Va oliy nerv faoliyati


Assimilyatsiya va dissimilyatsiya


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 Assimilyatsiya va dissimilyatsiya.Moddalar almashinuvi assimilyatsiya va 
dissimilyatsiya degan ikki jarayonning birligidan iborat.Tirik materiya yaratilish 
protsesslari, organizmga tashqi muhitdan kirgan moddalarning hujayralar 
tomonidan o‗zlashtirilishi, oddiyroq ximiyaviy moddalardan murakkabroq 
ximiyaviy birikmalar hosil bo‗lishi, organizmda tirik protoplazmaning sintez 
qilinishi majmuasini assimilyatsiya deb yuritishаdi. "Assimilyatsiya" termini 
lotincha assimulo – o‗xshataman so‗zidan olingan bo‗lib, lug‗aviy tarjimasi 
"o‗xshatish", "o‗zlashtirish" demakdir, ya`ni hujayralar turli moddalardan shunday 
foydalanadiki, bu moddalar tirik materiyaga aylanadi, demakdir. 
Dissimilyatsiya (dissimulo- o‗xshamaydigan qilaman so‗zidan olingan) 
hujayralar strukturasi, jumladan oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan 
moddalarning parchalanishi, bo‗linishi, tirik materiyaning yemirilishi 
demakdir. Bunda parchalanish mahsulotlari organizmdan chiqib ketadi.


141 
Muayyan bioximiyaviy protsesslarning assimilyator yoki dissimilyator protsesslar 
ekanligini bilish ko‗pincha qiyin bo‗ladi. Masalan, organizmda bir ximiyaviy 
birikmadan ikkinchisiga muayyan ximiyaviy gruppalar (fosfat kislota qoldig‗i, 
amino gruppasi)ning o‗tkazilishi - transfosforillanish, transaminlanish va boshqa 
protsesslar shunday. 
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya bir-biriga qarama qarshi va o‗zaro 
chambarchas bog‗langan. Assimilyatsiyada dissimilyator protsesslar kuchayadi, 
bular esa o‗z navbatida assimilyator protsesslarga zamin xozirlaydi. Ko‗pincha 
tajribalar assimilyatsiya bilan dissimilyatsiyaning o‗zaro bog‗langanligiga misol 
bo‗la oladi. Bu tajribalarning ko‗rsatishicha, organizm o‗sayotganda va hujayralar 
ko‗payayotganda tirik protoplazma hosil bo‗lishi va oqsil sintezi kuchayadi, ayni 
vaqtda parchalanish reaksiyalari ham ancha kuchayadi. Shu sababli organizm 
o‗sayotganda energiya sarfi keskin darajada ko‗payadi. Dengiz kirpisining tuxumi 
urug‗langach hujayralar ko‗paya boshlab, oksidlanish protsesslari 6 baravar 
kuchayishini Varburg aniqladi. Xuddi shuningdek yomon o‗sma tez o‗sayotganda 
hujayralar yangidan zo‗r berib hosil bo‗ladi, ayni vaqtda butun organizmdagi 
dissimilyator protsesslar keskin darajada kuchayadi. Assimilyatsiya va 
dissimilyatsiya protsesslari bir-biridan ajratib bo‗lmaydigan darajada chambarchas 
bog‗liq, lekin ular hamisha o‗zaro muvozanatlangan bo‗lavermaydi. Masalan, 
organizm o‗sayotganda ikkala protsess intensiv bo‗lib, assimilyatsiya nisbatan 
ustun keladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling