Va oliy nerv faoliyati


Talamusning assosiativ yadrolari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Talamusning assosiativ yadrolari uning asosan oldingi qismida bo‗lib, 
talamusning ko‗chiruvchi yadrolaridan impulslar oladi va ularni miya 
po‗stlog‗ining assosiativ zonalariga o‗tkazadi. Assosiativ yadrolarga lateral 
yadrolar, mediodorsal va yostiqsimon yadrolar kiradi. Talamusning assosiativ 
yadrolari, shuningdek (yanada ko‗proq.) katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi 
assotsiativ zonalar filogenez protsessida kattalashib boradi. Odam talamusidagi 
assotsiativ yadrolar ayniqsa yaxshi rivojlangan. Talamusning lateral yadrolari 
impulslarni katta yarim sharlar po‗stlog‗ining tepa sohasiga o‗tkazadi. 
Yostiqsimon yadroning lateral ensa bo‗lagidagi ko‗ruv assotsiativ zonasiga medial 
qismi esa katta yarim sharlar po‗stlog‗ining chakka bo‗lagidagi eshituv assosiativ 
zonasiga impuls o‗tkazadi. 


239 
Mediodorsal yadro katta yarim sharlar peshona bo‗lagining po‗stlog‗ini, 
limbik sistemaga, shuningdek gipotalamusga bog‗liq. Yarim sharlar po‗stlog‗ining 
assotsiativ zonalari bilan talamus yadrolari o‗rtasida, shuningdek yarim sharlar 
po‗stlog‗ining sensor zonalari bilan ko‗chiruvchi yadrolar o‗rtasida qaytar 
a‘loqalar bor, miya po‗stlog‗iga o‗tkaziladigan va undan olinadigan impulslar shu 
qaytar a‘loqalar orqali doira bo‗ylab o‗zaro ta`sir etishi mumkin. 
Talamusning nospetsefik yadrolari. Talamusning nospetsefik yadrolariga 
ba`zi fiziologlar retikulyar formatsiyaning dientsefalik qismi deb qarashadi. Ammo 
talamusning nospetsefik yadrolari morfologik strukturasi va funktsiyasiga ko‗ra 
miya stvolining retikulyar formatsiyasidan farq qiladi. G. Jasper elektrofiziologik 
eksperimentlarga asoslanib talamusning nospetsefik sistemasi yarim sharlar 
po‗stlog‗ining tez va qisqa muddatli aktivatsiyasida qatnashadi, degan xulosaga 
keldi miya stvolining retikulyar formatsiyasi esa sust va uzoq aktivatsiyani vujudga 
keltiradi. O‗rta miyaning retikulyar formatsiyasi butun miya po‗stlog‗ining 
tonusini saqlab turadi, miya po‗stlog‗ining qaysi strukturalari konkret reflektor 
reaktsiyalarning yuzaga chiqishida qatnashsa, faqat o‗sha strukturalarni 
talamusning nospetsefik yadrolari aktivlashtiradi. Jumladan talamusning 
nospetsefik yadrolari siyrak organizmda diqqat et‘ibor protsesslarini tashkil etishda 
qatnashadi. 
Retikulyar formatsiya orqali miya po‗stlog‗iga kiradigan afferent impulslar 
odamda muayyan sezgilarni vujudga keltirmaydi, ammo spetsefik sensor yo‗llar 
orqali keluvchi impulslarga javoban miya po‗stlog‗ining reaktsiyalarini 
kuchaytiradi. 
Talamusning nospetsefik yadrolari bilan ko‗chiruvchi va assotsiativ yadrolar 
o‗rtasida, shuningdek talamus bilan po‗stloq ostidagi tuzilmalar o‗rtasida o‗zaro 
keng a‘loqalar bor. Talamusning nospetsefik yadrolaridan faqat ikkitasi oldingi 
ventral yadro bilan retikulyar yadro bevosita katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli 
qismlariga tola beradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling