ichida urchuqqa o‗xshash juda mayda sezuvchi mikrosurg‗ichlar– shfitcha hujayralar joylashgan. Bularning ikkita o‗sig‗i bor. 24-rasm. Til so‗rg‗ichlari. A-bargsimon; B-zamburug‗simon; C va D - ipsimon surg‗ichlar; 1 - ta‘m bilish piyozchalari; 2 - suyuqlik ajratuvchi bezchalar. Bir o‗siqchasi ta‘m bilish piyozchasi bo‗ylab yuqoriga yo‗naladi va piyozcha ustidagi ta‘m bilish chuqurchasidan bo‗rtib chiqib turadi. Ikkinchi o‗siqchasi piyozchadan pastga yo‗nalib, ta‘m sezuvchi nervning tolalari bilan tutashadi. Ta‘m bilish hujayralarining o‗siqlariga tolalar beradigan ta‘m sezuvchi nerv markaziy asab tizimining tegishli qismlariga boradi, u yerdan belgili neyronlar bosh miya yarim sharlarining po‗stlog‗iga yo‗naladi. Og‗izga oziq massasisi olinganda, unda erigan moddalar ta‘m bilish hujayralarining sezuvchi uchlarini qo‗zg‗atadi. Qo‗zg‗alish markaziy asab tizimiga boradi, miya po‗stlog‗ida tahlil va umum-lashtirish jarayonlari (analiz va sintez) qilingandan keyin og‗izga olingan moddaning ta‘mi seziladi. To‗rt xil ta‘m sezgilari farq qilinadi: taxir (achchiq), shirin, nordon va sho‗r. 25-Rasm. Tildagi ta‘m bilish mintaqalari. 1-shirin; 2-achchiq; 3-nordon; 4-sho‗r. Tildagi so‗rg‗ichlarning aksariyat qismi ma‘lum ta‘mni sezishga ixtisoslashgan. Boshqacha aytganda, tilning ayrim so‗rg‗ichlari ta‘sirlanganda shirin, boshqalari ta‘sirlanganda sho‗r yoki achchiq yoxud nordon ta‘mlar seziladi. Ammo ta‘sirlanganida ikki - uch xil ta‘mni sezadigan hujayralar ham bor. Tilning turli qismi ma‘lum bir ta‘mni ko‗proq sezadi, chunonchi, uchi shirinlikni, tubi achchiqni, o‗rta va yon qismi nordonni ko‗proq sezadi. Yangi tug‗ilgan bola hayotining birinchi soati va birinchi kunidagi nordon, achchiq, sho‗r va shirin ta‘sirga javob reaksiyasi ta‘sirlovchining tabiatiga 130 mos kelmaydi. 8-10 kundan boshlab shirinlikka adekvat reaksiya paydo bo‗la boshlaydi. Bir yoshdan to 6 yoshgacha ta‘m bilish reseptorlarining sezuvchanligi ortib boradi. Maktab yoshidagi bolalarning ta‘m bilishi katta odamlarning ta‘m bilishidan uncha farq qilmaydi. Keksalarda ta‘m bilish sezgisi kamayadi. Hid bilish analizatori. Odam turli moddalarning hidini burnining yuqori chig‗anoqlarining o‗rta qismi va burun to‗sig‗ining shilliq pardasidagi maxsus reseptorlar orqali sezadi. Hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardaning yuzasi 5 sm 2 keladi. Hid bilish hujayralarining o‗siqlari hidlash nervini hosil qiladi. Moddaning zarrachalari, uning hidini va ta‘mini ta‘min etadi. Moddaning zarrachalari hidni sezish sohasining shilliq pardasiga tushib, hid bilish hujayralariga ta‘sir etishi natijasida hid sezgisi vujudga keladi. Hid bilish tufayli, odam va hayvonlar turli gazlarni va ovqatning hidini sezadi. Hid sezgisi nihoyatda o‗tkir va nozik. Modda havoda juda oz tarqalgan bo‗lsa ham odam uning hidini sezadi. 1 litr havoda 1:1000000 g nisbatda yefir bo‗lganda ham odam uning hidini biladi. Hidlash organi ayniqsa vodorod sulfid gazi hidiga nihoyatda sezgir bo‗ladi. Ba‘zi bir hayvonlarda hid bilish sezgisi juda ham nozik bo‗ladi. Ba‘zi iskovich itlar nihoyatda kuchsiz hidni ham sezadi. Yangi tug‗ilgan bola binafsha, valeriana, lion, anis va boshqa, nohush hidlarga nisbatan yuz mimikasini o‗zgartirish, nafas olish va puls o‗zgarishi bilan javob beradi. Kuchli hid ta‘sir ettirilganda u chuqur va tez-tez nafas oladi, hamda tomir urishi o‗zgaradi. Bola 4 oylik bo‗lganidan boshlab turli hidlarni to‗liqroq ajratadi. Bog‗cha yoshidagi bolalarda hidlash reseptori rivojlanishda davom etadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling