Va oliy nerv faoliyati


Retikulyar formatsiyaning orqa miyaga va proprioretseptorlarga ta`siri


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 Retikulyar formatsiyaning orqa miyaga va proprioretseptorlarga ta`siri. 
Ko‗ruv dumboqlariga osh tuzining kristallari bilan ta`sir etilsa, orqa miya 
reflekslari susayishini I. M. Sechenov baqalar ustidagi tajribada ko‗rsatib 
berganiga 100 yildan oshdi. I. M. Sechenov o‗z tajribalariga asoslanib, ikkita katta 
kashfiyot qildi. Bularning biri tormozlanish protsessining kashf etilishi darrov 
e`tirof qilinadi. Ikkinchisi - retikulospinal ta`sirlarning kashf etilishi so‗nggi 20 
yilda G. Megun va hamkorlarining ishlaridan keyin keng e‘tirof etildi.Hayvon 
uzunchoq miyasidagi retikulyar formatsiya bo‗laklariga elektr bilan ta`sir etilsa,
orqa miya reflekslari tormozlanishining hayvon dekerebratsiya qilingandan 
keyin esa muskullar rigidligi kamayishini G. Megun va R. Reynis ko‗rsatib
berishdi. Bir tomondan retikulyar formatsiyaga kuchsiz tok bilan ta`sir


221 
etilganda orqa miyaning faqat o‗sha tomondagi neyronlari tormozlanadi. Kuchliroq 
tok bilan ta`sir etilganda orqa miyaning ikkala tomonidagi neyronlar tormozlanadi; 
bukish reflekslari, shuningdek yozish reflekslari tekshirilganda tormozlanish 
protsessi kuzatiladi. 
Uzunchoq miyaning ventromedial qismi ta`sirlanganda shunday natija 
kelib chiqadi miya stvolining boshqa qismlariga ta`sir etilganda bunday hodisalar 
ro‗y bermaydi. 
Orqa miyaning o‗tkazuvchi yo‗llarini qirqib qo‗yish retikulyar formatsiya 
neyronlaridan kelib orqa miya reflekslarini susaytiradigan tolalarning yo‗lini 
aniqlashga imkon berdi. Bu tolalar Renshou hujayralariga ta`sir etib, ularning 
motoneyronlarga tormozlovchi effektini kuchaytiradi. Bundan tashqari, retikulyar 
formatsiyadan keluvchi impulslar motoneyronlarning aktivligini bevosita 
tormozlay oladi ham. Retikulyar formatsiya bo‗laklariga qisqa vaqt ta`sir etilgach, 
orqa miyaning reflektor faoliyati osonlashadi. Shunga asoslanib, retikulyar 
formatsiyada orqa miyaning nerv hujayralarini aktivlashtiruvchi neyronlar bor deb 
faraz qilishdi. Miya stvolining turli qismlariga ta`sir etish ustidagi tajribalar bu 
farazni tasdiqladi. Oraliq miyada - gipotalamusda, o‗rta miya bilan Varoliy 
ko‗prigi qopqog‗ining kulrang moddasida va uzunchoq miyada retikulyar 
formatsiyaning ta`sirlanib orqa miya reflekslarini tormozlaydigan qismlaridan 
periferik tomonda orqa miyaning reflektor funktsiyasini kuchaytiradigan neyronlar 
bor.
51-rasm. Retikulyar formatsiyaning turli qismlariga ta`sir etish 
effektlari: orqa miyani tormozlovchi (A) va aktivlashtiruvchi (B) effekt (G. 
Megundan). A rasmda - bukish (a), tizza (b) va ko‘z pirillatish (ya)
reflekslarida muskullarning qisqarish yozuvi. V rasmda - katta yarim sharlar
po‘stlog‘ining ta`sirlanishiga javoban (a) va tizza refleksida (b)


222 
muskullarning qisqarish yozuvi. Ikkala rasmning pastida - retikulyar
formatsiyaga ta`sir etish belgisi
 
Retikulyar formatsiyaning shu qismlariga ta`sir etilsa, katta yarim sharlar 
po‗stlog‗ining ta`sirlashishi tufayli yuzagа chiqqan orqa miya reflekslari va skelet 
muskullarining qisqarishi kuchayadi (51-rasm, B). Orqa miya neyronlarini 
aktivlashtiruvchi impulslar o‗tadigan yo‗llarni ko‗zdan kechirish ularning 
retikulospinal trakt tolalari ekanligini ko‗rsatdi. Ayni vaqtda aktivlashtiruv-chi
tormozlovchi tolalar har hil ekanligi aniqlandi. Retikulyar formatsiyaning 
aktivlashtiruvchi tolalari reflektor dugalarning kiritma neyronlarida tugaydi.  
Renshou hujayralarining tormozlovchi razryadlari kamayib, motoneyronlar 
qo‗zg‗aluvchanligi oshganligi tufayli retikulyar formatsiya ta`sirida orqa miya 
reflekslarining osonlashuvi ehtimoli bor. Retikulyar formatsiya reflektor 
harakatlarga (fizik reflekslarga) ta`sir etish bilangina qolmay, skelet 
muskullarining tonusiga (ximik reflekslarga) ham ta`sir etadi. Orqa miya 
yuqoriroqdan qirqib qo‗yilganda retikulyar formatsiya aktivlashtiruvchi va 
tormozlovchi ta`sir ko‗rsata olmaydi, bu esa spinal shokning va keyinroq ro‗y 
beradigan giperreflekslarning sabablaridan biri bo‗lsa kerak. 
52-rasm. Mushuk miyasining 
sxematik tasviri, miya stvolidagi 
retikulyar 
formatsiyaning 
osonlashtiruvchi 
(+) 
va 
tormozlovchi ( -) zonalari, uning 
miya po‘stlog‘i, po‘stloq ostidagi 
strukturalar va miyacha bilan 
bog‘lanishlari ko‘rsatilgan (G. 
Megundan). Tormozlovchi yo‘llar:
1 - kortiko-retikulyar yo‘l: 2 - ka-
udato-spinal yo‘l; 3 - miyacha-
retikulyar yo‘l; 4 - retikulo-
spinal 
yo‘l. 
Osoilashtiruvchi
yo‘llar: 5 - retikulo-spinal yo‘l;
6 - vestibulo-spinal yo‘l. 
Retikulyar formasiyaning tomirlar tonusiga ta‘sir etish mexanizmi R Granit 
ishlari tufayli ma`lum bo‗lib qoldi. Orqa miyaning Gamma- motoneyron 
lari aktivligi retikulyar formatsiya o‗zgarshini R. Granit ko‗rsatib berdi. Gamma-
motoneyronlar muskul dugalarining pereferik qismlaridagi tolalarni innervatsiya- 
laydi. Yuqorida aytilganidek gamma-efferentlar muskul dugalaridagi muskul 


223 
tolalarining qisqarishiga sabab bo‗lib, ularni taranglaydi va muskul duglarining 
yadro xaltasidagi retseptorlardan afferent impulslar kelishini shu tariqa 
kuchaytiradi.
Muskul dugalaridan afferent impulslar orqa miyaga doimo kiraverib, alfa-
motoneyronlarni qo‗zg‗atadi, bu esa muskullar tonusining sababi hisoblanadi. Orqa 
miyaning orqa ildizlari qirqib quyilganda muskul tonusining yo‗qolishi muskul 
tonusida afferent impulslarning roli borligini ko‗rsatadi. Muskul dugalaridan 
afferent impulslar kelib turishini esa o‗z navbatida gammamotoneyronlarni idora 
etadi. 
Shunday qilib, orqa miya neyronlari bilan skelet muskullari o‗rtasida 
murakkab o‗zaro munosabatlar va qaytar a‘loqalar bor. Bu o‗zaro munosabatlarni 
retikulyar formatsiya idora etadi, u gamma-motoneyronlarga ta`sir etib, muskul 
duglaridan keluvchi afferent impulslar oqimini o‗zgartiradi va shu bilan muskullar 
tonusiga ta`sir etadi. 
Muskullar tonusini o‗rta miya ko‗prigi ikkita retikulospinal yo‗l, tez 
o‗tkazuvchi va sekin o‗tkazuvchi yo‗llar orqali idora etadi. Ildam harakatlarni 
kontrol qiluvchi impulslar birinchi (tez o‗tkazuvchi) yo‗ldan, sust tonik 
qisqarishlarni kontrol qiluvchi impulslar esa ikkinchi (sekin o‗tkazuvchi) yo‗ldan 
o‗tadi. Retikulospinal mexanizmlarni bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i va 
miyacha doimo kontrol qilib turadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling