Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Katta
yarim sharlar po‘stlog‘ining motor zonalari. Yuqorida ko‗rsatilganidek katta yarim sharlar po‗stlog‗ida markaziy nerv sistemasining pastroqdagi bo‗limlariga po‗stloq ostidagi yadrolarga, miya stvoliga, orqa miyaga aksoni boradigan nerv hujayralari mavjud. Bu neyronlarning ko‗pchilik qismi oldingi markaziy pushtada, Roland egatidan oldinda to‗plangan. Bu soha motor zona deb ataldi. Ana shu zonani hosil qilgan hujayralarning xarakterli xususiyati shuki, Betsning gigant piramidal hujayralari bor, bu hujayralarning uzun o‗siqlari piramidal yo‗l tarkibida orqa miyaning oraliq va harakatlantiruvchi neyronlariga yetib boradi. Odamda motor zonaning fazoda joylashuvi 50- va 52-rasmlarda ko‗rsatilgan. Harakatlantiruvchi nuqtalar (ya`ni yarim sharlar po‗stlog‗ining ta`sirlanib, muayyan muskullarni harakatga keltiradigan nuqtalari) po‗stloqqa bir tekis joylashmaganligi rasmdan ko‗rinib turibdi. Bu nuqtalarning oldingi markaziy pushtada joylashishi sensor vakillikning orqadagi markaziy pushtada joylashishiga mos keladi. Oyoqning harakat nuqtalari boshqa hamma nuqtalardan yuqoriroqda; bu nuqtalardan pastda tana muskullarini harakatlantiruvchi nuqtalar, ulardan 256 pastroqda qo‗lni harakatlantiruvchi nuqtalar, hammadan pastda esa bosh muskullarini harakatlantiruvchi nuqtalar joylashgan. Tushuvchi harakatlantiruvchi yo‗llar kesishgani uchun yuqorida aytilgan hamma nuqtalarning ta`sirlanishi gavdaning qarama-qarshi tomonidagi muskullarni qisqatiradi. Sensor zona kabi, motor zonada ham qo‗l panjasi, yuzlab, til muskullarining vakilligi ko‗proq maydonni, tana va oyoq muskullarining vakilligi esa kamroq maydonni egallaydi. Gavdaning shu qismidagi harakatlarning aniq va nozik boshqarilishi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasidagi harakatlantiruvchi nuqtalarning egallagan maydoniga mos keladi. Odam katta yarim sharlar po‗stlog‗ining motor zonasiga qo‗l barmoqlarini harakatlantiruvchi nuqta sohasidan elektr toki bilan ta`sir etilsa, bir qancha hollarda ayrim muskullar va hatto ayrim motor birliklar qisqaradi. Bunga qarama-qarshi o‗laroq, hamma muskullarni harakatlantiruvchi nuqtalar ta`sirlansa, 30-50 sinergist muskul bir yo‗la qisqaradi. Oldingi va orqadagi markaziy pushtalarni ajratib turadigan Roland egati motor zona bilan sensor zonaning faqat shartli chegarasi hisoblanadi. Gistologik tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, motor zonada bir talay sezuvchi elementlar bor; huddi shuningdek sensor hujayrada gigant piramidal hujayralar topiladi. 63- rasm Odam katta yarim sharlar po‘slog‘i motor zonasida harakat nuqtalarining| joylashuvi (U. Penfild bilan Rasmussendan). 1 Ayarmoqlar; 2 - tupik; 3 - tizza; 4 - son;5-tana; 6-yelka; 7 - tirsak; 8 - kaft usti; qo‘l panjasi; 10 - qo‘l Jjimjilogi; 11 – nomsiz barmoq ; 12 kalta barmoq; 13-ishora barmoq; 15-bo‘yin; 16 - qosh;17-qovoq va ko‘z soqqasi; 18 - yuz; 19-lablar;20- Jag‘;21- til; 22 - hiqildoq Penfildning ma`lumotlariga qaraganda, odamning oldingi markaziy pushtasiga elektr toki bilan ta`sir etilganda 25% hollarda harakat bilan bir qatorda yoki harakat o‗rnida sezgilar kelib chiqadi. Orqadagi markaziy pushtaga shunga o‗xshash ta`sir etilsa, 20% hollarda sezgi o‗rniga yoki sezgi bilan bir vaqtda harakat ham yuzaga chiqadi. Motor zona bilan sensor zonaning bir-birini qoplashi odamdan ko‗ra hayvonlarda ko‗proq ko‗rinadi.Yarim sharlar po‗stlog‗idagi shu ikki zonaning funktsional yaqinligini nazarda tutib, ularni ko‗pincha sensomotor zona degan 257 umumiy nom bilan birlashtirishadi. I. P. Pavlov bu zonaga kinestetik analizator (harakat analizatori) ning miya po‗stlog‗idagi uchi deb qaragan edi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling