Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
61-rasm. Odam katta yarim sharlari pustlog‘idagi ba`zi sensor va motor 
zonalarning joylashuvi (sxemalashtirilgan). 
Miya 
stvolining 
retikulyar 
formatsiyasiga 
ta`sir 
etilganda 
elektroentsefalogrammada sust ritmlar tez ritmlarga aylanadi. Bu xodisa 
desinxronizatsiya yoki aktivatsiya reaktsiyasi deb ataladi (G. Jasper). Odam ko‗zini 
ochganda alfaritmning betaritm bilan almashinishi aktivatsiya reaktsiyasining 
vujudga kelish misollaridan biridir. Yarim sharlar po‗stlog‗ini tilish tajribalari 
elektroentsefalogramma ritmlarining vujudga kelishi va davom etishida
afferent impulsatsiyaning yetakchi rol o‗ynashidan guvohlik beradi. Yarim sharlar 
po‗stlog‗ining kichik bir qismiga po‗stloq ostidagi yadrolardan keluvchi barcha 
nerv tolalari qirqib qo‗yilsa-yu, shu qismning tomirlar bilan bog‗lanishi saqlab 
qolinsa (yarim sharlar po‗stlog‗ining yakkalangan "xoshiyasi" preparati), shu 
qismdagi elektr aktivligi batamom to‗xtaydi. Ammo shu qismga elektr toki bilan 
bevosita ta`sir etilsa, unda potensiallarning sekin-asta so‗nuvchi tebranishlari 
seriyasi yana paydo bo‗ladi. 
Katta yarim sharlar po‘stlog‘iga ta`sir etishning ba`zi turlarida 
elektroentsefalogramma ritmlarining o‘zgarishlari. Yuzaga chiqarilgan 
potensiallar. Tajribada har qanday retseptiv neyronning retseptorlarlariga ta`sir 
etilganda 
yoki 
efferent 
nerv 
tolalari 
bevosita 
ta`sirlanganda 
elektroentsefalogrammada harakterli yuzaga chiqarilgan potensiallar birlamchi 
yoki ikkilamchi javoblar shaklida paydo bo‗ladi.Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining 
turli bo‗limlaridan ajratib olishda qayd qilinadigan birlamchi javoblarni analiz 
qilish shunday xulosaga olib keldi. Birinchi musbat tebranish yarim sharlar 
po‗stlog‗ining I-IV qavatlaridagi piramidal hujayralarning qo‗zg‗alishiga bog‗liq; 
ikkinchi manfiy tebranish yarimsharlar po‗stlog‗idagi I - II qavatlarining 
 
 


251 
qo‗zg‗alishini aks ettiradi, bu, extimol, I - II qavatlardagi apikal (uch tomondagi) 
dendritlarning sinxron depolyarizatsiyasiga bog‗liq bo‗lsa kerak. 
Yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilish metodikasi analizatorlarning 
miya po‗stlog‗idagi vakillik kartalarini tuzishda, miyaning turli bo‗limlari 
o‗rtasidagi bog‗lanishni aniqlashda, har hil sistemalarning o‗zaro ta`sirini 
o‗rganishda va farmakologik preparatlarning ta`sirini tekshirishda keng 
qo‗llaniladi. 
Narkozda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining holatini elektroentsefalografiya 
metodi bilan kontrol qilish xirurgiya klinikasida katta amaliy ahamiyatga ega 
bo‗lib, narkotik modda berishni boshqarishga vа narkozni zarur darajada chuqur 
saqlashga imkon beradi. 
Gipoksiya. Nafas olishning to‗xtashi yoki sof azotni nafasga olish sababli 
kelib chiqadigan gipoksiyada ham elektroentsefalogramma harakterli ravishda 
o‗zgaradi. Gipoksiyaning dastlabki davrida alfaritm o‗rniga sekundiga 15-40 
tebranishlar chastotasiga ega bo‗lgan betaritm paydo bo‗ladi. Betaritm so‗ngra 
deltato‗lqinlar bilan almashinadi. Odamda deltato‗lqinlarning paydo bo‗lishi es-
xushning yo‗qolishi bilan bir vaqtga to‗g‗ri keladi. Gipoksiya davom etaversa, 
yarim sharlar po‗stlog‗idagi elektr aktivligining qayd qilinishi to‗xtab qoladi. 
Bordi-yu, shu payt yana kislorod berilsa, elektroentsefalogramma teskari tartibda 
o‗zgaradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling