Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 
Rostlash reflekslari. Tonik rostlash yoki to‗g‗rilash reflekslarini o‗rta 
miya yuzaga chiqaradi va binobarin, bulbar hayvonlarda bunday reflekslar 
bo‗lmaydi. Miyani to‗rt tepalik yuqorisidan qirqib qo‗yish operatsiyasidan keyin
hayvon bir necha vaqt o‗tgach boshini, so‗ngra esa butun tanasini ham ko‗tarib, 
oyoqqa turadi, ya`ni tabiiy vaziyatini oladi. Bunday reflekslar faqat o‗rta miyasi 
butun hayvonlarda kuzatiladi. Bu reflekslarning yuzaga chiqishida labirintlar, 
bo‗yin muskullari va gavdaning teri yuzasidagi retseptorlar ishtirok etadi. 
Hayvon yon tomonlama yotgan bo‗lsa, boshini ko‗taradi va bosh tepasi 
yuqoriga qaragan tabiiy vaziyatini oladi. Og‗irlik kuchining g‗ayri tabiiy yo‗nalishi 
tufayli vestibulyar apparat retseptorlarining ta`sirlanishi natijasida hayvon boshi 
refleks yo‗li bilan ko‗tarilib, tabiiy vaziyatni oladi. Ammo vestibulyar apparat 
yemirilgan taqdirda gavda biror qattiq yuzada yondashayotsa, bosh rostlanadi, ayni 
vaqtda faqat bir tomondagi teri retseptorlari ta`sirlanadi. Bu holda bir tomondagi 
terining ta`sirlanishiga javoban bosh refleks yo‗li bilan rostlanadi. Bunda bir 
tomondagi teri nervlarining ta`sirlanishi quyidagicha isbot etiladi: yondasha yotgan 
hayvon ustiga ozgina yuqa taxta qo‗yilsa, ikkala tomondagi teri nervlari simmetrik 
ravishda ta`sirlanib, bosh yana pastga tushadi. Taxta olib qo‗yilgach va bir 
tomondagi teri yana ta`sirlangach bosh tag‗in refleks yo‗li bilan ko‗tariladi. 
Boshning ko‗tarilishi rostlash reflekslarining faqat birinchi fazasini tashkil 
etadi. Ikkinchi fazasi boshdan keyin tananing refleks yo‗li bilan rostlanishidan 
iborat. Bu refleks ham ikki tomonlama boshlanadi, bo‗yin muskullaridagi 
proprioretseptorlarning va tana terisidagi retseptorlarlarning ta`sirlanishidan kelib 
chiqadi. Dekerebratsiyalangan hayvon yondashayotganda birinchi faza tufayli 
boshini ko‗tarsa, bo‗yin muskullarining proprioretseptorlari ta`sirlanadi va shunga 
javoban tanani rostlovchi muskullar qisqaradi. 
Shunday qilib, avval bosh ko‗tariladi, keyin boshning ko‗tarilishi oqibatida 
tana ko‗tariladi va hayvon normal vaziyatni oladi. Hayvon yotganicha boshini 
bog‗lab, rostlanishiga imkon berilmasa, tanasi baribir rostlanaveradi, endi bo‗yin 
muskullaridagi proprio-retseptorlarning ta`sirlanishidan qatiy nazar, hayvon 
gavdasining qaysi tomonida yotgan bo‗lsa, o‗sha tomonidagi terining bir yoqlama 


219 
ta‘sirlanishi tufayli tana rostlanadi. Buni yuqorida aytilgan tajribaga o‗xshash 
tajriba bilan isbot etish mumkin: hayvon ustiga taxta qo‗yilsa, ikkala tomondagi 
terining ta`sirlanishi tufayli tanani rostlash refleksi yuzaga chiqmaydi. 
Shunday qilib, boshni ham, tanani ham rostlaydigan ikkita mexanizm bor: 
birinchi mexanizmda vestibulyar apparat retseptorlari va teri retseptorlari 
ta`sirlansa, ikkinchi mexanizmda bo‗yin muskullarining proprioretseptorlari va 
tana terisidagi retseptorlar ta`sirlanadi. Bu tonik reflekslarning markazlari o‗rta 
miyada bo‗lib, ularning yuzaga chiqishida qizil yadro aktiv ishtirok etadi. 
Vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‗yin muskullarining proprioretseptor- 
laridan keluvchi impulslar boshning turli vaziyatlarida ko‗zning burilishiga ham 
sabab bo‗ladi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling