Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari. 
1.Markaziy nerv tizimi qanday vazifalarni bajarishga qodir ?. 
2. Markaziy nerv tizimining sensor funksiyasi deganda nimani tushunasiz ?. 
3. Harakatlarni boshqarishdagi ahamiyati nimalardan iborat ?. 
4.Ta‘sir erish metodikasining qanday usullari bor ?. 
5.Srerotaksis tehnikasi deganda nimani tushunasiz ?. 
6. Elektrofiziologik metodlar qanday qullaniladi ?. 
 
ORQA MIYA ILDIZLARINING TUZILISHI VA FUNKSIYALARI 
 
Orqa miya ikkita asosiy funksiyani: reflektor funksiya va o‗tkazuvchi 
funksiyasini bajaradi. Orqa miyaga teri yuzasidagi eksteroretseptorlardan, tana 
bilan qo‗l-oyoqning proprioretseptorlardan va vetseroretseptorlaridan impulslar 
kelib turadi. Orqa miya barcha skelet muskullarini innervatsiyasini, bosh miya 
nervlaridan innervatsiyalanadigan bosh muskullarigina bundan mustasno. Orqa 
miya gavdadagi barcha murakkab harakat reaksiyalarini yuzaga chiqarishda 
qatnashadi. Ulardan ko‗plari orqa miyaning reflektor funksiyani bajarish natijasi 
bo‗lishi mumkin, boshqa reaktsiyalar esa markaziy nerv sistemasining 
yuqoriroqdagi bo‗limlari yuzaga chiqaradigan reflekslar natijasida kelib chiqadi. 
Bu holda orqa miya faqat impulslarni o‗tkazuvchi yo‗l hisoblanadi.. 
Orqa miya umurtqa pog‗onasi(uzunligi 70-sm.gacha) ichida joylashgan 
bo‗lib, markazida orqa miya suyuqligi bilan to‗lgan orqa miya nayi bor. Uning 
uzunligi erkaklarda 45-sm,ayollarda 41-42 sm. gacha og‗irligi 30-40 gr atrofida. 
Chaqoloqlarda 3,2gr,olti oylik bo‗lganda bu og‗irlik ikki marta ortadi va 6 yoshga 
borganda 15-17 gr yetadi.U embrional davrning 3-oylik vaqtidan rivojlana 
boshlaydi. Orqa miyadan bir juftdan oldingi va orqa nervlar chiqadi.
Orqa 
miyaning 
markazidagi 
kulrang 
moddasi 
qo‗shimcha 
va 
harakatlantiruvchi neyronlardan, tashqi oq moddasi neyronlarning uzun 
o‗simtalaridan iborat. Nerv qo‗zg‗alishlari orqa nervlar orqali a‘zolardan miyaga, 
oldingi nervlar orqali aksincha, miyadan ishchi a‘zolarga chiqadi. Har ikkala 
nervlar umurtqa pog‗onasining ikki yonida qo‗shilib, 31 juft aralash nervlarni hosil 
qiladi. Har qaysi nerv muayan bir guruh muskullar yoki terining ma‘lum qismini 
boshqaradi. 
Orqa miya ikkita muhim funksiyani: reflektor funksiya va o‗tkazish 
funksiyasini bajaradi. Ko‗pgina harakat reaksiyalari, masalan, tizza refleksining 
reflektor yo‗llari orqa miyaning kulrang moddasida tutashadi.Orqa miyada yurak, 


195 
oshqozon, qovuq, qon tomirlari, skelet muskullari, jinsiy bezlar va boshqalarni 
idora etadigan nerv markazlari bor. 
Nerv markazlari juda ko‗p qo‗shimcha retseptorlardan orqa miyaga keluvchi 
axborot orqa miyaning orqa va yon qismlaridagi ko‗pgina o‗tkazuvchi yo‗llar 
orqali miya stvolining markazlariga o‗tadi va miyacha hamda katta yarim sharlar 
po‗stlog‗iga 
yetib 
boradi. 
Markaziy 
nerv 
sistemasining 
yuqoriroqdagi 
bo‗limlaridan orqa miyaga esa impulslar oldingi va yon ustunlarning o‗tkazuvchi 
yo‗llari orqali keladi; bu impulslar orqa miyaning oraliq va motor neyronlarini 
qo‗zg‗atadi yoki tormozlaydi, natijada skelet muskullari va ichki organlarning 
faoliyati o‗zgaradi. Orqa miyaning o‗tkazuvchi yo‗l funktsiyasi muhim funktsiya 
bo‗lib, periferik retseptorlardan bosh miyaga va undan effektor apparatlarga 
impuls o‗tkazishda katta rol o‗ynaydi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling