Va oliy nerv faoliyati
Targ‘il tana funktsiyalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Targ‘il tana funktsiyalari. Oxirgi miyaning po‗stloq ostidagi markazlaridan
targ‗il tananing ahamiyati kattaroq.Sut emizuvchi hayvonlarda yarim sharlar po‗stlog‗idan keladigan ichki kapsula deb ataladigan nerv tolalari tutami targ‗il tanani shu qismga: dumli va pichoqqa ajratib turadi. Targ‗il tanaga asosan talamusdan, qisman po‗stloqdan afferent impulslar keladi, efferent impulslar esa targ‗il tanadan asosan oqimtir yadroga boradi. Targ‗il tanaga mustaqil harakat funktsiyalarini o‗tamaydigan, ammo filogenetik jixatdan qadimgiroq harakat yadrosi-pallidum funktsiyalarini nazorat qiladigan effektor yadro deb qarashadi. Targ‗il tana oqimtir yadroning shartsiz reflektor faoliyatini boshqaradi va qisman tormozlaydi, ya`ni oqimtir yadroga qanday ta`sir etsa, targ‗il tana oqimtir yadroga o‗shanday ta 'sir etadi. Dumli yadroga past chastotali elektr toki bilan ta`sir etilsa, hayvonning xulq atvori o‗zgarishi, ya`ni hayvon mudrab uyquga ketishi va katta yarim sharlar po‗stlog‗i neyronlarning reaktsiya vaqti uzayishi yaqinginada ko‗rsatib berildi. Bu natijalar talamusning nospetsefik yadrolariga dumli yadroning ta`sir etishiga bog‗liq; talamusning bu yadrolari bosh miya po‗stlog‗ini aktivlashtiradi. Odamning targ‗il tanasi zararlanganda atetoz (qo‗l-oyoqlarning stereotip ritmik harakatlari) va xoreya (hech qanday tartib va izchillik bilan davom etmaydigan kuchli noto‗g‗ri harakatlar deyarli hamma muskullarni o‗z ichiga oladi, - "avliyo Vittraksi‖) kuzatiladi. Atetoz ham, xoreya ham targ‗il tananing oqimtir yadroga tormozlovchi ta`sir ko‗rsatmay qo‗yishi natijasidir, deb hisoblanadi. Targ‗il tana zararlanganda himoyalanish, orientirovka va shu kabi shartsiz reflekslar ham biroz kuchayadi. Har bir asosiy harakatga yo‗ldosh bo‗ladigan yordamchi harakatlar ham ancha kuchayadi (yordamchi harakatlarning kuchayishi giperkinez deb ataladi) Ayni vaqtda muskullar tonusi o‗zgaradi, odatda esa pasayadi (gipotonus). Buning sababi shuki, targ‗il tana zararlanganda pallidum 242 tormozlanish protsessidan qutiladi, Targ‗il tana zararlanganda kuzatiladigan xodisalar (giperkinez va gipotonus ) ga oqimtir yadro zararlanganda kuzatiladigan hodisalar (gipokinez va gipertonus ) qarama-qarshidir. Hozir targ‗il tanani harakat apparatining po‗stloq ostidagi oliy boshqaruvchi-koordinasion markazi, deb hisoblashadi.Ba`zi eksperimental ma`lumotlarga qaraganda, modda almashinuvi issiqlik hosil bo‗lishi va chiqarilishi, tomir reaktsiyalari idora etuvchi oliy vegetativ koordinasion markazlar ham targ‗il tanada ekan. Jumladan, targ‗il tananing ta`sirlanishi natijada bir qancha ichki organlar funktsiyasining o‗zgarishini kuzatgan B. Ya. Danilevskiyning ilk ma`lumotlari shundan guvohlik beradi. Shartsiz reflektor harakatlarni va vegetativ reaktsiyalarni interagratsiyalaydigan ularni xulq-atvorning yagona butun akti qilib birlashtiradigan markazlar targ‗il tanada bo‗lsa kerak, targ‗il tana gipotalamus bilan bog‗langani tufayli, vegetativ nerv sistemasidan innervatsiyalanadigan organlarga ta`sir etadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling