Agronomiya va Biotexnologiya fakulteti biologiya yo’nalishi Ne'matova Moxinurning Bioinformatika fanidan " Neyron to'rlari " mavzusidagi Kurs ishi taqdimoti. Reja: Kirish. 2. Neyron to'rlarining tarixi 3. Neyron to'rlarini tashkil qilish to'g'risida ma'lumot 4. Neyron to'rlarini ishlab chiqarishning turli sohalariga tadbiqi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Odam miyasi juda murakkab tuzulishga ega. Uning qanday ishlashini o’rganish maqsadida juda ko’p ilmiy izlanishlar olib borilgan va borilmoqda. Ma’lumki inson miyasi katta xajmdagi axborotni tez qayta ishlay oladi. Bunga sabab millionlab miya nerv xujayralari - neyronlarning parallel ishlashidir Sun’iy neyronlarning g’oyaviy asosi xam biologik neyron xujayralari xisoblanadi. Bugungi kunda miyaning ishlashini o’rganish yo’lida fan erishgan yutuqlardan kelib chiqib biologik neyron quyidagicha ishlashini aytish mumkin. Nerv xujayrasi - neyron bo’lib, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi eng kichik birlikdir. O’z o’rnida xar bir neyronda ko’plab o’simtalar bo’ladi. Bu o’simtalarning bittasidan boshqa barchalari akson deb nomlanadi va aksonlar orqali neyronga tashqi signallar keladi. Bitta o’simta dendrid deb nomlanadi va u orqali neyron tashqariga signal beradi.SHu tariqa millionlab neyronlar bir-birlari bilan bog’lanib ma’lum bir arxitekturadagi neyron to’rlarini tashkil qiladi. Bitta oldingi qatlamdagi neyron chiqish o’simtasi - dendrid orqali signalni keyingi qatlamdagi neyronlarga ularning aksonlari orqali beradi. Neyron hujayrasining tuzilishi Nerv hujayrasi o‘zining barcha o‘simtalari bilan birga neyrosit deb ataladi. Nerv hujayralari nerv tizimining maxsus vazifasini o‘tovchi asosiy hujayralar bo‘lib, ulaming kattaligi va shakli nerv tizimining turli qismlarida turlichadir. Neyrositlar kattaligi 4—6 mkm dan (miyachaning donador qavati) 100—150 mkm gacha (bosh miya p o ‘stloq qismining yirik Bets hujayralari) bo‘lishi mumkin. Nerv hujayrasida ham boshqa hujayralar kabi hujayra qobig‘i -neyrolemma sitoplazmadaEPT, yadro,ribosomalar, mitoxondriya, Golji kompleksi, hujayra markazi, lizasoma neyrotubulinlar va neyrofibrillalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |