Biologiya Mavzu: Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi


Download 4.75 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi4.75 Kb.
#1768814
Bog'liq
Biologiya Mavzu Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi-hozir.org (1)


xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Biologiya Mavzu: Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi

Biologiya


Mavzu: Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi
47 - dars
8
sinf


Bosh miya

  • Vazni katta yoshda 1020-1970 g
  • Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda-450 g
  • Keksalikda miya vazni biroz kamayadi.
  • 20 yoshgacha odam miyasi hajmi 3,5-4 marta, tana vazni esa 20 marta ortadi.

Miyaning og'irligi nervlarning miyelin qobiq bilan qoplanishi, qobiqning qalinlashuvi va nerv hujayralarining yiriklashuvi hisobidan ortadi.

  • Miyaning og'irligi nervlarning miyelin qobiq bilan qoplanishi, qobiqning qalinlashuvi va nerv hujayralarining yiriklashuvi hisobidan ortadi.
  • Bosh miya 100 mlrd. dan ortiq neyronlardan iborat.

Bosh miyaning tuzilishi

Bosh miyaning stvoli (ustun)

  • Uzunchoq miya,
  • Miya ko'prigi,
  • Miyacha,
  • O'rta miya,
  • Oraliq miya.

Bosh miya katta yarim sharlari


Bosh miyaning uzunchoq miya, o'rta miya, oraliq miya bo'limlarida kulrang modda ayrim donachalar shaklida oq modda ichida joylashgan.
Miyacha, miya ko'prigi va miya katta yarimsharlarida esa kulrang modda oq moddani o'rab turadigan po'stloq hosil qiladi


Bosh miya ham oq va kulrang moddadan iborat.

  • Oq modda bosh miyani orqa miya bilan va miya bo'limlarini o'zaro tutashtiruvchi nerv yo'llarini hosil qiladi.
  • Nerv yo'llari tufayli nerv sistemasining hamma qismi bir butun sistema sifatida muvofiqlashgan holda ishlaydi.
  • Bosh miya kulrang moddasi oq moddasi ichida to'p-to'p bo'lib, alohida donachalar (yadrolar) shaklida joylashgan.
  • Kulrang modda bosh miya katta yarimsharlari va miyachani sirtdan qoplab turadigan po'stlog'ini hosil qiladi.

Uzunchoq miya.

  • Ko'prikcha orqa miyaning davomi;
  • Reflektorlik va o'tkazuvchanlik funksiyasini amalga oshiradi;
  • Kulrang moddasida nafas olish, yurak ishini boshqarish, hazm qilish, himoya (ko'zni ochib-yumish, aksa urish, yo'talish) markazlari joylashgan

Varoliyev ko'prigi

  • uzunchoq miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan;
  • Ko'z soqqasi va yuz muskullarini harakatlantiruvchi markazlar bo'ladi;
  • U orqali uzunchoq miyadan bosh miyaning boshqa bo'limlariga nerv impulslari o'tkaziladi.

O'rta miya

  • Miya oyoqchalari, to'rt tepalik va tepaliklar orasida joylashgan suv yo'lidan iborat;
  • O'rta miya skelet muskullari tonusi (tarangligi) qo'l barmoqlarining nozik harakatlari, ko'rish, eshitish va chamalash reflekslarini boshqaradi;
  • Chamalash reflekslari tufayli odam boshi va tanasini tovush kelayotgan yoki yorug'lik tushayotgan tomonga buradi.

Miya sopi

  • Uzunchoq miya, ko'prikcha va o'rta miya miya sopini hosil qiladi;
  • Miya sopidan 12 juft kalla miya nervlari chiqadi;
  • Ular miyani boshdagi sezgi organlari, bezlar va muskullar bilan bog'laydi;
  • Ulardan bir jufti - adashgan nervlar miyani yurak, o'pka, oshqozon va boshqa ichki organlar bilan bog'laydi.

Oraliq miya

  • O'rta miya ustida joylashgan;
  • Kulrang moddasi ichki organlar ishini muvofiqlashtirib turadi;
  • Moddalar almashinuvi, to'yish, och qolish, chanqash, tana harorati doimiyligi boshqarilishi oraliq miya bilan bog'liq;
  • U orqali yarimsharlar po'stlog'iga eshitish, ko'rish, ta'm bilish, teri va boshqa retseptorlardan nerv impulslari kelib turadi.

Miyacha

  • Uzunchoq miya ustida joylashgan ikkita yarimsharlardan iborat;
  • Nervlar orqali boshqa miya bo'limlari va orqa miya bilan bog'langan;
  • Miyacha harakat va skelet muskullari tonusini boshqaradi;
  • Muskullar tonusi pasayib, tana muvozanati buziladi, harakat aniqligi yo'qoladi;
  • Miyachasi shikastlangan odam yurganda gandiraklaydi, beo'xshov chayqalib harakatlanadi, barmoqlarining titrashi tufayli yozuvi aniq bo'lmaydi va ignaga ip o'tkazolmaydi.

Darslikda berilgan mavzuni organib, tayanch so`zlarni tahlil qiling
Uyga vazifa
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/nambiolog_group
http://hozir.org
Download 4.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling