Va oliy nerv faoliyati


Retikulyar formatsiya bilan katta yarim sharlar po‘stlog‘i o‘rtasidagi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Retikulyar formatsiya bilan katta yarim sharlar po‘stlog‘i o‘rtasidagi 
(retikulo-kortikal) munosabatlar. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ro‗y 
beradigan bioelektr protsesslarini tekshirish shuni ko‗rsatdiki, siyraklik holati 
uchun harakterli bo‗lgan past voltli tez-tez elektr tebranishlari eshituv, ko‗ruv, 
taktil va boshqa turli-tuman retseptorlar ta`sirlanganda kuchayadi yoki hatto 
yuzaga chiqadi. Bunday effekt aktivatsiya reaktsiyasi deb ataladi. Katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ining tegishli retseptorlardan impulslar olib turadigan sensor 
sohasidagina emas, hamma qismida aktivatsiya reaktsiyasi ro‗y beradi va ta`sir 
to‗xtagandan keyin ham bir necha vaqt davom etaveradi. Shu faktlarga asoslanib, 
butun po‗stloq aktivligini oshiradigan va uni muayyan qo‗zg‗alish holatida 
saqlaydigan markaziy mexanizm bor, degan xulosa chiqarildi. 
Miya stvoli uzunchoq miya pastidan yoki Varoliy ko‗prigining pastrog‗idan 
qirqib qo‗yilgan mushukning katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi elektr 
potentsiallarini F. Bremer qayd etgan . Miya stvoli yuqoridagicha qirqib 
quyilganda siyraklik holati uchun harakterli elektr aktivligi saqlanib turaverdi. 
Miya stvoli o‗rta miya ro‗parasidan qirqib qo‗yilganda, katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ida uyqu holati uchun harakterli bo‗lgan yuksak voltli sust elektr 
tebranishlari yuzaga keldi. Bu, katta yarim sharlar po‗stlog‗iga o‗rta miyaning 
aktivlashtiruvchi ta`sir ko‗rsatishidan guvohlik beradi.


224 
G. Megun va G. Morussi miya stvolining turli qismlariga mikroelektrodlarni 
stereotaksis apparatlari yordamida kiritib, retikulyar formatsiyaga ta`sir etganda 
katta yarim sharlar po‗stlog‗ida uyg‗onish va tabiiy siyraklik holatlari uchun 
harakterli elektr aktivligining o‗zgarishini 1949- yilda aniqlashdi. Talamusning 
nospetsefik yadrolariga va gipotalamusning dorsal bo‗limiga ta`sir etib, shunga 
o‗xshash reaktsiyani yuzaga chiqarish mumkin. 
Miya stvolining yuqori bo‗limlaridagi retikulyar formatsiya yemirilganda 
katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sensor sohalariga spetsefik o‗tkazuvchi yo‗llar 
orqali afferent impulslar kelib turishiga qaramay, hayvon chuqur uyqu holatiga 
kiradi. Bunday operatsiyadan keyin hayvon uzluksiz uxlab, tashqi ta`sirlarga 
reaktsiya ko‗rsatmaydi desa bo‗ladi. Katta yarim sharlar va po‗stlog‗ining normal 
ishlashi miya stvolining yuqori bo‗limlaridagi retikulyar formatsiyasi va 
talamusning nospetsefik yadrolaridan tonuslovchi, aktivlashtiruvchi impulslar 
kelishiga anchagina bog‗liq bo‗lishi shu bilan isbot qilinadi. 
Bir qancha ma`lumotlar shundan dalolat beradiki, har xil afferent 
ta`surotlar retikulyar sistema hujayralarining turli gruppalari aktivlik holatiga 
keladi,shu tufayli retikulyar formatsiya katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bir hilda 
aktivlashtiruvchi ta`sir ko‗rsatmaydi. Masalan, ovqat reflekslarida retikulyar
formatsiya va katta yarim sharlar po‗stlog‗ining elektr reaktsiyalari hayvonning 
himoyalanish reaktsiyasida kuzatiladigan elektr reaktsiyalaridan katta farq qilishi 
P.K Anoxin laboratoriyasida ko‗rsatib berildi. 
Ko‗tariluvchi, aktivlashtiruvchi retikulyar formatsiyaning faoliyatini (52-
rasm) organizmning hamma retseptorlaridan keluvchi impulslar saqlab turadi,
chunki talamusga impuls yetkazib beradigan afferent tolalardan retikulyar 
formatsiyaga bir talay kollaterallar chiqadi. Bundan tashqari, retikulyar
formatsiyaga miyachadan, po‗stloq ostidagi gangliylardan, limbik sestemadan va
katta yarim sharlar po‗stlog‗idan impulslar kelib turadi. Retikulyar
formatsiya katta yarim sharlar po‗stlog‗iga katta ta`sir ko‗rsatish va uning 
aktivlik darajasini saqlab turish bilan birga, o‗zini ham miya po‗stlog‗idan
keluvchi impulslar doimo idora etib turadi. 


225 
 
53-rasm. Kortikoretikulyar bog‘lanishlar (G. Megundan). A - retikulyar 
formatsiyaning katta yarim sharlar po‘stlog‘iga ko‘tariluvchi aktivlashtiruvchi 
ta`sirlarining tarqalish yo‘llarini tasvirlovchi sxema; B - katta yarim sharlar 
po‘stlog‘idan retikulyar formatsiyagа tushuvchi yo‘llarning sxematik tasviri. Bu 
yo‘llarning spetsefik afferent yo‘llar kollaterallari bilan konvergentsiyasi 
ko‘rsatilgan Sp- yarim sharlar po‘stlog‘iga boradigan va retikulyar formatsiyagа 
kollaterallar beradigan spetsefik afferent yo‘llar. 
Retikulyar formatsiya po‗stloq ostidagi yadrolarga gipotalamusga 
chambarchas bog‗liq. Retikulyar formatsiyaning o‗rta miyadagi og‗zi qismlariga
ta‘sir qilganda, huddi shuningdek Gipotalamusning dorsal qismi, po‗stloq osti 
yadrolari va limbik sistema ta`sirlanganda hayvonning xulq-atvoriga bevosita 
a‘loqada bo‗lgan ba`zi o‗xshash effektlar kelib chiqishi buning dalilidir.
Kalamushlar bosh miyasining tush sohalari gippokamp, gipotalamusning dorsal 
qismi va o‗rta miyaga elektrodlarni surunkasiga kiritib quygan J. Olds tajribalari 
favqulodda ibratlidir. Elektrodlar stimulyatorga ulab qo‗yilgan. Kalamush richagni 
oyoq panjasi bilan bosib stimulyatorni ishga sola olardi. Kalamush richagni 
tasodifan bosib miyaning muayyan strukturalarida muddatli elektr tebranishini 
vujudga keltirgach, richagni muntazam bosib, o‗z miyasining markazlariga ta`sir
eta boshlaganligi eksperimentda ma`lum bo‗ldi (53-rasm).
Elektrodlar gipotalamusning dorsal qismi yoki o‗rta miyaning retikulyar 
formatsiyasiga yaxshi joylashtirilgan bo‗lsa, kalamush boshqa har qanday 
faoliyatdan voz kechib va ovqat bilan ishi bo‗lmay richagni soatiga 8000 
martagacha bosaverdi. Elektrodlar bosh miyaning yuqoriroqdagi bo‗limlariga 
joylashtirilganida o‗ziga-o‗zi ta`sir etish chastotasi kamaydi. Bu tajribalarga 
asoslanib, hayvon miyasining muayyan strukturalariga ta`sir etilganda 
qandaydir musbat reaktsiyalar kelib chiqadi, ularni shartli ravishda "qanoat" yoki 
"rohat reaktsiyalari" deb atashadi. 


226 
 54-rasm. O‘ziga-o‘zi ta`sir etish tajribalarida miyasiga elektrodlar joylab 
quyilgan kalamush (J. Oldsdan), A - kalamush panjasi richag ustida turibdi; B - 
kalamush richagni bosib, o‘z miyasiga ta`sir etmoqda. 
Elektrodlar gipotalamusning medial qismida turgan bo‗lsa, o‗ziga-o‗zi ta`sir 
etish chastotasi hayvonning tajribadan oldin och bo‗lganiga yoki miriqib ovqat 
yeganiga qarab o‗zgardi. Elektrodlar gipotalamusning literal qismiga kiritilgan 
bo‗lsa, o‗ziga-o‗zi ta`sir etish chastotasi jinsiy gormonlar kiritilgach kuchayib, 
kastratsiya (bichish) dan keyin kamaydi. O‗ziga-o‗zi ta`sir etish tajribalarida 
yuzaga chiqadigan reaktsiyalar ovqat reflekslariga yoki shartsiz jinsiy reflekslarga 
bog‗liq ekanligi yuqoridagi ma`lumotlardan ko‗rinib turibdi. Bu reflekslar katta 
yarim sharlarning limbik sistemasi, po‗stloq ostidagi yadrolar, retikulyar 
formatsiya va gipotalamus ishtirokida yuzaga chiqadi. 
Elektrodlar oraliq miyaning dorsal qismiga yoki gipotalamusning 
ventromedial yadrosiga kiritib qo‗yilganda boshqacha reaktsiyalar ro‗y berdi. Bu 
holda hayvon bir marta o‗ziga-o‗zi ta`sir etgach richagga tegmaydigan bo‗lib qoldi. 
Bunday ta`sirot salbiy emotsiyalarga sabab bo‗ldi. Mushuk miyasining shu 
sohasiga ta`sir etilganda u g‗azabga kelib, yonidagi hayvonlarga tashlanaverdi. 
Retikulyar formatsiya oraliq miya markazlari, po‗stloq osti yadrolari va 
limbik sistema bilan birgalikda xulq-atvorning shartsiz reflektor, instinktiv 
reaktsiyalarini yuzaga chiqarishda qatnashuvi yuqoridаgi tajribalardan ko‗rinib
turibdi. Bu reaktsiyalarning yuzaga chiqishi natijasida organizmning hayot uchun 
muhim ehtiyojlari qondiriladi, bu extiyojlar esa hayvonlar xulq-atvorining 
rag‗batlantiruvchi (motivatsiya) sabablari sifatida muhimdir. Ammo po‗stloq 
ostidagi yadrolarga yoki miya stvoliga ta`sir etish ustidagi tajribalarga miyaning 
shu bo‗limlari hulq-atvorda hal qiluvchi rol o‗ynashini isbot etadigan dalil deb 


227 
qarash yaramaydi, chunki markaziy nerv sistemasining pastroqdagi bo‗limlari 
yuzaga chiqaradigan reaktsiyalarini katta yarim sharlar po‗stlog‗ kontrol qilib 
turadi. 
Odamda murakkab nerv funktsiyalari katta yarim sharlar po‗stlog‗iga 
ko‗chganligi, ya`ni kortikalizasiya ro‗y berganligi tufayli po‗stloq ostidagi 
tuzilmalar, oraliq miya va retikulyar formatsiya faoliyati katta yarim sharlar 
po‗stlog‗iga hayvonlardagiga nisbatan ko‗proq bo‗ysungan. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling