Va oliy nerv faoliyati
Miya stvolining tonik reflekslari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Miya stvolining tonik reflekslari. Miya stvolining bulbar bo‗limning va
ayniqsa mezentsefal bo‗limning eng muhim funktsiyasi shuki, u gavdaning fazodagi vaziyatiga qarab muskullar tonusini qayta taqsimlaydi. Muskullar tonusi refleks yo‗li bilan qayta taqsimlanib, gavda muvozanatining saqlanishini ta`minlaydi. 216 R.Magnus hilma-hil tonik reflekslarning jami yig‗indisini ikkita gruppaga bo‗ldi: 1) gavdaning fazodagi muayyan vaziyatini taqoza qiladigan statik reflekslar va 2) gavdaning surilishi bilan yuzaga chiqadigan statokinetik reflekslar. Statik reflekslarning o‗zi ikkita katta gruppaga ajratiladi. Birinchi gruppasi gavdaning muayyan vaziyatini yoki pozasini ta`minlaydi va vaziyat reflekslari, yoki poza- tonik reflekslar deb ataladi. Ikkinchi gruppa gavdaning g‗ayri tabiiy vaziyatdan normal vaziyatga qaytishini ta`minlaydi va rostlash reflekslari deb ataladi.Vaziyat reflekslarida tonus qayta taqsimlanadi, masalan qo‗l yoki oyoqning yozuvchi muskullar tonusi kamayib, bukuvchi muskullar tonus oshadi. Bunday reflekslarni uzunchoq miya markazlari yuzagа chiqaradi. Gavda vaziyati reflekslarining kelib chiqishida vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‗yin muskullarining proprioretseptorlarlaridan keluvchi afferent impulslar katta ahamiyatga ega. Uzunchoq miyaning tonik reflekslarida labirintlarning ishtiroki. Tonik reflekslarda labirintlarning ahamiyati borligini R. Magnus bilan A. de-Kleyn quyidagi tajribada ko‗rsatib berishdi. Dekerebratsiyalangan hayvonning bo‗yniga gipsli boylam shunday kiygizildiki, hayvon boshi tanasiga nisbatan doimo bir vaziyatda turaverdi va, shu tariqa, buyin muskullarining proprioretseptorlari ta`sirlana olmaydigan qilib qo‗yildi. So‗ngra hayvon ikkala chakkasidan o‗tuvchi o‗q tevaragida aylantirib turildi. Hayvon orqa tomonini pastga qaratib yotsa, yozuvchi muskullar tonusi maksimal darajaga yetdi; hayvon orqasini yuqoriga qilib yoqa, yozuvchi muskullar tonusi kamaydi. Bu holda gavdadagi hamma qismlarning nisbiy vaziyati o‗zgarmagani holda faqat og‗irlik kuchining gavdaga nisbatan yo‗nalishi o‗zgardi, bundan anglashiladiki, tonik refleks yerning tortish yo‗nalishining o‗zgarishiga sezgir retseptorlarda, ya`ni vestibulyar apparat retseptorlarida boshlana olar edi. Darhaqiqat, bu tajribalar dekerebratsiyalangan, labirintlari yemirib qo‗yilgan hayvonlar ustida qilinsa, ular aylantirilganda tonus taqsimoti hech bir o‗zgarmaydi. Uzunchoq miyaning tonik reflekslarida bo‗yin muskullari proprioretseptorlarining ishtiroki. Labirinti yemirilgan hayvonlar boshining vaziyati tanasiga nisbatan o‗zgartirilsa, tonik reflekslarni aniqlash mumkin. Boshning tanaga nisbatan vaziyati o‗zgarganda bo‗yin muskullarining proprioretseptorlari ta`sirlanadi, shu sababli har hil muskul gruppalaridagi tonus refleks yo‗li bilan qayta taqsimlanadi. Bosh orqaga engashtirilganda oldingi oyoqlarni yozuvchi muskullar tonusi oshib, keyingi oyoqlarni yozuvchi muskullar tonusi kamayadi. Bosh ko‗krak qafasiga engashtirilganda oldingi va keyingi oyoqlardagi muskullar tonusining teskari o‗zgarishlari ro‗y beradi. Bosh burilganda muskullar tonusi quyidagicha o‗zgaradi: bosh qay tomonga burilgan, bo‗lsa, o‗sha tomondagi oldingi oyoqni yozuvchi muskullar tonusi va qarama- qarshi tomondagi oyoqni bukuvchi muskullar tonusi oshadi. Bunday reflekslar 217 bo‗yin muskullarining proprioretseptorlariga bog‗liq; orqa miya bo‗yin segmentlarining orqa ildizlari qirqib qo‗yilsa, tonus qayta taqsimlanmaydi. Yuqorida tasvir etilgan tonik reflekslar dekerebratsiyalangan xayvonlarda yaxshiroq ko‗rinadi, ularda miyaning yuqoriroqdagi bo‗limlaridan keluvchi impulslar manzarani murakkablashtirmaydi. Yangi tug‗ilgan bolalarda miyaning yuqoriroqdagi bo‗limlari kasallangan, masalan, miyaga qon quyilgan yoki bosh istisqosi kelib chiqqan bo‗lsa, haqiqiy dekerebratsiya namoyon bo‗ladi, bunday xollarda yuqoridagicha reflekslar kuzatilgan. Miyasiga qon quyilib, gavdasining yarmi falajlangan, ya`ni gemilegiya bo‗lgan katta yoshli kishilarda ham ba`zan shunday reflekslar kuzatiladi.Operatsiya qilinmagan normal hayvonda ham muskullar tonusi yuqorida aytilganga o‗xshash qayta taqsimlanadi. Mushuk boshi tepasida bir parcha go‗sht ushlab turilsa, boshini kutaradi, ayni vaqtda oldingi oyoqlari yoziladi, keyingi oyoqlari bukiladi va mushuk sakrash uchun qulay vaziyatni oladi (49-rasm, A). Mushukning boshi oldiga tarelkada sut quyilsa u boshini engashtiradi, shunga ko‗ra oldingi oyoqlari ozroq bukiladi va keyingi oyoqlari ozroq yoziladi; muskullar tonusining shunday qayta tiklanishi natijasida mushuk sutni icha boshlaydi . Sichqon qitir-qitir qilganda mushuk boshini ungga bursa, shu harakat tufayli mushuk gavdasining o‗ng tomonidagi yozuvchi muskullar tonusi oshib qarama-qarshi tomondagi yozuvchi muskullar tonusi kamayadi. Tonusining bunday qayta taqsimlanishi chap tomondagi oyoqlarining yanada harakatlanishiga va, binobarin tananing o‗ngga, ya`ni sichqon o‗tayotgan tomonga burilishiga imkon beradi. Magnus aniqlagan qonuniyatlar odam sport va gimnastika mashqlarini bajargan vaqtda ham kuzatiladi; bu qonuniyatlarni to‗g‗ri tatbiq etish ko‗proq, ratsional mashq qilish uchun ahamiyatli. Sport fiziologiyasining boshning yetakchi roli printsipi; degan printsipi o‗sha qonuniyatarga asoslanadi. Bu printsipga muvofiq gavda harakatlaridan ilgari bosh tegishlicha harakatlansa, gavda harakatlari osonlashadi. Bosh tegishlicha harakatlanganda tana va qo‗l-oyoq muskullarining tonusi muayyan harakatni bajarish uchun eng maqbul tarzda taqsimlanadi. Masalan, konki uchganda yugurish yo‗lkalarida burilish vaqtida bosh tegishli tomonga burilishi lozim. Shtangani siltab ko‗targanda shtanga ko‗taruvchi qo‗lni yon tomonga burish va boshni birmuncha orqaga engashtirish harakatni osonlashtiradi. Fiziologiya nuqtai nazaridan bosh noto‗g‗ri vaziyatda bo‗lsa, ba`zi gimnastika mashqlari qiyinlashadi va hatto bajarish mumkin bo‗lmay qoladi. 218 A 50-rasm. Normal mushukda vestibulyar tonik reflekslar bosh vaziyatiga bog‘liq. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling