Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Organizmning 
harakat 
funktsiyalariga 
miyachaning 
ta`sir 
ko‘rsatish mexanizmi. Miyachaga ta`sir etish va uni yemirish effektlarini 
taqqoslab ko‗rish hamda hozirgi zamon elektrofiziologik tadqiqotlarining 
ma‘lumotlari miyachaning organizmdagi ahamiyati to‗g‗risida muayyan tasavvur 
hosil qilishga imkon beradi. Miyachani olib tashlash natijasida reflektor 
reaktsiyalar yo‗qolib ketmaydi, jumladan, miya stvolining tonik reflekslari 
saqlanib turaveradi. Shu bilan birga muskullar tonusi bir qadar o‗zgaradi va 
reflektor harakatlarning aniqligi hamda uyg‗unlashganligi buziladi gavda 
harakatlangan vaqtda ta`sirlanuvchi barcha retseptorlardan "qaytar a‘loqa" 
kanallari orqali markaziy nerv sistemasiga keluvchi afferent impulslar miyachaga 
boradi. Miyachaga proprioretseptorlardan va vestibuloretseptorlardan, shuningdek 
ko‗ruv, eshituv va taktil reseptorlardan impulslar kelib turadi.  
Miyacha bilan Qizil yadro, talamus, katta yarim sharlar po‗stlog‗i va orqa 
miya o‗rtasidagi bog‗lanishlar, miyacha shu bog‗lanishlar tufayli harakatlarni 
kontrol qiladi (Gaytondan). Miyacha shu tariqa harakat apparatining holati haqida 
axborot olib, muskullar tonusini bevosita boshqaruvchi qizil yadroga va miya 
stvolining retikulyar formatsiyasiga ta`sir ko‗rsatadi (58-rasm). Uzunchoq miya 
retikulyar formatsiyasining muayyan qismlariga mikroelektrodlar kiritib, 
miyachaga ta`sir etish tajribalari miyachaning retikulyar formatsiyaga ta`sir 
ko‗rsatishidan 
guvohlik 
beradi. 
Bu 
tajribalarda 
retikulyar 
formatsiya 
neyronlarining spontan elektr aktivligi o‗zgargani qayd qilingan. Miyachaning 
qaysi qismi ta`sirlanishiga qarab, elektr aktivligining o‗zgarish harakteri har xil 
bo‗lishi mumkin. Uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasiga miyachaning ta`sir 
ko‗rsatishi yana shundan bilinadiki, miyachaning oldingi bo‗lagiga ta`sir etilsa, 
yozuvchi muskullardagi detserebrasion rigidlik kamayadi.
58-rasm. Miyachaning turli qismlarida a‘zolarning joylashuvi. 


234 
Miyachaning retikulyar formatsiyaga ko‗rsatadigan ta`siri ba`zan katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ining ta`siriga teskari bo‗ladi. Masalan, kuzatishlarga qaraganda 
miyacha ta`sirlanganda retikulyar formatsiyadagi ayrim neyronlarning razryadlari 
susaygan, katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasiga elektr bilan ta`sir 
etilganda esa o‗sha neyronlardagi razryadlar kuchaygan. 
Muskullar tonusiga miyacha orqa miyaning gamma motoneyronlaridagi 
razryadlarning o‗zgarishi muayyan rol o‗ynaydi. Miyacha oldingi bo‗lagining ba`zi 
qismlariga ta`sir etilganda muskul dugining gamma-afferent tolalaridan o‗tuvchi 
razryadlar susayishini, shu sababli muskul tonusi refleks yo‗li bilan kamayishini R. 
Granit kuzatgan. Miyacha oldingi bo‗lagining boshqa qismlari ta`sirlanganda esa 
muskul dugining Retseptorlaridagi impulslar ko‗paygan, shu tufayli muskul tonusi 
oshgan. 
Miyacha yadrolaridan keluvchi efferent impulslar proprioretseptiv (miotatik) 
reflekslarni tormozlaydi. Har bir muskul qisqarishi proprioretseptorlarga ta`sir etib, 
yangi refleksni vujudga keltira oladi. Odatda oddiy refleks shu yo‗l bilan murakkab 
zanjirli refleksga aylanmaydi, chunki reflekslar zanjirini uzadigan tormozlovchi 
mexanizm bor. Miyacha olib tashlanganda kuzatiladigan astaziya uchun harakterli 
hodisalar muskullarning titrashi, gandiraklash va tebranish tormozlanmagan 
proprioretseptiv reflekslarga bog‗liq bo‗lsa kerak. 
Shunday qilib, miyacha organizmning harakat reaktsiyalarini to‗g‗rilaydi, 
boshqacha aytganda, ularni tegishlicha tuzatib, aniq qilib qo‗yadi. Miyachaning bu 
roli ixtiyoriy harakatlarning yuzaga chiqishida aniq-yaqqol ko‗rinadi. Miyachaning 
asosiy funktsiyasi harakat aktlarining ildam (fizik) va sekin (tonik) 
komponentlarini uyg‗unlashtirishdir. Miyacha va katta yarim sharlar po‗stlog‗i 
o‗zaro ikki tomonlama bog‗langanidan, shuningdek miya stvolining retikulyar 
formatsiyasi orqali miyacha ixtiyoriy harakatlarga ta`sir ko‗rsatadi. 
Miyacha katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi neyronlarning aktivlik holatini 
boshqaradi. Miyachа po‗stlog‗ining muayyan qismlariga ta`sir qilsa, katta yarim 
sharlar po‗stlog‗idagi harakatlantiruvchi markazlashgan miyachaning o‗zgarishi 
shundan guvohlik beradi. G. Morussining ma`lumotlariga qaraganda, miyachaning 
ba`zi qismlariga ta`sir oqimi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirlanish 
effektlarini osonlashtiradi, boshqa qismlariga ta`sir etish esa bu effektlarni 
osonlashtiradi. Miyachadan chiqib talamus orqali katta yarim sharlar po‗stlog‗iga 
kiradigan impulslar bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗ining neyronlariga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta`sir ko‗rsata oladi. 
Miyachadan keluvchi impulslar katta yarim sharlar po‗stlog‗iga retikulyar 
formatsiya holatining o‗zgartirish yo‗li bilan ham ta`sir o‗tkazadi. Shu sababli 
miyacha ta‘sirlanganda yoki yemirilganda katta yarim sharlar po‗stlog‗idan 


235 
korkospinal yo‗llar orqali keladigan impulslar harakteri o‗zgaradi. Miyacha olib 
tashlanganda yoki shikastlanganda ixtiyoriy harakatlarning kortikal mexanizmi bu 
harakatlar hajmini talab qilingan miqdorga yetkaza olmaydi. Shuning oqibatida 
ataksiya va dismetriya kelib chiqadi; harakatlar aniq bo‗lmay, keng amplitudali, 
poyma-poy bo‗lib qoladi. Normada ishtirok etmaydigan muskullar harakat 
aktlarining yuzaga chiqishida qatnashadi. Harakat aktlarining miyacha tomonidan 
ko‗chrilmayotganini ko‗rsatadigan harakterli simptomlardan biri shuki, ixtiyoriy 
harakatlar sust boshlanib, oxiriga yaqin kuchayadi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirida yuzaga chiqadigan harakat 
aktlarini boshqarishdа miyachaning filogenetik jihatdan eng yosh bo‗limi - 
orqadagi bo‗lagining oldingi qismi alohida muhim rol o‗ynaydi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling