Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ORALIQ MIYA VA PO‘STLOQ OSTIDAGI YADROLAR.
Nazorat savollari:
1.Miyacha miya bo‗limlari orasida qanday ahamiyat kasb etadi?. 2. Harakatlarni boshqarishdagi ahamiyati qanday ?. 3.Miyachaning qanday yadrolari bor, ularning ahamiyati nimada ?. 4.Qizil tana va targ‗il yadro vazifalari nimalardan iborat ?. 5.Miyacha olib tashlansa qanday hodisalar ko‗zatiladi ?. ORALIQ MIYA VA PO‘STLOQ OSTIDAGI YADROLAR. Oraliq miya anatomiya nuqtai nazaridan miya stvolining bir bo‗limidir. Ammo, o‗rta miya bilan uzunchoq miyaga qarama-qarshi o‗laroq, oraliq miya embriogenez protsessida miyaning oldingi pufagidan katta yarim sharlar bilan birga shakllanadi. Oraliq miyaning asosiy tuzilmalari ko‗ruv do‗mboqlari thalami optici va do‗mboq ostidagi soha gipotalamusdan iborat. Uning funksiyasi organizmdagi vegetativ protsesslarni boshqarishdan iborat bu, quyida ko‗zdan kechiriladi Talamus funktsiyalari. Talamus katta yarim sharlarga boruvchi barcha (hidlov yo‗llaridan tashqari) afferent (sensor) yo‗llar kollektori hisoblanadi. Talamus katta yarim sharlar po‗stlog‗iga olib boruvchi yo‗lda bamisoli bir darvoza bo‗lib, tashqi muhitdan va organizmning ichki muhitidan ta`sirot qabul qiluvchi retseptorlardan keladigan butun axborot o‗sha darvoza orqali o‗tadi. Talamusdagi ba`zi yadrolar chekli shikastlanganda katta yarim sharlar po‗stlog‗i biron (ko‗ruv, eshituv, ta`m biluv, taktil va hakozo) axborotdan mahrum bo‗lishi mumkin. Miya anatomiyasi o‗rganila boshlagan vaqtda faqat ko‗ruv yo‗llari talamus orqali o‗tadi deb hisoblashardi. "Ko‗ruv do‗mboqlari" degan eski nom shundan kelib chiqadi. Ko‗ruv do‗mboqlarini hozir "sezuv dumboqlari" deb atash to‗g‗riroq bo‗lardi, chunki hamma sezuv yo‗llari talamusda to‗plangan. 236 Talamus oq modda qatlamlari bilan oldingi, lateral va medial sohalar degan uch sohaga bo‗linadi. Har bir soha bir qancha yadrolarning to‗plamidan iborat. Hozir talamusning 40 taga yaqin yadrosi tafovut qilinadi. R. Lorente deno talamusning barcha yadrolarini funktsional jihatdan spetsefik va nospetsefik yadrolar degan ikkita katta gruppaga ajratishni taklif etdi. Bunda talamus yadrolaridan katta yarim sharlar po‗stlog‗iga boruvchi tolalar oxirlarining morfologik harakteristikasi va shu yadrolar ta`sirlanganda yarim sharlar po‗stlog‗idagi elektr aktivligi o‗zgarishlarining elektrofiziologik harakteristikasi asos qilib olindi. Spetsefik yadrolardan boshlanuvchi tolalar - talamusning spetsefik yo‗llari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining 3-4 qavatida tugab, sensor va assosiativ zonalarning chekli miqdordagi hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Nospetsefik yadrolardan boshlanuvchi tolalar talamusning nospetsefik yo‗llari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlarida bir talay tarmoqlar beradi va yarim sharlar po‗stlog‗idagi bir talay neyronlarni qo‗zg‗alish protsessiga tortadi. Talamusning spetsefik yadrolari katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muayyan qismlariga bevosita bog‗langan. Talamusning nospetsefik yadrolari esa signallarni ko‗pincha po‗stloq ostidagi yadrolarga o‗tkazadi, bu yadrolardan esa impulslar yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlariga bir yo‗la kiradi. Morfologik ma`lumotlarga yarasha o‗tkazilgan elektrofiziologik tadqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, spetsefik yadrolar ta`sirlanganda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining faqat cheklangan qismlaridagi elektr aktivligi o‗zgaradi, ya`ni birlamchi javoblar kelib chiqadi (G. Jasper). Nospetsefik yadrolarning ta`sirlanishi esa elektr aktivligiga ta`sir etadi, ya`ni katta yarim sharlar po‗stlog‗ining keng sohalarida "aktivatsiya reaktsiyasi"ni vujudga keltiradi. Talamusning spetsefik yadrolari ta`sirlanganda katta yarim sharlar po‗stlog‗ida yuzaga chiqarilgan potentsialning maydonga keladigan latent davri atigi 1-6 m/sek holbuki talamusning nospetsefik yadrolari ta`sirlanganda yarim sharlar po‗stlog‗idagi elektr aktivligi o‗zgaradigan latent davr 10-50 m/sek bu holda latent davrning shunday uzoq davom etishi talamusning nospetsefik yadrolaridan katta yarim sharlar po‗stlog‗iga boradigan yo‗lda ketma-ket ulangan neyronlar va sinapslar ko‗pligidan guvohlik beruvchi salmoqli dalil hisoblanadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling