Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari: 
1.Bosh miya bo‗limlari orasida miyachani tuzilishi va o‗rni haqida nimalarni 
bilasiz?. 
2.Miyachani elektr aktivligini qanday usullar yordamida aniqlashimiz mumkin ?. 
3.Miyachani turli qismlariga ta‘sir etganda yoki miyachani olib tashlaganda 
qanday hususiyatlar ko‗zga tashlanadi ?. 
4.Michchani odam harakat funksiyalariga qanday ta‘sir ko‗rsatadi ?. 
5.Oraliq miya po‗stloq osti yadrolari qanday tuzilgan ?. 
6.Talamusning spetsifik va nospetsifik yadrolari qanday ahamiyat kasb etadi ?. 
7.Sezgilarning shakllanishida talamus qanday o‗rin kasb etadi ?. 
8.Oqimtir yadro va targ‗ul tana odamda qanday vazifalarni bajaradi ?. 
 
KATTA YARIMSHARLARI PO‘STLOG‘INI OLIB TASHLASH VA 
BUNING OQIBATLARI . HARAKAT JARAYONLARING KATTA 
YARIM SHARLARDA KANTROL (NAZORAT) QILINISHI
.(KORTIKAL 
KANTROL).
Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i markaziy nerv sistemasining kechroq 
rivojlangan, strukturasi va funktsiyalari ayniqsa murakkab bo‗lgan oliy bo‗limidir. 
Katta yarim sharlar pustlog‗ining ahamiyati ularni operatsiya qilib olib tashlash, 
ya`ni ekstirapatsiya qilish tajribalarida yaqqol ko‗rinadi. 
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ahamiyati. XIX asrning birinchi 
choragidayoq Flurans qushlar bosh miyasining katta yarim sharlarini birinchi 
marta olib tashlagan (ekstrapatsiya qilgan). Keyinchalik ko‗pgina tadqiqotchilar sut 
emizuvchi hayvonlarning katta yarim sharlarini yoki ularning po‗stlog‗ini olib 
tashlashdi. Katta yarim sharlarni yoki ularning po‗stlog‗ini olib tashlash tajribalari 


243 
jarrohlikdan keyin hayvonning qaysi funktsiyalardan mahrum bo‗lishini va qaysi 
funktsiyalari saqlanib qolishini bilish maqsadida qilinadi. 
Qush bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach xavoga 
uloqtirilganda ucha oladi, qafasda turganda so‗rilsa yurib ketadi. Operatsiya 
qilingan qushlarga ta`sir etilmasa, ular ko‗p soatlab qimirlamay turaveradi. Ular 
eshituv va ko‗ruv ta`sirlariga reaktsiya ko‗rsatish qobiliyatidan to‗la mahrum 
bo‗lmay, keskin soya beruvchi to‗siqlarni chetlab o‗ta biladi. Fazoda gavda 
vaziyatining o‗zgarishiga javoban normal reaktsiya ko‗rsatadi. Qushlar bosh 
miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach ro‗y beradigan harakterli 
o‗zgarishlar shundan iboratki, xulq-atvorning individual turmush tajribasida kasb 
etilgan murakkab harakatlari buziladi. Operatsiya qilingan qushlar o‗zicha ovqat 
topib yeya olmaydi; ularni suniy yo‗l bilan boqishga va suv berib turishga to‗g‗ri 
keladi. Hayvon qo‗lga o‗rganish qobiliyatidan ham mahrum bo‗ladi. 
Sut emizuvchilar bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach xulq-
atvor yanada baralla buziladi. Bosh miya katta yarim sharlarining po‗stlog‗i olib 
tashlangan itda operatsiya oqibatlari yo‗qolib, jaroxat tuzalgach it harakatlana 
oladi, ayni vaqtda yetarlicha aniq uyg‗un harakatlar qila oladi. Buning sababi 
shuki, hayvonning fazodagi vaziyati va harakatlanishi o‗rta miya, ko‗ruv 
do‗mboqlari va targ‗il tana funktsiyalariga bog‗liq, operatsiya vaqtida esa 
miyaning bu bo‗laklari avaylab beshikast qoldiriladi. Bunday hayvonning yurish- 
turishi kuzatilganda faqat harakatlar chaqqonligi, tekisligi va aniqligi kamayganligi 
qayd qilinadi, xolos. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum qolingan itlarda jinsiy instinkt juda 
susayadi. Uyqu va siyraklik normal ravishda almashinadi; it uzoqroq uxlaydi.
Sensor funktsiyalar keskin darajada buziladi. It operatsiyadan keyin ko‗r va qisman 
karga o‗xshab qoladi. To‗siqlarga kelib uriladi, egasini tanimaydi, laqabini aytib 
chaqirilganda indamaydi, oldiga оvqat qo‗yilsa yaqin kelmaydi, hidning farqiga 
bormaydi; terining kuchsiz ta`sirlanishiga javoban ro‗y beradigan reaktsiyalar 
ancha susayadi. Shu bilan birga, katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach 
itning bazi ko‗ruv va eshituv sezgilari saqlanib qoladi. Masalan, boshiga juda 
ravshan yorug‗‘lik tushirilsa, boshini bura oladi; qorachiq refleksi qayd qolinadi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach ta`m bilish sezgilari saqlanib turadi: 
ovqatga bironta achchiq narsa qo‗shilsa, xayvon ovqatini tuflab tashlab, 
tumshug‗ini burishtiradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum qilingan it 
umrini cho‗zish uchun eksperimentator itning og‗ziga ovqat solib va suv quyib, uni 
sun‘iy yo‗l bilan boqib turadi. P.P. Zeleniyning tajribalariga qaraganda, operatsiya 
qilingan it ovqat yutganda me`da shirasining normal reflektor sekretsiyasi yuzaga 
chiqaradi. 


244 
It boshli Maymunlar (Masasiz gieziz)ning katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib 
tashlangach yanada keskin o‗zgarishlar ro‗y beradi. Bunday maymunlar 
operatsiyaga chidash bermay, tez nobud bo‗ladi. Individual xayot davrida turli 
ta`sirlarga javoban kelib chiqqan reaktsiyalar yo‗qolib ketadi. Operatsiya qilingan 
maymunda harakat aktlari ro‗y-rost buziladi. Unda ixtiyoriy harakatlar mutlaqo 
yuzaga chiqmaydi, mimika ham yo‗qoladi. Tashqi ta`sirlarga javoban bajariladigan 
harakatlar sust va bo‗sh bo‗ladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idan mahrum 
qilingan maymunga ta`sir etilmasa u qimir etmay turaveradi, ko‗proq uxlaydi. 
Bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗idan mahrum bo‗lib tug‗ilgan bolalar 
(anentsefallar) da xulq-atvor chuqur o‗zgaradi. Anentsefallar odatda atigi bir
necha kun yashaydi. Lekin 1913 yilda bir anentsefal bolaning 3 yil-u 9 oy 
yashagani tasvir etilgan edi. Shu bola jasadi yorib ko‗rilganda katta yarim sharlar 
po‗stlog‗i o‗rnida ikkita boshqa devorli pufak topilgan; markaziy nerv 
sistemasining pastki bo‗limlariga o‗tkazuvchi piramidal yo‗llar bo‗lingan; ko‗ruv 
dumboqlari chala taraqqiy etgan; miyacha, to‗rt tepalik va oraliq miya 
o‗zgarmagan. Anentsefal bola xayotining birinchi yilida tinmay uxlagan. Onasi 
emizganda yoki og‗ziga so‗rg‗ich solganda to‗g‗ri surish harakatlarni bajargan. 
Tovush yoki yorug‗likka javoban xech qanday ongli reaktsiya ko‗rsatmagan ammo 
ba`zi reflektor harakatlar qayd qilingan: masalan, ko‗ziga ravshan yorug‗lik 
tushirilganda qovoqlari yumilgan. 
Hayvonlarning har hil turlarida bosh miya katta yarim sharlari yoki ularning 
po‗stlog‗ini olib tashlash natijalari shundan guvoxlik beradiki, markaziy nerv 
sistemasining oliy bo‗limlari filogenetik taraqqiyot jarayonida tobora ko‗proq 
ahamiyat kasb etib boradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i boshqa nerv 
tuzilmalaridan ancha ustun bo‗lib, tobora katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Bosh miya 
katta yarim sharlarini yoki ularning po‗stlog‗ini olib tashlashdan keyin tuban 
darajadagi hayvonlarga nisbatan yuksak darajadagi hayvonlarda keskin va chuqur 
o‗zgarishlar ro‗y berishi shuni ko‗rsatadi. Buning sababi shuki, murakkab nerv 
funktsiyalari markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlanadigan oliy bo‗limi - 
katta yarim sharlar po‗stlog‗iga ko‗chib o‗tgan, ya`ni funktsiyalar kortikalizatsiyasi 
ro‗y bergan. 
Murakkabroq nerv funktsiyalari markaziy nerv sistemasining shu tariqa 
yoshroq bo‗limlariga ko‗chib o‗tganligi shu sistema taraqqiyotining eng muhim va 
harakterli faktlaridan biridir. Masalan, baliqlar yoki suvda hamda quruqda 
yashovchilar miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach ko‗ruv sezgilari 
deyarli o‗zgarmaydi, itlarda esa katta yarim sharlar po‗stlog‗ining o‗zi olib 
tashlangandayoq murakkab ko‗ruv sezgilari butunlay yo‗qoladi. So‗ngra, baqa 
yoki toshbaqa katta yarim sharlari olib tashlangach shartli reflekslar hosil bo‗lishi 
mumkin, bu hayvonlarda shartli reflekslarni oraliq miya va o‗rta miya yuzaga 


245 
chiqara oladi; itlar yarim sharlar po‗stlog‗ining o‗zi olib tashlanganda esa 
individual hayot davrida kasb etilgan eskidan bor hamma shartli reflekslar 
yo‗qoladi, yangi shartli reflekslar vujudga kela olmaydi. 
Odamning katta yarim sharlar po‗stlog‗i shikastlanganda ayniqsa katta 
o‗zgarishlar ro‗y beradi. Odamning gavdasini tikka tutishi va mehnat faoliyati 
bilan bog‗langan murakkab harakatlarni yuzaga chiqarishi uchun nerv 
protsesslarining bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗iga bog‗liq bo‗lgan g‗oyat 
mukammal koordinatsiyasi talab qilinadi. Taraqqiyot protsessida katta yarim 
sharlar po‗stlog‗i harakat sferasini ko‗ndalang-targ‗il muskullarni, shuningdek 
vegetativ protsesslarni kontrol qiladigan bo‗lib qoladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling