Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MIYACHANING TUZILISHI, AHAMIYATI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHALARGA EGA BO”LISH.
- Anatomiyaga doir ma`lumotlar
Nazorat savollari
1.Miya stvoliga nimalar kiradi ?. 2.O‗tkazuvchi yullar deganda nimani tushunasiz ?. 3.Uzunchoq miya organizda qanday vazifalar bajaradi ?. 4.Oddiy va murakkab reflekslarga misollar keltiring ?. 5.Dekerbratsion regedlik deganda nima tushuniladi ?. 6. Tonik va rostlash reflekslariga misollar keltiring?. 7.Retekulyar formatsiyaning organizmdagi ahamiyatini so‗zlang ?. MIYACHANING TUZILISHI, AHAMIYATI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHALARGA EGA BO”LISH. Miya stvoli va markaziy nerv sistemasining oliy bo‗limlari po‗stloq ostidagi yadrolar va bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ining reflektor reaktsiyalarini yuzaga chiqarishda miyacha muhim rol o‗ynaydi. U organizmdagi hamma murakkab harakat aktlarini, shu jumladan ixtiyoriy harakatlarni uyg‗unlashtirish (koordinatsiya) da qatnashadi. Anatomiyaga doir ma`lumotlar. Miyacha bosh miya ensa qismining ostida kalla suyagining ichki yuzasidagi maxsus chuqurida joylashgan bo‗lib og‗irligi 120-gr.150-gr.gacha bo‗ladi. Miyachaning ostida ko‗prik bilan uzunchoq miya turadi. Uning yuzalari 2-3mm qalinlikdagi kulrang modda(po‗stloq)bilan qoplangan. Miyacha (cerebo‗llum) o‗rta qismi - chuvalchang (vermis) va uning ikki yonidagi ikkita yarim shar va ikkita yon bo‗lakdan iborat. Filogenetik jihatdan eng qadimgi tuzilmalar - flokulonodulyar bo‗laklar qadimgi miyacha ham deb ataladi. Miyacha yarim sharlari oldingi va orqadagi bo‗lak deb ikkiga ajratiladi; orqadagi bo‗lak yana ikki qismga bo‗linadi. Miyachaning filogenetik jihatdan eng yosh tuzilmasi - orqadagi bo‗lakning oldingi qismi yangi miyacha deb ataladi; u odamda va yuksak darajadagi Maymunlarda eng ko‗p taraqqiy etadi. Miyacha yarim sharlarining yuqori yuzasi 1 mm dan 2.5 mm gacha qalinlikdagi miyacha po‗stlog‗i degan kulrang moddadan iborat. Miyacha 228 po‗stlog‗i uch qavat-yuza, yoki molekulyar qavat, Purkine xujayralari qavati va ichki-granulyar qavatga ajratiladi. Miyachaning asosiy massasini tashkil etadigan oq moddasida kulrang modda to‗plamlari , miyachа yadrolari bor. Miyachaning har bir yarim sharida bu yadrolar uchtadan: tishsimon yadro , probkasimon yadro va sharsimon yadro bo‗ladi. Miyachaning o‗rta qismida 2 ta chodir yadrosi bor. Miyacha markaziy nerv sistemasining boshqa bo‗limlariga bir talay nerv tolalari orqali bog‗lanadi, bu tolalar miyachaning pastki, o‗rta va yuqori oyoqchalari degan uch juft qalin tutam (oyoq)ni hosil qiladi. Orqa miya bilan miyacha o‗rtasidagi tutamlar (Fleksig tutamlari) hamda Gollf va Burdax tutamlarining uzunchoq miyadagi yadrolaridan, shuningdek proprioretseptorlar bilan vestibuloretseptorlardan impuls olib keluvchi vestibulyar yadro tolalari miyachaning pastki oyoqchalari orqali o‗tadi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan miyachaga impuls olib keladigan tolalar o‗rta oyoqchalar orqali o‗tadi. Goversning orqa miya tutamlari va oldingi to‗rt tepalikdan boshlangan tolalar miyachaga yuqori oyoqchalаr orqali kiradi. Miyachadan keluvchi efferent tolalar miyachaning markaziy yadrolaridan boshlanib, miyachaning asosan yuqori oyoqchalari orqali o‗tadi va o‗rta miyaning qizil yadrosida, gillmus va gipotalamus yadrolarida, miya stvolining retikulyar formatsiyasida – po‗stloq ostidagi yadrolarda va uzunchoq miyada (kesishib) tugaydi. Miyachadan talamusga keladigan impulslar shu yerda yangi neyronga o‗tadi, bu neyron esa katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor (harakatlantiruvchi) zonasida tugaydi. Qizil yadroga keluvchi impulslar orqa miyaga boruvchi rubrospinal tutamni hosil qiladigan neyronlarga o‗tadi. Shunday qilib, miyacha markaziy nerv sistemasining hamma bo‗limlariga afferent va efferent tolalar orqali bog‗langan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling