Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari . 
1. Orqa miya qanday tuzilishga ega ?. 
2. Orqa miya ildizlarining joylashuvi qanday ?. 
3. Orqa miya ildizlarida ta‘sirlar qanday tezlikda o‗tadi ?. 
4. Orqa miya ildizlari ishchi a‘zo (periferiyada) larda qanday 
taqsimlangan ?. 
5. Orqa miya (spinal) reflekslariga misollar keltiring ?. 
UZUNCHOQ MIYA VA VAROLEV KO‘PRIGI (KEYINGI MIYA) 
Miya stvoli. Uzunchoq miya bilan Varoliyev ko‗prigi keyingi miya 
degan umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular o‗rta miya bilan birga miya stvolini 
hosil qiladi. Miya stvolining tarkibiga bir talay yadrolar hamda ko‗tariluvchi va 
tushuvchi yo‗llar kiradi. Miya stvolidagi to‗rsimon tuzilma retikulyar 
formatsiyaning muhim funktsional ahamiyati bor. Miya stvoli anatomik va 


208 
funksional jihatdan orqa miya, miyacha va katta yarimsharlar bilan bog‗langan. 
Murakkab koordinatsiyali ko‗pgina harakat reflekslarining dugalari (yoylari) miya 
stvolida tutashadi. Nafas olish, yurak faoliyati, tomirlar tonusini boshqaradigan 
hayot uchun muhim markazlar miya stvolidadir. Hazm organlari va boshqa bir 
qancha organlarning funksiyalarini idora etuvchi markazlar ham miya stvolida. 
Miya stvolining fiziologiyasini eksperimental yo‗l bilan o‗rganishda 
uchraydigan katta qiyinchilik shundan iboratki, hayvonlarning miya stvoli qirqib 
qo‗yilganda turli funksiyalar buziladi, chunki hayvonlarning har xil turlarida 
miyaning shunga mos keluvchi bo‗limlari turlicha rol o‗ynaydi. Modomiki 
shunday ekan, odam miya stvolining fiziologiyasini tushunmoq uchun turli 
kasalliklarda funksiyalar buzilishini klinikada kuzatish muhim ahamiyatga egadir. 
Turli kasalliklarda miya stvolidagi yadrolar yoki o‗tkazuvchi yo‗llar zararlanadi. 
. Keyingi miyaning o‘tkazuvchi yo‘llari. Orqa miyadan bosh miyaga va 
bosh miyadan orqa miyaga boradigan barcha nerv impulslari Varoliy ko‗prigi bilan 
uzunchoq miyadan o‗tadi. Bu impulslardan ba`zilari keyingi miyada yangi 
neyronga kiradi, bu neyron esa impulslarni markaziy nerv sistemasining 
yuqoriroqdagi bo‗limlariga o‗tkazadi. Gollf va Burdax tutamlaridan o‗tadigan 
impulslar shunday bo‗ladi. Bir qancha o‗tkazuvchi yo‗llar, masalan, lateral 
kortikospinal trakt, Gollf va Burdax yadrolaridan boshlanuvchi afferent yo‗llar 
keyingi miyada kesishadi (uzunchoq miyaning ko‗tariluvchi yo‗llari medial 
qovuzloq sohasida kesishadi) 
O‗tkazuvchi yo‗llardan ba`zilarining tolalari kiritma va motor neyronlarda 
sinaps hosil qilib, keyingi miyada tugaydi. Masalan, impulslarni katta yarim 
sharlar po‗stlog‗idan bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi yadrolariga 
o‗tkazuvchi kortikobulbar trakt keyingi miyada tugaydi (46-rasm). Orqa miya 
neyronlarining holatini va faoliyatini o‗zgartiruvchi impulslarni orqa miyaga 
o‗tkazadigan ba`zi tushuvchi yo‗llar keyingi miyadan boshlanadi. Masalan 
kortikospinal yo‗llar va vestibo‗lospinal tutam shunday. 
O‗tkazuvchi yo‗llarning keyingi miyadagi yo‗lini bilish keyingi miyaning 
turli qismlari shikastlanganda funksiyalarning buzilish mexanizmi haqida tasavvur 
olishga imkon beradi. Keyingi miyaning bir tomolnama zararlanganini 
ko‗rsatuvchi harakterli belgi alternatsiyalovchi falajlardir. Bu falajlar shundan 
iboratki, keyingi miyaning zararlangan tomonidagi bir yoki bir necha serebral nerv 
(bosh miya nervi) ning harakat falaji bilan bir qatorda gavdaning qarama-qarshi 
tomonidagi motor funktsiyalar va sezuvchanlik ham buziladi. Buning sababi shuki, 
spinal yo‗llar yo orqa miyaning o‗zida, yoki keyingi miyada kesishadi, bosh miya 
nervlari esa bu yerda kesishmaydi. V-XII kerebral nervlarning yadrolari bilan 
bog‗langan reflektor dugalar keyingi miyada tutashadi. Shu bosh miya nervlari 


209 
orqali keluvchi afferent impulslar keyingi miyada kiritma va motor neyronlarga 
o‗tadi.  

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling